O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

nisbatan soddaligi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda faqat ikki sub’ektiv – ishlab 
chiqaruvchi va so‘nggi iste’molchi (sayyoh) – ma’lum munosabatga 
kirishadi; xizmatlarni realizatsiya qilishda uchinchi shaxs ishtiroki talab 
etilmaydi; 

Sotuvchi va haridor oldi-sotdi masalalarini o‘zaro osongina kelishib 
olishadi, zarur bo‘lganda esa ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritishadi

bozorga chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari. Iste’molchi bilan 
bevosita aloqa yetkazib beruvchiga qo‘shimcha xizmatlarni sotish va bron 
rasmiylashtirish (masalan, orqaga qaytish hujjatlarini rasmiylashtirish) 
imkonini beradi. Turist esa o‘zini qiziqtiruvchi axborotlarni (xususan, 
xizmatlar haqida va ularning amaldagi narxlari) birinchi manbadan olish 
imkoniga ega bo‘ladi; 

egiluvchanlik. Uyushtirilmagan sayyohlar mustaqil ravishda marshrut va 
sayohat programmasini ishlab chiqishganda, ko‘pincha ularni yo‘l-yo‘lakay 
aniqlab olishadi, ular ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni ma’qul ko‘rishadi. 
Negaki bu mijozlarni individual tarzda o‘zgaruvchanlik talablariga 
osongina moslashadi. Erkin qaror qabul qilishga monilik qilmaydi; 

iqtisodiy xususiy qulayliklar. Uchinchi shaxs orqali sotishga nisbatan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish kanali ishlab chiqaruvchini ko‘proq daromad 
olishini ta’minladi. Bir haridorga yoki taklif etilayotgan tovar (xizmat) 
birligi hisobiga; 

sotilish ustidan shaxsan nazorat qilish imkoniyati. Ko‘pchilik turistlar 
aldanib qolishdan xavfsirashadi va turistik firmalarga ishonishmaydi. 
Bunday sayohat ishqibozlari shaxsan safarga tayyorgarlik ko‘radilar: 
joylashish vositalarida bron qilishadi, biletlar sotib olishadi. Ular birlamchi 
turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zlarining huquqiy 
munosabatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirib ko‘radilar va qo‘llariga 
buyurtma va safar hujjatlarini olishgach, o‘zarini bexavotirroq sezishadi. 


213 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish iste’moli uchun qaltis tavakkalchilikka o‘rin 
qoldirmaydi. 
«Yetkazib beruvchi - iste’molchi» kanali afzalliklari bilan birga bir qator 
cheklanishlarga ham ega. Ular o‘z xususiy savdo nuqtalari tarmoqlarini yaratishga 
ishlab chiqaruvchi sarflangan harajatlar, turistik firmalar kasb mahorati o‘sishi bilan 
bog‘liqdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bozorga olib chiqishni ayni mavsum qizig‘ida 
uyushtirilmagan sayyohning sayohatga tayyorgarlik ko‘rishi ham rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiladi (bo‘sh o‘rin yo‘qligi va h.k.). Bu qiyinchilik ko‘pincha vositachini 
jalb etmasa uning uchun hal etilmay qoladi. 
Boshqa taqsimlash kanalning bazis tipi – bilvositadir. Uning belgi ishlab 
chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vositasi mavjudligidir. «Tekinxo‘rlar» degan 
nom orttirishganiga qaramay vositachilar muhim vazifani bajarishadi. Ular qimmatli 
axborotlarni tashuvchilar hisoblanishadi. Axborot muhim rol uynaydigan hozirgi 
jamiyatda iqtisodiy tizimda ularning o‘rni beqiyos. Vositachilik uning egasiga 
imkoniyatlarning kengligi haqida to‘liq tasavvur beradi va faoliyat samaradorligini 
ta’minlaydi. Axborot yetishmasligi esa aksincha imkoniyatlarni boy berib 
qo‘yilishiga olib keladi. 
Yuqori sifatli axborotni olish qiyin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda iste’molchi 
hamma ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘lanishi lozim. Bu zarur mahsulotlar 
(xizmatlar) variantlarini taqqoslab ko‘rish va muvaffaqiyatli harid uchun muhimdir. 
Bilvosita taqsimlashda bu ishlarni vositachi bajaradi. U mijozni ma’qulroq kotrogent 
qidirishdek tinkani qurituvchi tashvishdan xolos etadi. 
Ana shunday vaziyatga tushib qolgan ishlab chiqaruvchi ham operatsiyalar 
almashinishida vositachi ishtirokidan yutadi. O‘zlarining aloqalari, tajribalari
ixtisoslashuvlari va qamrovi kengligi tufayli professional savdogarlar va agentlar, 
tovarlar (xizmatlar) ni iste’molchilarga yetib borishi uchun barcha imkoniyatlarni 
yaratishadi. Bu bilan ular korxona savdo imkoniyatlarini kengaytiradi. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri oldi-sotdi va aloqalarni qisqartirish evaziga sezilarli tejamkorlikni 
ta’minlaydilar. Vositachi sotish bo‘yicha ish hajmini kamaytirishga, ortiqcha 
to‘planib qolgan mahsulot sotilishiga yordam beradi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling