O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 20  Dunyoning eng yirik mehmonxona konsorsiumlari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Jadval 20 
Dunyoning eng yirik mehmonxona konsorsiumlari 
 
Konsorsiumlar  
Shtab-kvartira ning 
joylash- gan joyi 
Nomerlar 
soni, mingta 
Otellar 
soni, birlik. 
Yutel Inerneshnl 
Buyuk britaniya 
1368 
6576 
Anasazi Trevel Risursiz 
AQSH 
211 
955 
Leksington Servaysiz 
Korporeyshn 
AQSH 
200 
1500 
DJAL Uorld Xoutelz 
Yaponiya 
151 
365 
VIP Inerneshnl Korporeyshn 
Kanada 
150 
1198 
Supraneyshnl Xoutelz 
Buyuk britaniya 
124 
650 
Keytel
Ispaniya 
90 
660 
Liding Xoutelz of Uorld 
AQSH 
89 
310 
Otuza-Yevrostars-Familia 
Xoutelz 
Ispaniya 
70 
892 
Loji de Frans 
Fransiya 
67 
3710 
Xalqaro ekspertlarning baholashlaricha, yaqin yillarda mehmonxonalar 
industriyasi yuqori suratlarda rivajlanadi. Butun dunyodagi investor bu istiqbolli 
xo‘jalik yuritish sohasiga e’tibor qaratmoqdalar va mehmonxonalar bazalarini 
kengaytirish va yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xizmat 
ko‘rsatishning ilg‘or shakllarida sezilarli mablag‘ qo‘ymoqdalar. Kutilayotgan bu 
mablag‘lar yangi mehmonxonalar zanjirini yaratishga, to‘planish va korporatsiyalar 
jarayonlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. 
 
8.3 Turistik TMK larning milliy iqtisodiyotga ta’siri 
 
TMK larni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri. XX asrning 
80-yillardan boshlab turistik TMK larning iqtisodiy muammolarga ta’siri olimlar 
diqqat markazida turibdi. G‘arbda uning turli tamonlari yoritilgan, ko‘plab ilmiy 
ishlar e’lon qilingan. TMK larni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri 


236 
chuqur tadqiq qilingan. Bu borada utaxassislar beshta asosiy masalani ajratib 
ko‘rsatishadi:
 TMK larning turistik bozor ustidan nazorati, ya’ni qabul qiluvchi 
mamlakatlarda turizmni rivojlantirish va uning alohida sektorlari tarkibi 
ustidan nazorat; 
 turistik oqimlar ustidan nazorat; 
 turistik mahsulotlarga transfert narxlar tashkil etish; 
 xalqaro turizmdan xorijga oqib kelayotgan daromadlar; 
 import qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga TMK larning texnologik ta’siri. 
TMK larni tashabbus bo‘yicha jalb etish ko‘p hollarda qabul qiluvchi 
mamlakatlardan chiqadi. Bunda mahalliy kompaniyalar qatnashmaydi, yoki ular 
zarur yetarli resurslarga ega bo‘lishaolmaydi. Filippin, Indoneziya, Pokiston, Shri-
Lanka hukumatlari xorijiy investorlarga nafaqat soliq imtiyozlari beryapti, balki 
ularni import uskunalari mexanizm va materiallar uchun poshlina to‘lashdan ozod 
qilyaptilar. Turistik sektorda TMK larning paydo bo‘lishi ayniqsa sust rivojlangan 
davlatlarda mahalliy turistik bozor va turizm industiriyasi rivojlanishi tarkibi ustidan 
ichki nazoratni kuchaytirishga olib kelyapti. 
Xalqaro havo yo‘llarida unchalik kata bo‘lmagan mamlakatlarda xizmat 
ko‘rsatuvchi chet el avia kompaniyalari bu bozorga chiqishda boshqa, hoh u chet 
ellik bo‘lsin, hoh u milliy bo‘lsin, boshqalarga turistik xizmat qilishi mumkin.Ular 
o‘zining monopoliyasini o‘rnatishga intiladi. Bu hamma vaqt ham qabul qiluvchi 
mamlakatlar 
manfaatlariga 
mos 
kelavermaydi. 
Ayrim 
davlatlar 
turistik 
kompaniyalar bilan shartnoma tuzib, masalan Fransiyaning «O‘rta yer dengizi 
klubi» yoki Amerika mehmonxonalari zanjiri bilan, nafaqat raqobatni 
chegaralaydilar, balki iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarini tinglashdan mahrum 
bo‘ladilar. Qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotida o‘zining monopolistik o‘rnini 
ta’kidlab, TMKlar hukumatga infratuzilma harakatlarni ko‘paytirishni so‘rab bosim 
o‘tkazishga qodir. Bunday hollar kam emas. Tranmilliy kompaniyalar yangi 
aeroportlar qurilishi, yer usti tizimida tarkib topgan tartibni yoki yerdan 
foydalanishni ko‘rib chiqishda o‘z hukmini o‘tkazadilar. TMK lar turizm sohasida 
o‘z siyosatini belgilar ekan, shaxsiy maqsadlarni ko‘zlashga intiladi. Bu Ispaniya 
misolida yaqqolk ko‘zga tashlanadi. Chunki infratuzilma rivojidan xorijiy turistlar 
foyda ko‘rishadi. Harajatlarni esa sharoit yaratgan mahalliy aholi ko‘taradi. 
Masalan, Senegalda turistik infrastruktura qurilishini rivojlantirish IV milliy rejasi 
doirasida 22 mlrd. Senegal franki ya’ni davlat byudjetining 12% ajratilgan 
taqqoslash uchun: shu davrda mamlakat uchun sog‘liqni saqlashga 3.6 mlrd. 
ta’limga 7.4 mlrd, qishloq xo‘jaligiga 24 mlyard. senegal franki ajratilgan. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar turistik obe’ktlari kapital hajmi katta ko‘rinishda 
bo‘lganligi sababli, TMKlar talablariga javob beradigan infratuzilma yaratish uchun 
qarz va kreditlar olishga majburlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga qaramay ayrim mamlakatlar 
avvalgidek TMK lar uchun turistik bozor ochishmoqda. Bu bilan qoloqlikka barham 
berishga so‘ngi umid bog‘lamoqda. Shu bilan birga hukumatlar transmilliy 
kompaniyalar bilan muzokaralar olib borishda ko‘proq nozik ta’b bo‘lishmoqda. 
Xalqaro turizmning o‘sishi bilan TMK lar soni ko‘paymoqda. Ular o‘z ta’sir 


237 
doirasini kengaytirishga intilayapti. Qabul qiluvchi mamlakatlar tomonlari esa ular 
bilan bitim imzolashda toboro ko‘proq hukumronlik qilishyapti. 
TMKlar turistik oqim ustidan bevosita nazorat o‘rnatgan oraliq mamlakat 
iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazmoqda. Turizm sohasida transmilliy kompaniyalar 
faoliyati turistik talablar geografiyasida olg‘a siljishni taqazo etmoqda va tashrif 
buyuuruvchilar oqimi yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Hukumatlarni xo‘ja ko‘rsin 
siyosatini qarab chiqishga, turistik infratuzilmalarga harajatlarni ko‘paytirishga 
majbur etmoqda. Bu juda ko‘p rayonlarda xalqaro turizmga ko‘tarinkilik baxsh 
etmoqdalar. 
Shu bilan birga, turistlarni destinatsiyaga jalb etish bo‘yicha TMK lar harakati 
milliy turistik ma’muriyatlar manfaatlariga zid kelish hollari ham uchrayapti. 
Keyingilar ko‘pincha maqsad sifatida elitar turistlarning tor bozor segmentini 
tanlashyapti. Bu bilan ular xizmat ko‘rsatishdan mo‘may daromad olishni 
qo‘llashyapti. Ammo, biroq transmilliy kompaniyalar eng ko‘p (maksimum) 
daromad olish yo‘riqlariga amal qilib, ommaviy turistlar bilan ishlashni ma’qul 
ko‘rishmoqda. Ular tomonidan tashkil qilinayotgan va yo‘naltirilayotgan keng 
miqyosidagi turistik oqimlar tabiiy atrof - muhitga va mahalliy madaniyatga xavf 
tug‘diryapti. 
Ajablanmasa ham bo‘ladi, agar TMK lar 
turistik oqimlar ustidan nazoratni 
amalga oshirsalar yanada o‘tkir muammolar paydo bo‘ladi. U ko‘proq qashshoq 
bozorlarda daromad olish imkoniyatini aniqlab beradi va faoliyatini shunga 
qaratishga intiladi. Kelishuvlar soni unchalik ko‘p emas. Turizm madaniy va 
tabiatga halokatli ta’sir o‘tkazmaydi, moliyaviy tushumlarni ta’minlaydi. Bunday 
qaraganda TMK larning bu tariqa faoliyati mahalliy turistik bozorni rivojlantirish 
imkonini beradi, Milliy iqtisodiyotni ko‘taradiganday, ammo, haqiqatda bunday 
amaliyot o‘zida xatarni yashirgan.
Turistik markazlar son jihatdan uncha katta bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar 
kategoriyasiga bog‘liq holga tushib qoladilar. Shunday bo‘lishi mumkinki, Bagam 
orollaridagi kurort rayonlar Nyu-Yorkdan o‘rtacha toifadagi (klass) vakillarini qabul 
qilishga ixtisoslashadi. Past toifali kurortlar Yaponiyadan keladigan yoshlarga 
xizmat ko‘rsatadi. Bu qashshoq bozor kurortlarni raqobatbardoshligi va turg‘un 
rivojlanishlarini ta’minlash uchun juda torlik qiladi. Keyingi gurux sayohatlarni 
ma’qul ko‘rgan tashrif buyuruvchilarning salgina bo‘lsada didi va talabiga ta’sir 
qilmay qolmaydi. Ularning ishi katta tijorat qaltisliklardan iborat. 
Turistik oqimlar ustidan nazorat o‘rnatar ekanlar TMK lar bu dastakdan 
qabul qiluvchi mamlakatga uning tomonidan soliq va boshqa imtiyozlar kengayishi 
uchun bosim o‘tkazishda foydalanadi. 
O‘tgan asrning 70-yillar oxirlarida shundoq ham katta daromad olayotganiga 
qaramay uni yanada ko‘paytirishga zo‘r bergan yirik G‘arbiy Germaniya turistik 
korporatsiyasi bunga to‘sqinlik qilgan. Tunis hukumatiga javoban nemis turistlarini 
olib borishni keskin (60 dan 12 mingacha) kamaytirdi va Tunis iqtisodiyotiga zarba 
berdi. Shunday qilib yosh davlatlarning chet el mablag‘iga bog‘liqligi vujudga 
keladi.
Zamonaviy TMKlar jahon turizm bozorida global strategiya yuritishi bilan 
ajralib turadi. Bu transfert narx shakllanishi mexanizmida namoyon bo‘ladi. Firma 


238 
turistik mahsulotlarga ichki operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida narxni 
oshirish, boshqasida aksincha kamaytirish yo‘li bilan TMKlar korporativ daromad 
olishini ko‘paytiruvchi kompaniya qo‘lida katta bir imperiyaning ichida daromadni 
ko‘paytirishning ta’minlovchi mexanizm paydo bo‘ladi, u uning faoliyati strategik 
maqsadlarga bo‘ysinadi.
Narx darajasining o‘zgarishi TMKlar ixtirosi emas, oddiy tijoriy amaliyot 
hisoblanadi. Kontragentlar o‘rtasida bitim tuzish bo‘yicha bazaviy narxga ustama 
qo‘yiladi yoki unga chegirma belgilanadi. Ko‘pchilik tovarlar va xizmatlarga 
nisbatan ulgurji harid qilish chog‘ida oborot uchun qo‘laniladigan chegirmaga amal 
qilinadi. Turizmda, shuningdek mavsumiy chegirmalar ham keng qo‘llaniladi. Ular 
yordamida mavsumdan boshqa vaqtda mahsulotdlar harid qilishda talab va 
ehtiyojlar muvozanatlashtiriladi. Turoperatorlar va turaganetlar vositachi sifatida 
turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilardan bozorda narx raqobatiga bardosh 
berish uchun xizmatlarni amalga oshirishda chegirma oldilar. Misol uchun, nemis 
va britan turoperatorlari ispan va grek otellarining xizmatlariga juda past narxlari 
bilan mashhur. Ko‘ngilochar xizmatlar ham shunday arzon. 
Har bir aniq holatda narx darajasi bitim ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga 
bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Bu tamoyil TMKlar mahsulotlariga narx belgilashi 
chog‘ida ham amal qilishda davom etadi. TMK lar muzokaralarga faqatgina ma’lum 
shakl va ichki firma harakatlaridagi tusgina bera oladi. 
Transfert narx shakllanish mexanizmini misollarda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, 
A mamlakatda joylashgan turoperator kimsa V mamlakatlar aviakompaniyasi va bir 
qator turistik korxonalarni S mamlakatda joylashtirish vositalari bilan qo‘shib sotib 
oladi. Shunday qilib, u o‘z boshqaruvi ostida internatsional ishlab chiqarish tizimini 
yaratadi. Turoperator 1000 dollardan inklyuziv-tur taklif etadi va uni A mamlakatda 
amalga oshiradi. Safarning oldi-sotti qismi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar tizim 
ichida kechadi. Turoperator bu integrirlashgan biznes barcha ishtirokchilari uchun 
hisob-kitob (transfert) belgilaydi. Bular bozor narxidan farq qilishi mumkin. Ba’zan 
esa ochiq bozorda bunaqasi bo‘lmaydi va turoperator tamonidan soliq va bojxona 
poshlinasi to‘lashdan bo‘yin tovlashda foydalaniladi. 
TMKlar transfert narx shakllanishi mexanizmi yordamida soliq to‘lovlari 
darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan filiallari uchun su’niy ravishda 
ishlab chiqarish harajatlarini ko‘paytiradi. Aksincha soliq kamroq mamlakatlardagi 
filialari uchun kamaytiradi. Natijada birinchi guruhdagi mamlakatlar TMKlar 
filiallari o‘zlarining soliq deklaratsiyalarida kam daromad olganligi haqida 
ma’lumot beradilar. Boshqa mamlakatlarda esa oshirilgan daromad qayd etiladi. 
TMKlar shunday nolegal yo‘l bilan daromadlarini soliq katta mamlakatlardagi 
filiallariga o‘tkazadi va to‘lanadigan soliq summasini halol qisqartirishga erishadi. 
Bizning misolimizda turoperator o‘z aktivi qiymatini S mamlakatda sun’iy 
ko‘paytirishi mumkin. Ya’ni B mamlakatlar samolyotlarini hisobdan chiqaradi va 
nakladnoy harajatlarni qayta taqsimlaydi yoki filiallar o‘rtasida operatsiyalarni 
amalga oshiradi. Natijada soliq to‘lovlari hajmi 2 marta bojxona poshlinasi 40 dan 
20 shartli birlikkacha pasayadi.
Agar turoperator o‘zi uchun foydali kursda valyuta almashlab xalqaro 
to‘lovlarni o‘tkazsa qo‘shimcha daromad oladi. Transfert narx shakllanishi 


239 
mexanizmidan soliqlar to‘lovidan bosh tortish maqsadlarida foydalanish qoralanadi. 
U juda ko‘p mamlakatlarda davlat byudjetida katta yo‘qotishlarni vujudga keltiradi.
TMKlar xorijiy faoliyati bilan bog‘liq eng o‘tkir muammolardan biri shuki 
xalqaro turizmda daromadlar oqimini qabul qiluvchi mamlakatlar hisoblanadi. U 
ikki tarkibiy qismga bo‘linib ketadi: import qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ga 
to‘lovlar va ishlab chiqarish resurslari egalarini mukofatlashga to‘lovlar.
O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, TMKlarning xorijdagi filiallari 
mahalliy kompaniyalar darajasida tovarlar (xizmatlar)ni import qilishga moyildirlar. 
Bundan tashqari, ko‘pchilik TMKlar iloji boricha mahalliy resurslardan 
foydalanishni ko‘zlab o‘zining nufuzi va mavqeini qabul qiluvchi mamlakatlarda 
yaratish va mustahkamlashga intiladi. 
Shu bilan birga TMKlar ayniqsa turizmda o‘zi kelib chiqqan mamlakat bilan 
mustahkam aloqada bo‘lib turadi. U «Jonajon» tashrif buyuruvchilarni qabul 
qilishni mo‘ljallaydi. Misol uchun, AQSH yirik mehmonxonalar kompaniyalari 
milliy chegaralaridan tashqariga chiqa boshladilar. Amerikacha mehmonnavozlik 
standartlarini tarqatish va korxonalar zanjiri yaratishga intilmoqdalar. Izidan chiqish 
turistik oqimlari kengaymoqda, amerikaliklar o‘zlariga xos bo‘lmagan va tassavur 
ham qilolmagan xorijiy xizmat ko‘rsatishlardan noliy boshladilar. Bugungi kunda 
jahon bo‘ylab tarqalgan otellar Amerikaning «Ay-Tt-Ti Sheraton», yoki «Xilton 
Xoutlez Korporeyshn» tipidagi mehmonxonalari zanjiriga birlashganlar. 
Vatandoshlari didi va ta’bi hisobga olinib pivo va sigaretalar AQShdan import 
qilinadi. Yapon TMKlari xorijiy filiallari restoran xo‘jaligida mebellar, oziq-ovqat 
mahsulotlari Yaponiyadan tashib keltiriladi. «Jonajon» mamlakat qiyofasini 
yaratish, standartlashtirish bilan bog‘liq global jarayonlar filiallarni o‘z yurti 
tovarlari va xizmatlarini import qilishga majbur etish boshqa sabablar ham bor 
albatta. «Er Frans» aviakompaniyasi o‘zining fransuz markasini olg‘a suradi, 
«Royal Viking Layn» parom kompaniyasi esa hamma narsada Skandinaviyaga 
tegishli ekani sezilib turishiga harakat qiladi. 
Xalqaro turizm yo‘nalishi bo‘yicha tovar va xizmatlar importi bir qator 
rivojlanayotgan davlatlar byudjetiga sezilarli statiyalari hisoblanadi. Bu 
operatsiyalar valyutani chet elga oqimi bilan kechsada, transmilliy kompaniyalar 
qabul qiluvchi mamlakatlarga pulli turistik ishlab chiqarish xizmatlari 
ko‘rsatilayotganichalik ko‘p emas. Kapital quyishdan TMKlar foiz ko‘rinishida 
daromad oladi va «vatani»ga o‘tkazadi. Uning filialida band asosiy ishchi kuchlari 
ayniqsa xorijdan taklif etilgan malakali kadrlar – yuqori va o‘rta bo‘g‘in menejerlari 
hisoblanadi. 
O‘z mehnatlari uchun ular juda katta miqdorda maosh oladilar va uni doimiy 
yashash joyiga o‘tkazadilar. 
Xalqaro turizmdan tushadigan tushumlarning katta qismini qabul qiluvchi 
mamlakatlar o‘z daromadlari hisobiga transmilliy kompaniyalar bilan tashish 
ishlarini bajarishi natijasida yo‘qotadi. TMKlar xususiy korxona egasimi, yoki uni 
aniqlik bo‘yicha boshqarayaptimi? ahamiyati yo‘q. U tadbirkorlik daromadiga yoki 
foydaga ega bo‘ladi. 
Foyda salbiy ahamiyat ham kasb etishi, ya’ni zarar shaklida ham bo‘lishi 
mumkin. 


240 
Transfert narx shakllanishi mexanizmi yordamida foyda bir mamlakatdan 
boshqasiga oqizmay-tomizmay o‘tkazilishi mumkin. 
Ayrim mamlakatlarda (Shri-Lanka, Filippin, Indoneziya va x.k.) xorijiy 
investorlarga turistik korxonalardan olingan daromadlarni o‘z mamlakatiga 
cheklanmagan miqdorda erkin olib ketish kafolati berilgan. Masalan, Gambiyada 
turistlar olib keladigan xorijiy valyutaning atigi 15% nigina ushlab qolishga 
muvoffiq bo‘linadi. 
Afrikaga safar qiymati juda qimmat bo‘lishiga qaramay qabul qiluvchi 
mamlakat bu summadan arzimagangina ulush oladi. Yevropalik turist to‘liq 
kompaniya xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vatanida turistik firma orqali amalga 
oshiradi. U o‘zi bilan qabul qiluvchi mamlakat uchun valyuta ishlab olish manbai 
hisoblangan sovg‘a-salomga ozroq pul oladi, xolos. Turizmni rivojlantirishning 
bunday modelini mahalliy iqtisodiyot bilan hech qanday bog‘liq joyi yo‘q. Turistik 
kompleks u bo‘lmaganida ham, cho‘lda-sahroda yoki oyda ham xorijiy tashrif 
buyuruvchilar oqimi hisobiga ishlab turaveradi. 
Qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro turizmni qo‘shish mahalliy 
ishchi kuchlarini jalb etish (gap yangi ish turlari haqida borayapti, yuqori malaka va 
mahsus tayyorgarlikni talab qilmaydi), turistik majmua (kompleks) jihozlashda 
mahalliy materiallardan, shuningdek xorijiy tashrif buyuruvchilarni ovqatlantirish 
uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshishi 
mumkin. 
Bunday holda xalqaro turizm o‘sha mamlakatda uning iqtisodiyotini 
rivojlantirishda ishi milliy mahsulot – ichki milliy mahsulotni ko‘paytirish imkonini 
beradi. 
Agar TMKlar beradigan bilim, tajriba, texnologik sirlar g‘arbda uni «nou-
xau» deb atashadi)ga e’tibor berilmasa, milliy iqtisodiyotda TMKlarning ta’sirini 
baholash to‘liq bo‘lmaydi. Bularning hammasi nomoddiy kapital, lekin ulardan 
to‘g‘ri foydalanilsa juda bebahodir. 
Hozirgi vaqtda amalda TMKlar texnologik yangiliklar «inkubatori»ga 
aylangan. Ular o‘zlarining xususiy inovatsion dasturlarini ishlab chiqadilar. 
Intellektual tovarlar yaratishda katta mablag‘ sarflaydilar va ularni jahon bozorida 
taklif qiladilar. 
Turizmda transfert texnologiyalarning ishonchli va yorqin bir misoli butun 
jahonga mashhur «Mak Donalds» firmalari faoliyati hisoblanadi. Ular tez 
ovqatlanish industriyasida haqli ravishda yetakchi sanaladi. Uning muvaffaqiyati 
birinchi navbatda yuqori xizmat ko‘rsatishni ta’minlash g‘oyalariga bo‘lgan o‘ta 
fidoyi ishonchdir. O‘z faoliyati tarixi davomida u ishlab chiqarish jarayonlarida har 
bir operatsiyani metodik ravishda takomillashtirib bormoqda. 
1940-yillar oxirida aka-uka Richard va Moris Mak - Donaldlar yo‘l bo‘yidagi 
mo‘’jazgina kafe egalari bo‘lgani holda o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishni qanday
qilib sifatini oshirish va daromadni ko‘paytirish haqida bosh qotirdilar. Ular 
taomnoma (menyuda) taomlar sonini uchtagacha qisqartirishga qaror qildilar. 
Konveyer tizimi asosida texnologiyani standartlashtirdilar va taomlar tayyorlashni 
mukamallashtirdilar. Masalan, gamburgerlar 1,6 unsiyaga tepa - teng og‘irlikda, 
yog‘i 19 % dan ko‘p bo‘lmagan holda tayyorlana boshladi. Xizmatchilar 


241 
kraxmallangan oq ko‘ylakda faqat bitta yumushni bajaradi: biri tovaqdan 
gamburgerlarni oladi, boshqasi ularni qaynoq moyga tashlab qovuradi va h. k. 
Ishlab chiqarishning bunday tashkil etilishi harajatlarni kamaytirish bilan birga 
uning samaradorligini oshirdi. “Mak Donalds” yangi avlod mijozlariga ega 
bo‘ldilar. Ular qayerda bo‘lishmasin o‘zlari sevgan taomlarni va ajoyib tezkor 
xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik tadbirkorlar biznesning bu 
yo‘nalishini anglab va qabul qilishib, unga qo‘shildilar. Tezkor xizmat 
ko‘rsatishning xuddi shunday korxonalari juda ko‘plab paydo bo‘la boshladi.
Tranfert texnologiya nafaqat restorant xo‘jaligida kuzatilayapti, balki 
mehmonxona, turoperatorlik va turistik industriyaning boshqa sektorlarida ham 
ko‘zga tashlanmoqda.
TMKlar chet ellarda ko‘p hollarda innovatsion, eng yangi zamonaviy 
tenikalardan foydalanish bilan mukammal texnologiyalarni qo‘llashib korxonalarini 
joylashtirish orqali milliy kompaniyalar oldida o‘z ustunligini namoyish etayapti. 
Keyingisi boshqaruv va tadbirkorlik tajribasini qabul qilayapti. Bu bilan ular 
o‘zining raqobatbardoshligini oshirayapti va texnologik yangiliklarni izchil joriy 
etishni o‘rganayapti. Tailand va Tunis kabi mamlakatlarda turizmda chet el ilg‘or 
tajribalari ayniqsa tez yoyilayapti. Sayohlik industriyasining mahalliy korxonalarida 
daromad o‘sishi ko‘zga tashlanayapti. Ayrim hukumatlar endi o‘z davlatlari 
hududlari (territoriyasi)da transfert texnologiyalarni TMK faoliyatining alohida 
sharti qilib qo‘ymoqdalar. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling