O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistik saytlar xususiyatlari va elementlari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Turistik saytlar xususiyatlari va elementlari. Foydalanuvchi uchun Web – 
saytga kirish uy sahifalaridan boshlanadi. Bu sahifalar mazmuni qiziqarli 


270 
axborotlarga boy, turistik markazlarga jalb qilish jozibasi bor. Bu esa hal qiluvchi 
omillar hisoblanadi. Saytga tashrif buyuruvchilar soni shularga bog‘liq, u 
iste’molchini qiziqtirish, uning dunyo qarashini kengaytirish imkoniyatiga ega. 
Internetda uy sahifalari «namunali» saytlar bo‘lishiga qaramay, tashqi ko‘rinishi 
bilan ham, mazmuni bilan ham farq qiladi. Ular bir necha umumiy qirralarga ega: 
odatdagidek tashrif buyuruvchiga katta hajmda axborotlar taklif qiladi. Ular oddiy 
va tushunarli tarzda bayon etilgan, sayt mazmuni haqida tasavvur beradi; turistik 
markazning qisqacha tafsilotini, fotosuratlar, kartalar, jadvallar, logotip (firma 
belgisi) taqdim etadi. 
Hammadan ko‘p axborotga ega uy sahifalari emas, qo‘shimcha ma’lumotlar 
beruvchi, butun sayt mazmuniga eng yaxshi mumiolangan axborotlar taqdim 
etuvchi uy sahifalari samarali hisoblanadi. Turistik markazning ijobiy qiyofasi ham 
juda muhim. U tashrif buyuruvchi uy sahifasi mazmunini yanada to‘ldiradi. Agar 
«joylashtirish vositalari» yoki «Turistik faoliyati» kabi bo‘limchalar ruyxatini 
ochuvchi katta bo‘limlar bo‘lsa, yaxshi masalan, «pansionatlar», «mehmonxonalar» 
va «kempinglar» degan. Bu foydalanuvchiga kerakli axborotni tez topib olishga 
imkon beradi. «Qadamlar»ni qisqartiradi. Indeksatsiyaning bunday usuli butun sayt 
davomida foydalaniladi. U vaqtni tejaydi va qidiruvning samarali usuli hisoblanadi. 
Web – saytning tashqi sahifa ko‘rinishi juda muhim, chunki sahifa eng avvalo 
ko‘zga tashlanadi. Saytning bosh maqsadi – axborot yetkazish: u foydalanuvchi 
uchun qiziqarli, qandaydir yangi, aniq, tushunarli bo‘lish zarur. Shu maqsadda 
axborot uzatishning turli usullari qo‘llaniladi. Matnning katta bo‘laklari zerikarli 
bo‘ladi. Ularni o‘qish og‘ir, foydalanuvchidan boshqa muqobil axborot yetkazish 
usullariga nisbatan katta aqliy zo‘riqishni talab qiladi. Foydalanish uchun turistik 
region atmosferalarini rangli dollar, tasvirlar, grafiklar, kartalar, jadvallar va ramzlar 
ko‘rinishida o‘zatish matnni mayda ixcham bo‘laklarga bo‘ladi va qabul qilinishini 
yengillashtiradi. Muvaffaqiyatli saytlarda xuddi ana shu usullar qo‘llaniladi. 
Multmediya vositalari afzalliklaridan foydalanish iste’molchining saytga qiziqishini 
oshirish imkonini beradi. Afsuski, multmediylar fayllari displeyda uzoq vaqt 
davomida yuklanadi. Lekin saytni qiziqarliroq qilish usullari mavjud. Masalan, 
mahoratli sayohat va «tirik» kinosuratga olish. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling