O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
oligopolistik ustunligi, lokalizatsiya (mahalliy resurslar va sharoitlardan
foydalanish) ustunligi, va internalizatsiyalash ustunligi. Jahon bozoriga yorib kirish va unda yashab qolishi uchun kompaniya ma’lum oligopolistik ustunlikka ega bo‘lishi lozim, bu mablag‘ bo‘ladimi, texnologiya yoki boshqaruv mahorati bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Ular tufayli X(iks) mamlakatlardan kompaniya U(igrik) mamlakatdagi mahalliy firma ishlab chiqarishidan ishlab chiqarishda ustunlik qila oladi va yuqori daromad oladi. Ekletik nazariyaning ikkinchi elementi - lokalizatsiya ustunligi. Maksimum foyda olib firma uning resurs potensiali joylashgan mamlakatinikiga tayanadimi yoki mablag‘ importchi mamlakat resursidan foydalanish kerakmi - bir qarorga keladi. Internatsional ishlab chiqarish tipiga bog‘liq holda kompaniya turli lokalizatsiya ustunligini oladi. Xorijiy kapital bilan xom ashyo qazib olish va materiallar ishlab chiqarishni tashkil etishda TMK mahalliy tabiiy resurslarga egalik qiladi. Importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish (tovarlarni importdan olish o‘rniga ishlab chiqarish)da TMK lokalizatsiya ustunligidan foydalanadi. Shu yo‘l bilan o‘zida ortiqcha molni kamaytiradi va bozorga kirish uchun yo‘l ochadi. Eksport platformasi yaratishda, ya’ni xorijiy kapital bilan jahon bozorida sotish uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni joylashtirishning hal qiluvchi omili arzon ishchi kuchi va davlat tomonidan rag‘batlantirish, masalan TMKga soliq imtiyozlari berish hisoblanadi. 224 Nazariyaning uchinchi elementi - internalizatsiya (baynalminallashuv) ustunligi. Internalizatsiya tushunchasi shuni bildiradiki, firma uning uchun tashqi operatsiyalarni o‘z tarkibi ichida amalga oshiradi. U yoki bu mamlakatlar iqtisodiyotida joriy qilinar ekan, TMK faoliyatini turlicha tashkil etishi mumkin: yo hammasini korporatsiya doirasida to‘plash, yo bozorda bog‘liq bo‘lmagan sheriklar bilan ish ko‘rish. Internalizatsiya muammolarini hal etish iqtisodiy ekspansiya yo‘lini tanlashga olib keladi - yo tashqi savdo, yoki bevosita to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni joylashtirish orqali. Har qanday holatda ham internalizatsiya takliflarning barqarorligini ta’minlaydi, ya’ni texnologiyalardan foydalanish va narx ustidan nazorat o‘rnatish imkonini beradi, shuningdek bitimlar tuzishda noaniqliklarni bartaraf etadi. Shunday qilib, kompaniya, oligopoliya, lokalizatsiya va internalizatsiya ustunliklaridan to‘liq foydalanib, TMK bo‘lish uchun hamma asoslarga ega bo‘ladi. Ayrim mutaxassislar TMK fenomenini mahsulotning hayotiy sikli nazariyasiga tayanib tushuntiradilar. Ularning fikricha, kompaniya o‘z boshqaruvi ostida internatsional ishlab chiqarish tizimi yaratadi, o‘z mahsulotining hayotiy siklini uzaytirish uchun unga «ikkinchi umr» baxsh etadi. Aytaylik X(iks) mamlakatda qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish bir necha yil avval boshlangan va bugun u o‘tmas mol bosqichida turibdi. Qoloq U(igrik) mamlakat bozorida esa u huddi yangidek qabul qilinadi va joriy etilish bosqichida. Ishlab chiqaruvchi kompaniya U(igrik) mamlakatga mahsulotni eksport qilishni tashkil etishi mumkin. Lekin u yerda ishlab chiqarish liniyasi qurib kata foyda ko‘radi. Sobiq SSSR, Eron, Xindiston hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Italiya va Buyukbritaniya avtomobil kompaniyalari bunga klassik misol bo‘la oladi. Mahsulot hayotiy siklini uzaytirishning bunday yo‘li xizmatlarga qaraganda ko‘proq sanoat tovarlariga qo‘llashga qulayroq. Turistik biznesni internatsionalizatsiyalash (baynalminallashtirish) ning asosiy sabablari. Milliy chegaralar uchun turizmga kompaniyaning kirishi ko‘p jihatdan oldindan belgilangan o‘ziga xos turistik mahsulotdir. Ta’kidlanganidek, u o‘zida turistlar sotib oladigan xizmatlar va ayrim tovarlarni mujassamlashtirgan. Ularning bir qismi turistlar o‘tadigan mamlakatga taaluqlidir. Boshqasi - u o‘tadigan va tranzit bilan kesib o‘tadigan, boradigan uchinchi mamlakat yo‘lida yotadi. Uning katta qismi (47%) destinatsiyaga to‘g‘ri keladi. Turistlar sotib oladigan tovarlar va xizmatlar bir-birini to‘ldiruvchi va maqtab taklif qilishlar hisoblanadi. Zarur natijaga erishish uchun ulardan birgalikda foydalanish lozim bo‘ladi. Yetkazib beruvchi biladi, uning mahsulotiga talab boshqa turistik mahsulotlar va xizmatlarga ham talabni bildiradi. Shuning uchun, har bir ishlab chiqaruvchi birinchidan, maksimal daromad olishni ko‘zda tutib turizmning boshqa sohalarida ham o‘z faoliyatini tarqatishga intiladi. Misol uchun, aviakompaniya ishlab chiqarishni integratsiyalash yo‘li bilan turistik harajatlarda o‘z ulushini 30-35 dan 93% gacha ko‘paytirishi mumkin. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling