O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR
- 8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati, faoliyati va shakllari
Nazorat savollari
1. Turistik industriya asosiy sektorlarini ayting. 2. Aniqlang, gap qaysi transport turi haqida borayapti. Bu – quruqlikdagi, nisbatan tejamli jamoat transport turi. Uning xizmatidan ko‘proq aholi kam ta’minlangan qatlami foydalaniladi. XIX asrda uning taraqqiyoti kurortlarga safarni rag‘batlantirdi. 3. Aviatashish bozorini qayta tartiblash nima? 4. Aviamarshrutlar narxi o‘zida nimani namoyon etadi? Uning afzalligi nimada? 5. Jahondagi yetakchi aviakompaniyalarni ayting. 6. Sizga turistlarni qaysi joylashtirish vositasi ma’lum? Ularning har biri afzalligi nimada? 7. G‘arbda klassik dam olish parklari nufuzi tushib ketishiga nima sabab bo‘ldi? 8. Jahondagi tematik parklar muvaffaqiyatini tushuntiring. 9. Turizm industriyasida sotish kanallarini harakterlang. 10. Klassik turoperatorlar va turagentlar o‘rtasida muhim farqlar nimada? 222 VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR 8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati, faoliyati va shakllari. 8.2. Mehmonxona xo‘jaligida TMKlar. 8.3. Turistik TMKning milliy iqtisodiyotga ta’siri. 8.4. Xalqaro turizmda globallashuv jarayonlari. 8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati, faoliyati va shakllari BMT hujjatlariga muvofiq, TMKlarga yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi. TMK doimiy ravishda tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab chiqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib boradi. TMK to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsilarini joylashtirish yo‘li bilan tashqi ekspansiyani amalga oshiradi. Ular shuningdek ssuda pullari beradi va boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar. Birinchi yo‘l TMKga ko‘proq turg‘unlik beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar TMKga xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanishi ustidan nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilishda hissa kam bo‘lsada filialga tegishli bo‘ladi. Juda ko‘p davlatlardan korxonalarni aksiyalashtirish uchun qo‘shimcha shartlar joriy etilgan. 51% aksiyalarga egalik qiluvchi faqat shu mamlakat fuqarosi yoki huquqiy shaxs bo‘lishi va unda ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bunday tarzdagi cheklovlar ba’zan turizm sohasiga ham tarqatiladi. Lekin ommaviy axborot vositalari yoki harbiy sanoat kompleksiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yhatdan o‘tkazilsalarda, o‘z balansiga ega mustaqil kompaniya hisoblanadi, to‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga tegishli bo‘ladi. Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi ishtirokini kengaytirishi mumkin. Bu yo‘l birinchisiga qaraganda kam samarali, sub’ektlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar esa haqiqiy TMK haqida gapirishga imkon bermaydi. Shunga qaramay kompaniya ssuda berishda qarzni to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi bilan unga ssuda foizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan shartnoma imzolaydi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng tarqalgan tajriba, bir necha ishlab chiqarish birliklaridan iborat. Bunday holda ona kompaniya korxona bo‘g‘inlarini kontrakt asosida boshqaradi. Korxona 223 mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbalardan moliyalashtirilishi mumkin. Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash imkonini beradi. Ayniqsa marketing sohasida kuchlarni birlashtirish hisobiga mamlakat va xorijiy adabiyotlarida TMK fanomenini izlohlovchi bir necha nazariyalar ma’lum. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum daromad olishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Ulardan biriga ko‘ra, kapital migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib daromad me’yori va foiz stavkalari farqi hisoblanadi. Agar hamma milliy iqtisodiyot birday mablag‘ oqib kelishiga ochiq bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin edi. Kompaniyalarga esa investitsiyani qayerga kiritishning farqi qolmasdi, mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda esa har xil tarzdagi cheklovlar mavjud. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar bor. Ammo qayerda mablag‘larni erkin quyulishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKni mamlakatda tengsizligi davom etaveradi. Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning daromadligi, iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi, qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. TMK fenomeniga ingliz iqtisodchisi J.Danningning internatsional ishlab chiqarish ekletik nazariyasi boshqacha izoh beradi. U uch elementdan iborat bo‘lgani uchun ekletik deb ataladi: firmalarning Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling