210
yo‘llar o‘tgandi. U. Disney kompaniyasi yana Fransiya poytaxti dunyo ahamiyatiga
ega turistik markazlardan ekanligini ham hisobga oldi – har yili 20 mln.
tashrif
buyuruvchilarni qabul qiladi. Bundan tashqari Parij taraqqiy etgan infratuzilmaga
ega, bu esa tematik parkni bir me’yorda ishlashi uchun juda muhimdir.
U. Disney korporatsiyasi Yevropa «Disneylend»ining original g‘oyasini olg‘a
surdi. Shunga o‘xshash nomdagi Amerika tematik parki singari bolalar ertaklaridagi
sevimli qahramonlar harakatlanadigan joyga aylantirildi. Kompaniya «Oqqor va yetti
alvasti» syujetlarini oddiygina qayta takrorlashdan voz kechdi.
U organik ravishda
sinovdan o‘tgan, ko‘p asrlik Yevropa madaniyatiga tayangan tematik park
konsepsiyasiga asoslandi. Shu maqsadda yevropa ertaklari
va adabiy asarlari
(«Mahluq va sohibjamol», «Suv parisi», V.Gyugoning «Bibimaryamning Parij
sabori» va boshq.) tanlab olindi va ular asosida «Yevro Disneylend»
- da hayotiy
quvnoq, optimistik tomoshalar qo‘yila boshladi.
Tanqidga qaramasdan «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar oqimi
ko‘paydi, Fransiyada tematik parklar tarmog‘i kengaymoqda. Eng mashhur Fransuz
parklariga kino havaskorlari uchun Makko hisoblangan «Fyutyuroskop», «Valibi
Frans», va «Asteriks» kabi bolalar multfilmlari ishlab chiqaruvchilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: