O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Chizma 4  AQSH turagentligi aylanma tarkibi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Chizma 4 
AQSH turagentligi aylanma tarkibi 
11%
11%
7%
3%
7%
61%


215 
 
 
 
 
Manba:
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
Turagentlar bozori bir qator harakterli qirralarga ega. Ular oldi-sotdida ishtirok 
etuvchilar sonining ko‘pligi bilan ajralib turadi va o‘zida o‘tkir raqobat kurashini aks 
ettiradi. Turagentlar bozorga kirish uchun ko‘p yo‘llarga ega. Bu faoliyatni boshlash 
ham uncha qiyin emas. U yirik sarmoya va yuqori malaka talab qilmaydi. Shu bilan 
birga ko‘pincha bozorga kirishda oson tuyulgan usul aldamchi bo‘lib chiqadi va 
turagent yetarli resursga ega bo‘lmagani va boshqaruv ko‘nikmasi yomonligi 
oqibatida inqirozga uchraydi. 
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 20-30 mingdan 70 gacha turagentlarni 
sanash mumkin. Ularning sonini aniq belgilash juda mushkul. Chunki mamlakatlar 
bo‘yicha terminalogiya va definitsiyalar bir-biridan farq qiladi. Statistikada ularni 
yig‘ishning umum qabul qilingan mezonlari ham yo‘q. Bir holatda, ko‘pchilik 
Amerika qo‘shma shtatlaridagi singari amal qiluvchi barcha turagentlar hisobga 
olinadi, boshqalarida – litsenziyadan o‘tganlarigina hisobga olinadi. Misol uchun, 
Fransiyada turizm to‘g‘risidagi 1992 yildagi qonunga muvofiq turagentlik faoliyatga 
ruxsat beruvchi maxsus litsenziyasi bor kishilargina turistik operatsiyalarni amalga 
oshirishlari mumkin. Litsenziya o‘zining professsional yaroqligini tasdiqlagan, 
mijozga zarur moliyaviy kafolat beraoladigan, qoplash uchun yetarli sug‘urta polisiga 
ega bo‘lgan, olgan majburiyatini moliyaviy jihatdan javobgarligini his qiladigan
xususiy idorasiga ega jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi. 
Turagentlar statistikasini yuritishda shunday ham chigal vaziyatni turli fondlar, 
klublar, jamiyatlar, assotsiatsiyalar yashirin ravishda turistik biznes bilan 
shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar yanada murakkablashtirmoqda. Turizmga 
bevosita aloqasi bo‘lmagan bu shaxslar turagentlik xizmatlarini taklif qilishayapti. 
Bunday ko‘rinishdagi tadbirkorlik strukturalarida ish tajribasi yo‘q, texnik 
imkoniyatga, turizm sohasida zarur ishbilarmonlik aloqalarga ega emaslar
litsenziyasi ham yo‘q. Ular milliy qonunchilikni ko‘p buzishadi. Bunday sheriklar 
bilan hamkorlik qilish, odatda omadsiz yakun topadi. 
Turagentlik asosiy massasi o‘zini uncha ko‘p bo‘lmagan mablag‘i va 
cheklangan bozor bilan namoyon qiladi. Ular na yetkazib beruvchilarga, na 
iste’molchilar xalq atvoriga zarracha ta’sir o‘tkazisha olmaydi. Ularning ko‘pchilik 
qismi bir xil hajm va strukturaga ega, bir-biriga o‘xshash turistik mahsulotlarni, 
deyarli teng narxlarda taklif qiladilar. 
61 % 
Avtomobillar sotish; 
11 % 
Otellarda nomerlarni bronlashtirish
11 % 
Kruiz 
(dengiz, 
daryo 
sayohatlari)ga 
biletlar sotish; 
7 % 
Avtomobillarni ijaraga olish; 
3 % 
Temir yo‘l transportiga biletlar sotish; 
7 % 
boshqalar 


216 
Londonning 
«Ekonomist» 
jurnali 
ma’lumotlariga 
ko‘ra, 
AQShda
turagentliklarning aksariyat qismi kichik biznesga taaluqlidir. Bunday firmalarda uch 
kishidan besh kishigacha band bo‘ladi. Bular direktor, mijozlarni qabul qiluvchi 
agentlardir. Ular konsultatsiya berishadi, turistik xizmatlarni sotishni amalga 
oshirishadi, shuningdek hisob yozib beruvchi va kur’erlik ishlarini bajaruvchi 
kotiblar bor. Qizig‘i shundaki, kichik agentliklarning yarimini egalari xotin-qizlardir. 
Yirik chakana turistik firmalar oz sonli bo‘lgan va shundayligicha qolayapti. 
Faqat 3 % AQSH turagentliklari 15 mln. amerika dollaridan oshadigan yillik 
oborotga ega. Ular o‘rtasida asosiy sotish hajmi ta’minlanadi. 50 yetakchi amerika 
kompaniyalariga AQSH turagentliklari ko‘rsatayotgan barcha xizmatlarning uchdan 
biri to‘g‘ri keladi (jadval 15). 
Turagentliklar turistik mahsulotlarni iste’molchilarga yaqinlashtiradi. Ularni 
harid qilinishiga qulaylik yaratadi, harid esa mijoz uchun qiyinchilik to‘g‘dirmaydi. 
Sayohatga yo‘l olish uchun turistik firma yonidagi turagentlikka murojaat qilish 
kifoya. Vositachilik operatsiyalari chakana harakteridan kelib chiqib, iste’molchi 
yaqinligi turagentlik tarmog‘i geografiyasini belgilaydi. Turistik xizmatlarni amalga 
oshirish ko‘pchilik aholi punktlari gavjum rayonlarga qaratilgan. AQShda 
turagentlarning joylashishi bunga misol bo‘la oladi. Shimoliy Amerika turagentlar 
bozoridagi ahvol tipik hisoblanadi. Uning ta’rifi (harakteristikasi) jahonning boshqa 
turistik regionlariga asos bo‘lib qolishi mumkin.
Yevropada barcha chakana turistik firmalarning 70 % ga yaqini to‘plangan. 
Londonning «Ekonomist» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 200 mingdan ortiq 
kishi band bo‘lib, oboroti esa 75 mlrd. amerika dollarini tashkil qiladi. Shundan 50,5 
mlrd. YEI mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Nisbatan taraqqiy etgan turagentlik 
tarmoqlari Germaniya va Buyukbritaniyada turistik chiqish asosiy generatorlarida 
joylashgan. Shuningdek Niderlandiyada ham bu tarmoq rivojlangan. Fransiya, 
Ispaniya va Italiyada agentlar orqali bozorga chiqish kam rol o‘ynaydi. 
So‘rovlarga ko‘ra, agar Niderlandiyada turizm sohasida so‘raluvchilardan har 
ikki kishidan biri vositachilar xizmatidan foydalangan bo‘lishsa, Ispaniyada har besh 
kishidan biri murojat qilgan. Chakana sotish tarmoqlari turizm industriyasining 
ajralmas qismi sifatida jahonning qolgan regionlarini ham qamrab olgan. Osiyoda 
barcha turagentlarning 8 %, Lotin Amerikasida 4 %, Afrika va Yaqin Sharqda ham 4 
% ishlayapti. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling