O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Web – saytda umumiy axborot. Axborot madaniy an’analar va urf-odatlar 
muhim rol uynaydigan yoki alohida xususiyatlar kasb etgan regionlar uchun 
ahamiyatlidir. Chunki potensial turistlarni ko‘pincha ana shular o‘zlariga jalb etadi. 
Kim ilgari turistik region haqida bazaviy ma’lumotlar olmagan bo‘lsa, qayerga 
borish kerak, iqlim va region geografiyasi qanday, aholisi nima bilan band
zamonaviy voqealari, tarixi, madaniyati, odatlari, telekommunikatsion xizmat
jamoat transporti, do‘konlar ishlash vaqti kabi ma’lumotlarga zarurat bo‘ladi. 
Odatda yordamchi axborotlar saytga yuklangan keng va batafsil matnlardan 
iborat. Bundan qochish kerak – Web sayt tashrif buyuruvchiga matnni o‘qish yoki 
uni o‘tqazib yuborish imkonini berishi lozim. Muvaffaqiyatli saytlar ko‘p sonli 
savollar bo‘yicha batafsil axborotlarni taklif qiladi va bunda samarali indekslar 
tizimiga ega. Ular tashrif buyuruvchiga faqat ularni qiziqtiruvchi ma’lumotlarni 
tanlashga ko‘maklashadi. Material mazmuni oddiy va tushunarli tarzda berialadi. 


271 
Eng yaxshi saytlar «Axborot almashish taxtasi» ga ega. Bir foydalanuvchi 
turistik muammolar bo‘yicha savollar berishi, boshqasi ularga javob berishi 
mumkin. Savollar va javoblarni sayt kirgan har qanday tashrif buyuruvchi o‘qishi 
mumkin. Bu tashvishlangan sayohatchilar katta davrasi uchun ajoyib axborot 
uzatish usullidir. Unda boshqa vaqtda ishlatilmagan mavzular qo‘shilgan. Onlayn 
rejimida bahsli forumlar ham taklif etilishi mumkin. Unda ishtirok etishni 
xohlovchilar ruyxatdan o‘tishlari kerak. 
Sayohatning interfaol rejasi quyidagi mavzular bo‘yicha axborotlar so‘rashga 
imkon beradi: turistik regionga qanday yetib borish kerak, qayerda joylashish 
mumkin, turistik markazda nima bilan shug‘ullanish mumkin, qanaqa diqqatga 
sazovar joylar bor. Voqealar, ekskursiyalar, transport masalasi qanday. So‘ngra 
tashrif buyuruvchiga ular so‘ragan xizmatlarni yetkazib beruvchilar ruyxati taqdim 
etiladi. Web – sayt yetkazib beruvchi haqida uning ismi, manzili, telefon raqami va 
faksi, fotosurati, xizmatlar narxi va ularning qisqacha tafsiloti bayon qilingan 
batafsil ma’lumotlarni taqdim etadi. U shuningdek elektron pochtasi va zarur 
rekvizitlarini xabar qilgan holda yetkazib beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish 
imkonini beradi. Mahorat bilan tuzilgan broshyura tufayli foydalanuvchi maxsus 
papkada kompyuter xotirasida kerakli sahifani saqlaydi. Bu unga keyinchalik ularni 
ko‘rib chiqish yoki qayta ko‘chirib olish imkonini beradi. Sayohatning interfaol 
rejasi esa bir qator mezonlar asosida foydalanuvchi tanlagan marshrutni tuzish, 
harakterlash imkonini yaratadi. Bularning barchasi saytdan olingan axborotlardan 
qoniqish darajasida va marshrutni ishlab chiqish jarayonlarida foydalanuvchini 
diqqat – e’tibor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishini talab qiladi. 
Ayrim saytlar onlayn rejimida mehmonxonalarni bronlashtirish tizimini 
qo‘shadi. Quyidagi mezonlar bo‘yicha qidiruv tizimi bilan joylashtirish 
ma’lumotlari interfaol bazasiga ega: joylashgan yer, nomer tipi, bir kecha tunash 
bahosi, bir kishiga narxi. Ma’lumotlar bazasi takliflarning yakuniy ruyxatini taqdim 
etadi. Ulardan har biri foydalanuvchi so‘ragan sharoitga yaqinroq darajasi bo‘yicha 
narxga ega. Xizmatlarni yetkazib beruvchi haqida ma’lumotlar bronlashtirish 
formasini o‘rganishdan joylashishni bronlashgacha jarayonlar oddiy va yengil 
bo‘lishi lozim. Uy sahifasidan onlayn rejimida bronlashgacha bo‘lgan yo‘lni bsib 
o‘tish uchun, masalan, Syurix Kengashi saytida sichqonchani 4 marta bosish talab 
qilinadi xolos. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling