O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Turistlarni joylashtirishning individual vositalari
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon mehmonxona bazalarining hozirgi davrdagi holati.
Turistlarni joylashtirishning individual vositalari. Individual joylashish
uchun imkoniyatlar juda keng. Sayyoh o‘zining shahardan tashqaridagi shaxsiy uyida to‘xtashi mumkin. Agentlik yoki xususiy shaxsdan ijaraga to‘liq jihozlangan (uy, xona, kottej) turarjoy olishi yoki tanish-bilish va qarindoshlarnikiga bepul joylashishi mumkin. Ijaraga beriladigan xona va binolar boshqa mehmonxonnavozlik ob’ektlariga o‘xshashlik klassifikatsiyasiga kiradi. Fransiyada mebelli kvartiralarga qo‘yiladigan talablar to‘liq ruyxati ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ularning maydoni hajmi, shifti balandligi, krovatlar enliligi (beshyulduzli kategoriya)ga qarab bir yulduzdan besh yulduzgacha ma’lum kategoriya beriladi. Bunda shuningdek gaz plitada konforkalar soni, muzlatgich (xolodilnik) sig‘imi, hisob tizimi, telefon borligi, balkon hajmi, lift xizmati, avtomobilni saqlash maydonchasi mavjudligi ham hisobga olinadi. Hordiq olishdan tashqari mijoz xohishiga qarab, ayrim qo‘shimcha xizmatlar – xonani yig‘ishtirish choyshab almashtirish, ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatiladi. 1990- yillarda bozor kon’yunkturasining yomonlashuvi mehmonxona xo‘jaligida g‘arb mutxassislarini joylashtirish sektoridagi iqtisodiy inqirozdan chiqishning samarali yo‘llarini qidirib topishga undaydi. Ularning sa’y harakatlari, jumladan, mehmonxona xizmatlari yangi istiqbolli yo‘nalishini (konsepsiya)sini ishlab chiqishga qaratildi. Shu munosabat bilan turistlar tunashini tashkil etishda ularning talabini qondiradigan muammolar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu shubhasiz, turistlarni qabul qilish tarmoqlarini xilma-xil va keng miqyosli bo‘lishiga imkon yaratadi. Jahon mehmonxona bazalarining hozirgi davrdagi holati. BTTning ma’lumotlari bo‘yicha. Jahonda 30 mln. ga yaqin turli xil mehmonxona o‘rinlari mavjuddir. 1980 yildan 2005 yilgacha ularning soni 90 % ga o‘sdi. Jahonning turistik mintaqalari bo‘yicha mehmonxonalar fondining taqsimlanishi xalqaro turizm tarkibi miqyoslari bilan mos keladi. Keyingi o‘n yillikda mintaqalar bo‘yicha mehmonxonalar taraqqiyoti bir tekisda kechmaydi. Butun jahon miqyosida mehmonxonalar o‘rinlari yillik o‘rtacha o‘sishi sur’atlari 1980 yildan 2005 yilgacha 3,5-4,5 % ni tashkil etdi. Umumjahon 191 sur’atlariga yaqinroq ravishda mehmonxona bazasi Yevropa va Shimoliy Amerikada kengaydi. O‘sha yillarda mehmonxona fondi Sharqiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Okeaniyada yiliga o‘rtacha 13,7 % ga ko‘paydi. 18 yilda qo‘shimcha 6 mln. dan ortiq o‘rinlar foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda jahonning 44 mamlakati har birida 100 mingdan oshadigan o‘rinli mehmonxona fondiga ega. Ular qatoriga AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va boshqalarni kiritish mumkin. An’anaviy turistik mamlakatlarda o‘rtacha hajmdagi otellar yaqinginada bozorga chiqqan va o‘zi to‘g‘risida yangi turistik yo‘nalishni namoyon etgan mamlakatlarga qaraganda ancha kam. Bu avvalgi yillardagidek yirik bo‘lmagan qurilishlar, eski turistik markazlarda mijozlarni qabul qilishda yaratilgan moddiy bazaning ulardagi uncha katta bo‘lmagan otellardagi ulushi yuqoriligi bilan izohlanadi. Joylashtirish ob’ektlarining qandaydir o‘rinlar bilan ifodalangan sig‘imiga qaramay, BTTning joylashtirish sektorini baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: otellar soni va ulardagi nomerlar, daromad hajmi, xodimlar soni kabilar. Jahon mehmonxona industriyasi daromadlari 1995 yilda 253 mlrd. amerika dollarini tashkil qildi, uning 70 % dan ziyodrog‘i Yevropaga va Amerikaga to‘g‘ri keladi. Ana shular otellar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilishayapti. Ammo bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular o‘rtasida farq katta. Yevropada jahondagi jamiki otellar umumiy sonining 55 % va Amerikada esa 22 % ruyxatga olingan. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi otellar soni bo‘yicha kamtarona o‘rinni egallaydi (14 % dan yuqoriroq). Hozirgi kunda jahon mehmonxona industriyasi 15 mln. kishini ish joyi bilan ta’minlaydi. Xodimlarning chorak qismi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi shunga o‘xshash otellar va muassasalarda band bo‘ldi. Yevropa ulushi 24 % dan oshmadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida turistlarni joylashtirish bozori alohida e’tiborga molik. Ularda xalqaro turistik almashish va jalb etish imkoni darajasida mehmonxonalar bazasi kengaytirilmoqda. Agar ular o‘z sig‘imi jihatidan YEIdagi mamlakatlarning shunga o‘xshash bazalari bilan tenglasha olmasada, o‘sish sur’atlari bo‘yicha ulardan o‘zayapti. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling