225
talablarini yaxshi bilishadi, turistik markazlardan qabul
qilinayotgan mahsulotlarni
sotishda bundan foydalanishadi.
Turizm industiriyasi korxonalari o‘z faoliyat doirasini kengaytirar ekan,
ko‘pincha bundan sayohlik bozorida mavjud o‘z ulushini ko‘paytirishni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri maqsad qilib qo‘ymaydi. Kompaniya sa’y-harakatlari
turizmni bundan
keyingi rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu bilan u faoliyati sohalarida
qo‘shimcha imkoniyatlarni qidirib topishga intiladi.
Amalda bu xorijiy firmalar
aksiyalariga pay ulushlarini qo‘shishni bildiradi. Boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion
bitimlar tuzish keyingi paytlarda ayniqsa turizmda ommalashgan.
Turizmda ishlab chiqarishni internatsionallashtirish tashabbusi ko‘p jihatdan
turistlar yetkazib beruvchi mamlakatdan chiqadi. Chunki bu katta foyda keltiradi.
Turizmda ko‘pchilik TMK «Uchlik» deb ataluvchi: AQSH- G‘arbiy Yevropa
– Yaponiya mamlakatlarida joylashgan. TMK shtab-kvartirasi
geografiyasi shuni
tasdiqlaydiki, turistik biznesni internatsionallashtirish turistik oqimlar hosil
bo‘ladigan va xorijiy investitsiyalash amalga
oshiriladigan mamlakatlarda
boshlanadi.
8.2. Mehmonxona xo‘jaligida TMKlar
Integratsiyalashgan
mehmonxonalar
zanjiri.
Xalqaro
turizmda
transnatsionalizatsiya jarayonlari an’anaviy ravishda joylashtirish sektori misolida
ko‘rib chiqiladi. Mehmonnavozlik industriyasida ayniqsa TMK aniq ko‘zga
tashlanadi. TMK mehmonxonalar zanjiri ko‘rinishini oladi,
xalqaro hayotda bu
sezilarli hodisaga aylangan.
Mehmonxona zanjiri o‘zida otellar guruhi (ikkita va undan ko‘p)ni
mujassamlashtirgan, umumiy rahbarlikka, mahsulotlar
harakati va savdo markasi
konsepsiyasiga ega (jadval 18).
Do'stlaringiz bilan baham: