O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Franshiza mohiyatan savdo markasi prokatini bildiradi. Korporatsiya
xususan mehmonxonalar tadbirkorga yagona standartda ularning nomi ostida o‘z 
xususiy ishini yuritish huquqini beradi. U franshiza oluvchiga bu faoliyatni amalga 
oshirishda hamkorlik qiladi. O‘z mavqeyini saqlab qolish maqsadida uni nazorat 
qilib turadi. Potensial franshiza oluvchini tanlab olish murakkab jarayon. Har bir 
mehmonxona kompaniyalari bunga o‘z mezonlaridan kelib chiqib yondoshadilar. 
Ko‘pincha franshiza shartnoma tuzish uchun majburiy shart sifatida korxonaning 
minimal hajmi (50-150 o‘rin), majud restoran, bar, o‘z korxonasi, basseyn, 
konferensiyalar va yig‘ilishlar o‘tkaziladigan bino qo‘yiladi. Amerikaning «Xolidey 
Inn Uorlduayd» mehmonxona zanjirida hal qiluvchi bo‘lib korporatsiyaning otel 
binosiga bergan ta’rifi standartga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, hisoblanadi. Bir kun kelib 
bunday testdan o‘tgan franshiza oluvchi yuqori daromadni ko‘zlashi mumkin. 
1996 yil Nyu York universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 
ma’lumotlariga ko‘ra, ishga aloqador turistlarning 3/4 va dam olishga borayotgan 
turistlarning 2/3 savdo markasidan kelib chiqib, otel tanlaydilar. Mehmonxonalar 
zanjirida bitta xona daromadi, mustaqil otellarga qaraganda 7 marta yuqori ekanligi 
hisoblab chiqilgan. 
Firma ramzidan tashqari, bosh tashkilot tadbirkorga sinalgan usulda biznes 
yuritish imkonini beradi. Jumladan, nou-xau, xodimlarni o‘qitishga yordam qiladi 
va maslahat ko‘magi beradi. Shuningdek reklama kompaniyasi o‘tkazishni o‘z 


227 
zimmasiga oladi. Mehmonxona korporatsiyalari o‘z a’zolarini bron qilingan o‘rinlar 
kompyuteriga ulaydi. 
Franshiza oluvchi o‘z navbatida mijozga savdo markasiga mos keladigan 
sifatli xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi. U korporatsiyaga bir martalik kirish 
badali to‘laydi va bundan tashqari muntazam ko‘shimcha pul o‘tkazib beradi. 
Birlamchi badal hajmi har xil bo‘lishi mumkin. «Xolidey Inn Uorlduayt» 
mehmonxonalar korporatsiyasi bu badalni bir xona uchun 100 dollar, umumiy 
hisoblanganda 30 ming dollar kam bo‘lmagan holda belgilagan. «Xilton Xoutelz 
Korporeyshn» - birinchi 100 xonaga 250 dollardan, 100 xonadan yuqorisiga xona 
uchun 150 dollar qilib belgilagan. 
Franshiza beruvchi ayrim kompaniyalar otelni qayta jihozlashni ko‘zda tutadi. 
Bu uning savdo markasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish uchun qilinadi. 
Misol uchun, Amerika mehmonxonalar korporatsiyasi «Ay-Ti-Ti Sheraton» agar 
mehmonxonada 150 dan ortiq xona bo‘lsa 15 ming dollar, unga qo‘shimcha qayta 
jihozlash uchun har bir xonaga 100 dollar talab qiladi, hammasi bo‘lib 40 ming 
dollardan oshmaydi. 
Kirish badalidan tashqari, franshiza oluvchi joriy to‘lovlar to‘laydi. Amerika 
mehmonxonalar korporatsiyasi «Xolidey Inn Uorlduayt» bilan franshiza 
shartnomasi bo‘yicha otel savdo markasidan foydalanganlik uchun bir xona fondi 
yillik daromadidan 4 % to‘lashga majbur. Franshiza beruvchi o‘tkazgan reklama 
kompaniyasida ishtiroki uchun yillik daromaddan 1,5%, lekin bu xonaning sutkalik 
narxining 0,08 dollaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘rinlarni band qilinishi tizimiga 
ulanganlik uchun yillik daromaddan 1% to‘laydi. Lekin sutkasiga 0,06 dollardan 
oshmasligi lozim.
Boshqa 
Amerika 
mehmonxonalar 
kompaniyalari 
o‘zlarining savdo 
markalarini berishda xona fondidan yillik daromadning 1,5 dan 5% gacha hajmda 
to‘lovni ko‘zda tutadi. Reklama kompaniyasida ishtirok etganligi uchun odatda 
yillik daromadning 1 dan 3,5% gacha to‘lashga to‘g‘ri keladi. 
Franshiza 
munosabatlari 
tizimi 
ayrim 
chegaralanishlarga 
qaramay, 
korporatsiya tomonidan qat’iy nazorat bilan bog‘langan. Bu turgan gap uning 
ishtirokchilariga ustunlik yaratadi. Franshiza beruvchi kompaniya o‘z biznesi 
chegarasini katta kapital va joriy harajatlarsiz tez kengaytiradi. 
Firma ramzi berish vositasi jahon bozoriga chuqurroq kirib borishga imkon 
tug‘diradi. Misol uchun «Ay-Ti-Ti Sheraton» Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika, 
Tinch okeani havzasi, Yaqin Sharq singari hududlaridan jahonning 62 
mamlakatlarini qamrab olgan. 
Franshiza oluvchiga tizim yangi ishlab chiqarish birligi yaratish, yoki eski 
profilni o‘zgartirish, bosh tashkilot texnika axboroti va tajribasi tufayli qaltislikni 
kamaytirishga yordam beradi. Agar AQShda yangi barpo qilingan korxonalar 
orasida yarimi o‘z faoliyatni 2-3 yildan keyin tugatishini hisobga olsak, 5 yildan 
keyin bankrotlik darajasi 70% ga yetadi. Franshiza kompaniyalari o‘rtasida esa har 
yili faqat 4% gina yopiladi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling