O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Turagentlar. Turizm sektorida turistik mahsulotlarni iste’molchilarga 
yetkazish vositachilar faoliyatida asosiy muhim bo‘g‘in bo‘lib turagentlar 
hisoblanadi. Ular orqali turistik safarlarning kattagina qismini sotish amalga 
oshiriladi. Bu eng avvalo xorijga sotishda qo‘l keladi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qiziqarli sayohat marshrutini o‘ylab topish va 
ishlab chiqish oson, iste’molchi topish esa qiyinroq. O‘xshash takliflar bilan to‘lib-
toshgan bozor sharoitida o‘tkir raqobat kurashi va aholining harid qobiliyati 
cheklangani turagentlar zimmasiga og‘ir vazifa – mijozni jalb etish va aynan shu 
safarga kundirishdir. So‘ngra uning bilan shartnoma tuzish, pul olish, pasport, viza, 
bilet rasmiylashtirish, vaucher berish, safarga jo‘natish, unga sog‘-salomat qaytishini 
ta’minlash, oxirida undan ehtimol minnatdorchilik eshitish yuklangan. 
Amalga oshiriladigan operatsilar harakteriga ko‘ra, turagentlar chakana 
savdogarlar hisoblanishadi. Klassik turagent o‘zining xususiy turistik mashulotlarini 
yaratmaydi., balki uni olib sotish bilan shug‘ullanadi. U oxirgi iste’molchiga xizmat 
ko‘rsatadi. Turistlar uning uchun shaxsiy notijoriy foylanuvchilardir. 


214 
Turagentlar ikki bosh vazifani bajarishadi. BTT ning belgilab qo‘yganiga 
ko‘ra, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari axborot xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. 
Faqat 48 % mijozlargina qayerga safar qilishni xohlashlarini bilishadi, 30 % bu haqda 
g‘ira-shira tasavvurga ega, 17 % esa umuman hech qanday tushunchaga ega emas. 
Turagentlar potensial haridorlarni turistik rayonlar, transport harakati jadvali, 
joylashish variantlari, amaldagi narxlar bilan tanishtiradi va sayohatga sarflanadigan 
taxminiy harajatlarni aniqlashga ko‘maklashdilar. Mijoz bilan yuzma-yuz ishlash
suhbatlar va maslahatlar, shuningdek spravochnik materiallarini yig‘ish va ishlab 
chiqish juda mehnat talab ish va barcha sarflanadigan vaqtning yarimi va ko‘prog‘ini 
egallaydi. Bu ulush ayniqsa turagentlar tomonidan dam olish uchun qimmat safarlarni 
sotishda ortadi. 
Turagentning ikkinchi funksiyasi-tashuvchilar, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, 
joylashish vositalari va turizm industriyasi boshqa korxonalari ko‘rsatadigan turistik 
xizmatlarni sotish hisoblanadi. Ular o‘zi ichiga har xil vositachilik operatsiyalarini 
oladi. Turagentlar hamma ko‘rinishdagi transportlarga biletlar sotadi. Otellarda joy 
band qiladilar va joylashish boshqa bazalarini topadilar. Avtomobillarni ijaraga 
beradilar, ekskursiyalar buyuradi, chiqish hujjatlarini rasmiylashtiradi. Turistlarni 
sug‘urtalaydilar, valyuta almashtirib beradi, diskont kartochkalar tarqatadi, turistik 
adabiyotlar va suvinerlar sotadi, fotoplyonkani ishlab berishadi va h.k. Ayrim turistik 
xizmatlardan tashqari, turagent safarlarga to‘liq kompleks paketlarni sotadilar. Sanab 
o‘tilgan operatsiyalar ichida aviabiletlar sotishni alohida e’tiborga olish zarur (chizma 
4). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling