O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Ispaniya o‘zining «Port Aventura» tematik parki bilan faxrlanadi. Sakkiz yil
davom etgan loyihalashtirishdan keyin u 1995 yilda yozgi turistik mavsumda ochildi. Park Yevropada kattaligi jihatdan «Yevro Disneylend»dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va O‘rta yer dengizi zonasidagi shunday turdagi yagona diqqatga sazovar joy hisoblanadi. Park 115 gektar maydonni egallagan va 30 attraksion, 30 restoran va kafe – bar, 22 magazin va 260 avtobus, 6 ming yengil mashinani saqlovchi maydonga ega. «Port Aventura» xilma-xil sarguzashtlar olamida olingan taasurotlar, park infratuzilmasi ko‘lami haqida hikoya qilishga til ojizdir. Uning mehmonlari zamon va makonda besh tematik zonaga ko‘chib sayohat qiladilar. «O‘rta yer dengizi» bo‘limida tipik ispan qishlog‘i qayta tiklangan, xushbuy atirgullar va qaynoq hayot, ehtirosni ko‘zlovchi xalq raqslari, hunarmand ustalar taklif etgan ajoyib buyumlar kishini lol qilib qo‘yadi. «Polineziya» bo‘limida esa xushmanzara orolchalar diqqatni tortadi. ular ustida an’anaviy shinam turar joylar joylashgan. Ko‘priklar bilan tutashgan, tashrif buyuruvchi maori rasm-rusumini ado etgach, Marko Polo zamonidagi Xitoy imperiyasida paydo bo‘ladi. Buyuk Xitoy devori ortidagi milliy teatrlarda akrobotlar va gimnastikachilar, qo‘g‘irchoqlar va sehrgarlar tomosha ko‘rsatdilar. Chichen – Itsa piramidasi yonida esa boshqa qit’aga o‘tib ketiladi. Meksikada, mayya sivilizatsiyasi darida paydo bo‘lib qolinadi. Afsonaviy Yovvoyi G‘arb Penitens degan joychada, Amerikaning mustaqilligi yuz yilligi bayrami ko‘rinishida namoyish qilinadi. Qo‘rg‘oncha bayramona bezalgan, kioskalarda turli shirinliklar sotiladi. Shu yerda tir va hamma uchun sevimli bo‘lgan kamon otishmalari musabaqasini tomosha qilish mumkin. O‘zining huquqiy maqomiga ko‘ra «Port Aventura» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Uning 40 % aksiyasi «Tussaude» guruhiga, 30 % «Kaiksa» ispan bankiga tegishli, 20 % aksiyani esa Amerikada yirik tematik parklar egasi «Anneuser Bush» firmasi sotib olgan. Qolgan 10 % aksiyani esa Ispaniyaning «Feksa» elektrotexnika kompaniyasi sotib olgan. Umumiy qiymatda loyihaga 50 mln. pest 211 qo‘yilgan. Turistlar o‘rtasida shuningdek Germaniya, Daniya, Niderlandiya tematik parklari ham mashhur. Tematik parklar sayyoramiz bo‘ylab o‘zlarining shohona yurishlarini Sharqiy va Janubiy Osiyo va Okeaniyada davom ettirdi. Jahon turizm bozoriga shiddat bilan kirib kelgan hududda parklar turistik industriyaning ajralmas qismi sifatida gurkirab rivojlanayapti. Osiyoda eng mashhur «Hayolat mamlakati» Yaponiyada, Tokio yaqinida joylashgan. U olti zona: Butunjahon yarmarkasi, Romantika va sarguzashtlar mamlakati, Amerika Yovvoyi g‘arbiy, do‘stona alvastilar mamlakati, ertaklar va Disney qahramonlari, ertangi kun mamlakatlari yoki kosmik sarguzashtlardan iborat. Tokio «Disneylendi», «Oriyentallayend» guruhi boshqaruvi tasarrufida. Yaqinda u Tokio fond birjasida 23 dan 25 mln. gacha aksiyasi, shu jumladan 15 dan 18 mln.gacha yangilari sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shu yo‘l bilan kompaniya o‘z mablag‘ini ko‘paytirishni mo‘ljallayapti. Tushgan pul mablag‘i esa hozir ishlab turgan park qatorida ikkinchi Disney tematik parkni qurishga sarflanadi. Uni shu o‘n yillik oxirida – 2010 yilda ochish mo‘ljallangan. Tematik parklar tarmog‘i jahonning boshqa mamlakatlari va regionlarida ham kengaymoqda. Shotlandiyada birinchi tematik park tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni boshlamasdan, britaniyaning «Renk» firmasi Em-Si-Ey bilan hamkorlikda Yevropada navbatdagi attraksion parki loyihasini yaratish ustida ish olib bormoqda. «Lego» - bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi guruh, har uch yilda «Hayolot mamlakati» ochishni mo‘ljallayapti. Bir vaqtning o‘zida yangi tipdagi tematik parklar paydo bo‘layapti, ularning tematikasi rang-barang tus olayapti. AQShda, Virjiniya shtatida Fuqarolar urushi davrida eng qonli jang kechgan joylardan birida «Xeritidj Amerika» parki ochilgan. Florida shtatida 1998 yilda «Eniml Kindom» tematik parki birinchi tashrif byuuruvchilarni qabul qildi. Bu yerda Afrika ekzotik hayvonlari va ulkan baobab daraxtlari qad ko‘targan savanna tiklangan. Yaponiyada qumlik plyaji bor suv parki ishlab turibdi. Unda sun’iy ravishda to‘lqin mavjlari hosil qilinadi. Italiyada qadimgi Rim qiyofasidagi tematik park qurilmoqda. Bularning barchasi jahon turizm industriyasi va parkchilik ishlari yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling