O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Jadval 15 Mehmonxonalar huzuridagi dunyoning eng nufuzli restoranlari
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Jadval 15
Mehmonxonalar huzuridagi dunyoning eng nufuzli restoranlari Restoran va otellar nomi Joylashgan joyi, ochilish sanasi O‘rinlar soni O‘rtacha narxi AQSH doll. Band bo‘lgan kishilar Eslatma «Tryufel», «Yilning to‘rt fasli» mehsonxonalar zanjiri Toronto 80 58 …. To‘liq menyu «Shanteklar», «Negrosko» mehmonxonasi Nitssa, 1976 65 108 39 Nonushta, to‘liq menyu, italyan va fransuz oshxonasi taomlari «Mark», xususiy Mark oteli Nyu-York, 1989 85 32 46 Nonushta, to‘liq menyu «Le Gril», otel «Georg», «Forte» mehg‘monxona zanjiri Parij 60 35 (tushlik) 18 Nonushta, to‘liq menyu «Yilning to‘rt fasli», «Yilning to‘rt fasli» oteli London, 1970 60 83 29 Nonushta, to‘liq menyu «Veranda», villa «Este» Italiya, 1961 200 51 67 Italyan oshxonasi taomi «Le Selebrite», «Esseks Xaus» oteli «Nikko» zanjiri Nyu-York, 1991 60 90 21 To‘liq menyu «Le Jentilem», «Le Richmond» mehmonxonalar Jeneva, 1951 35 93 14 Nonushta, to‘liq menyu «Xasler Rufton», «Xasler» oteli Rim, 1950 60 58 25 Nonushta, to‘liq menyu «Klub del Danse», «Gritti Palas» oteli Venesiya 80 … … Nonushta, to‘liq menyu Eslatma: -ma’lumot yo‘q. Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 202 Ko‘pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy taomlari bilan tanishish maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar chog‘ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko‘p hollarda folklor bayramlari ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va Chexiyada bo‘lganda, masalan, pivo muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo‘lishni esa «passov a tapeo» siz, ya’ni barlar bo‘ylab sayr vino va pivoga qo‘shib beriladigan gazaklarni tatib ko‘rishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Turistlarda etnografik restoranlar va kafelar katta qiziqish uyg‘otadi. Ulardagi milliy ichki joziba, orastalik, ofitsiantlar kiyimi, orkestr repertuari, taklif qilinadigan taomlar va ichimliklar hech kimni befarq qoldirmaydi. Milliylikdan tashqari, ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin: bank o‘ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash markaziy mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish marketing tadqiqotlari va san’at uyg‘unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat sharoiti mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali menejerlari ko‘pincha o‘z funksiyalariga tayanadilar. Mavzular tanlash hamisha ma’lum qaltisliklar bilan kechadi. Muvaffaqiyatsizlikka uchralganda uni almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda odatda restoranlar lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan cheklanishmaydi. Ular binoni to‘liq rekonstruksiya qiladilar. Yangi xodimlar yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona jihozlari buyuradilar. Tanlangan mavzuga doir tegishli ko‘ngil ochar dasturlar o‘ylab topadilar. Odatda bunday qayta qurish ishlari qimmatga tushadi. Shuning uchun ungacha moliyaviy reja ishlab chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. Mehmonnovozlik industriyasi segmenti sifatida chiqayotgan umumiy ovqatlanish o‘zgarish va rivojlanishda davom etmoqda. Yangi pazandalik reseptlari paydo bo‘layapti, unumdor va tejamli uskunalar yaratilayapti. Bu tadbirlarning hammasi oxir oqibat barqaror daromad olishga qaratilgan. Ammo uning zamirida mijoz uchun kurash davom etmoqda. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling