O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Internetda
global disribyutor tizimining integratsiyasi. GDS texnologiyasining kamchiliklaridan biri shuki, undan foydalanish ancha murakkab. GDS birinchi versiyasi uchun noitellektual terminal yoki foydalanuvchiga nodo‘stona murakkab sintaksisli matn tizimi odatiy hol hisoblangandi. Texnologiyani egallash ancha vaqt sarflashni, operator tayyorlashni talab qilardi. GDS ko‘p sonli xodimlar, ayniqsa tizimidan foydalanish uchun turagentlarni o‘qitishga instruktorlarni yollashga to‘g‘ri keldi. Foydalanuvchi uchun nisbatan do‘stona “Windoms” tipidagi tizimni yaratish sari qo‘yilgan qadam GDS bilan ishlashda zarur texnik tayyorgarlik talab etilishini ancha kamaytirdi va faoliyat doirasida tezkor yumushlarni bajarish imkonini tug‘dirdi. Endilikda operatorga spesifik sintaksis bilimi umuman kerak emas. Texnik takomillashtirish Internet imkoniyatlariga tayanaladigan izchil yo‘llarni ochdi. Hozirgi vaqtda “Galilieo” biznes foydalanuvchilar bilan Internet orqali bronlashtirishni amalga oshirayapti. Shundan kelgan buyurtmalar ular tanlangan turagentga bajarish va aviabilet yozib berish uchun jo‘natiladi. Bunday tiplar tizimi GDS o‘z faoliyati samaradorligini oshirish va turagentni qanday qo‘llab-quvvatlayotganiga yordam berayotganiga yorqin misol bo‘laoladi. GDS qaysi yo‘nalish bo‘yicha rivojlanmasin, bahs talab qilmaydigan haqiqat shundaki, u turistik bozorda onlayn rejimida ishlashi zarur. Biznesni kengaytirish bo‘yicha qo‘yilgan har bir qadamda olg‘a qarab qanday harakatlanish kerak degan bahsli savol vujudga keladi. “Galilieo” va “Amadiyes”, “Golilieo”, “Internet Travel Network” (onlayn rejimida ishlayotgan yirik AQSH turistik kompaniyasi) sherigi hisoblanishiga qaramay ochiqchasiga ular xizmatlaridan foydalanayotgan turagentlar bilan raqobatga kirishilmasliklarini aytdilar. “Worlaspan” bu muammoni yechishga boshqacha yondashayapti va “MSN Expedia” va “Bixtravel.com” da ishtirok etib, onlayn rejimida ishlayotgan agentlarni texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga intilmoqda. “Sabre” onlayn rejimida bozorda sotishda bevosita ochiqchasiga raqobat qilmoqda. Bunda o‘zining shaxsiy “Travelocity” turagentligidan foydalanmoqda. “Sabre” shuningdek “BTS” nomi ostida korpporativ turagentlik tizimini yaratgan. Bu «Trovelocity» ga qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Bu korxonada ular “Carlson Waqon Lits” va “BTI Amepica” – AQSH ikki korporativ turagentligi sheriklariga aylandilar. Internet beradigan afzalliklar anglagan holda GDS rahbariyati mijozlar uchun yangi tip ulanishlarni o‘ylab topishdan to‘xtalganlari yo‘q. Internet tarmoqlaridan turistik biznesda yanada kengroq foydalanayotgani munosabati bilan «Amadeus» da qator dasturlar yaratilgan. Ular yirik xalqaro tarmoqlardan erkin foydalanish va uning mijozlari bilan ishlash imkonini beradi. Endi «Amadeus» agentligi o‘z sahifalarida yoki tarmoqlari sahifalarida o‘z turistik mahsulotlari haqida axborotlar joylashtirishni va “Wored Wide Wed” orqali 264 bronlashtirishni amalga oshirishi mumkin. Sayohatchilarning bevosita o‘zlari bronlashtirish imkoniyatlari ham bor. Global tarmoq yaqindagina o‘z mijozlarini “Publie Internet” orqali ulay boshladi. Bu uning texnik imkoniyatlarini sezilarli kengaytirdi va tariflarni pasaytirishga imkon berdi. “Amadiyes” doirasida ikkita maxsus mashulot ishlab chiqilgan: “Pro Wed” va “Pro Clent Server”. Birinchisi yordamida mijoz o‘z kompyuteridan sertifikatsiya nomerini olishi va sistemalar saytiga kirishi va uning imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. “Pro Clint Serves” esa mijoz kompyuterini murakkabroq ulanishini amalga oshiradi – avval “Amadiyes” ning yaqinroq vakiliga serveri bilan, keyin shisha tolali aloqa bo‘yicha tizimning asosiy serveri bilan ulaydi. Bunda mijozga to‘liq funksional agentlik terminali “Pro Tempo” quyiladi. Foydalanilayotgan kompyuterlarga talab minimal: hech bo‘lmasa “Windows” – ma’lumotlarni himoya qilishni faollashtirish funksiyasi uchun “Vritual Private Network” (VPN) bo‘lsa kifoya. Tizimlar bilan tanish emas, uncha katta bo‘lmagan turagentlik boshlab “Pro Wed” bilan bemalol kifoyalanishi mumkin. Lekin ikki va ko‘proq terminaldan foydalanish zarurati tug‘ilsa, yaxshisi «Pro Clint Server» ni tanlagan ma’qul. Agar buyurtmachida Internetga chiqish yo‘q bo‘lsa, firma buni maxsus bahoda tashkil etishi mumkin. Buning ustiga yana parallel ravishda “Amadiyes” dan ham, Butunjahon turidan ham foydalanish mumkin. Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqda ko‘pchilik turagentlar Internet faqat ularning mahsulotlarini reklama qiladi deb hisoblaydilar. Ammo biroq bu u bajaradigan ishning hammasi emas. Xuddi shuning uchun “Worldspan” birinchi global kompaniyalardan biri bo‘ldi, u 1998 yilda RS standart darvozasi Internetga kirishni taklif etdi. “Worldspan Gateway Plus” (internetga darvoza) mahsuloti Windows – versiyasi “Gateway Plus” barcha standart imkoniyatlaridan foydalanishdan tashqari, turagentlarga “X25-Worldspan” sistemasida Internetga olis ulanishlarni amalga oshirish, shuningdek idoralar o‘rtasida fayllar almashish tizimi va elektron pochta bilan ishlash imkonini beradi. Barcha foydalanuvchilar uchun markazlashgan ma’muriyatchilik ta’minlanadi. “Worldspan” Internet uchun boshqa mahsulotni – “Internet Boolinq Enqine” ni ham taklif qiladi. Turagentlik internetda mijoz tashrif buyuradigan o‘z sahifasini ochadi. Unda mijozning o‘zi mustaqil ravishda taklif etilayotgan xizmatlardan foydalaniladi. “Worldspan”ning Internet uchun yana bir ishlanmasi “Dates Destinations” dasturidir. U turagentlar mijozlari uchun onlayn bronlashtirish imkonini beradi. Dastur turagentliklarni bozorda harakatlanish vositasi hisoblanadi. Mazkur mahsulot ularning potensial mijozlari davrasini kengaytiradi. Chunki u orqli mijoz istalgan vaqtda, dunyoning istalgan nuqtasiga kirib bora oladi va foydalanish ham oddiy. “Worldspan Net” dasturi uchun Internet aloqa kanali sifatida foydalaniladi. Turagentliklar uncha katta bo‘lmagan bronlashtirish hajmi bilan bu dasturdan foydalanishlari mumkin. “Worldspan Net” versiyasiga ulanish uchun Internetga kirish imkoni bo‘lsa kifoya. Elektron tijoratning kelajagi kattaligiga hozir hech kim shubha qilmaydi. “Worldspan” esa yetakchilardan biri hisoblanadi. “Galilieo International” kompaniyasi yanada ilgarilab ketdi va o‘zining telekommunikatsion 265 “Quantitade” sho‘’ba kompaniyasini yaratdi. Maqsadi – barcha mamlakatlardagi mijozlarga arzon va sifatli aloqa xizmati ko‘rsatish, shuningdek Internet standart protokollari bo‘yicha ham. Vieuw Trip o‘sha “Calilieo” orqali, o‘zining broni nomerini bilgan holda o‘z marshrutini kuzatib berish va unga real vaqt rejimi ikir-chikirlari kiritilganini, o‘zgartirishlarni (turagentlik orqali) bilish mumkin. “e-Aqrent” mahsuloti bitta ekranda “Calilieo” funksiyasini turistik xizmatlarni bronlashtirish Internet – tizimi funksiyasi bilan-birga joylashtirish imkonini beradi. Turistik saytlar orqali qo‘shimcha uchishlar va boshqa turistik xizmatlar haqida axborot olish mumkin. Shu bilan birga «Sorporate Travelpoint» - yirik turagentliklarga tavsiya etilgan, korporativ mijozlar bilan ishlovchi tizimi nafaqat umumiy ekranda axborotlarni joylashtirishga, balki konfidensial ma’lumotlarga murojaat qilishga ko‘mak beradi, u ana shunday agentliklar uchun maxsus yuklangan. “Calilieo” da shuningdek, “EDIFACTSELCT” dastur mashuloti ishlayapti. “Calilieo” ni agentliklar bilan o‘z vositalari saytlari orqali muloqat uchun mo‘ljallangan. “Calilieo” vakillarining ishontirib aytishlaricha, “XML Seleet” inqilobiy yangilik, mijozlarga ona tilida mustaqil tarzda xizmatlarga buyurtma berishi uchun maksimal qulayliklar yaratishga imkon beradi. Hozircha esa Internet bo‘yicha “Sayohat qila turib” xohlovchi ish orasida o‘ziga oteldan joy, avtomobil rezervlashtirishi yoki golf o‘ynash uchun bron qilib qo‘yishi mumkin. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling