190
yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilayotganda (butun jahon ko‘rgazmasi, Olimpiya uyinlari
kabilarda) turarjoy muammosini hal etadi.
Avtofurgan harid qilish katta mablag‘ talab qiladi. Masalan, Fransiyada u
kamida 200-225 ming frank turadi. Uni sotib olishga faqat
badavlat kishilarnigina
qurbi yetadi. Lui Harris instituti tadqiqotlariga ko‘ra bu mamlakatda
avtofurganlarning ko‘pchilik egalari yosh bo‘lmagan Eri xotinlardir.
Chunki ular
jamg‘armalariga ega. Sayohat uchun bo‘sh vaqtlari bor, tabiat qo‘ynida bahra olish,
tarixiy-madaniy yodgorliklarni tomosha qilish, zamonaviy provinsiyalar hayoti bilan
tanishishni xohlaydilar. Keyingi yillarda joylashishning harakatlanuvchi vositalaridan
foydalanuvchilar bozori sezilarli kengaygan bo‘lsa, bu avvalo turistik avtofurganlarni
prokatga berish tizimi sharofati bilandir. Avtoturizmning bu xil ko‘rinishi hamon
jamiyatning yaxshi ta’minlangan qatlamlari uchungina mumkin bo‘lib qolayapti.
Joylashish vositalarining keyingi
boshqa kollektiv guruhlarini turistik
yotoqxonalar, yoshlar mehmonxonalari, maktab va talabalar yotoqxonalari, qariyalar
dam olish uylari va shularga o‘xshash ijtimoiy ahamiyatga ega binolar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: