O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
 
Jadval 16 
Yevropada qurilgan ayrim tematik parklarning qiymati 
 
Parklar 
Joylashgan o‘rni, 
ochilgan yili 
Investitsiyalar sarfi, mln. 
AQSH doll. 
Yevro Disneylend
Fransiya,
1992 
3 150,0 
Valibi Flevo 
Niderlandiya,
1994 
12,0 
Port Aventura 
Ispaniya,
1995 
458,7 
Varner Broz. Muvi Uorld Germaniya,
1996 
243,8 
Legolend Vindzor 
Buyukbritaniya 
1996 
130,0 
Sega Uorld 
Buyukbritaniya, 
1996 
68,8 
Varner Broz. Muvi Uorld Buyukbritaniya, 
1996 
344,0 
Manba:
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
Bu sayr-tomosha muassasini turizm industriyasida «og‘ir» sektorga qo‘shilishi 
ham tasodifiy emas. Ayrim yirik zamonaviy attraksionlar ularning egalariga o‘n 
millionlab amerika dollariga tushadi. Misol uchun, nemis tematik parki 
«Fantazialand»da 1994 yilda ko‘rilgan «Galaktika» attraksioni 20,8 mln. Amerika 
dollari turadi, «Kolarado Edvenchur» parkidagi attraksion esa 17,6 mln. dollar. 
Ularning qiymati uncha katta bo‘lmagan tematik parklar harajatlariga teng. Tematik 
parklar yuqori raqobatbardoshligiga oqilona narx siyosati yurgizish orqali erishiladi. 
Avalgi dam olish ob’ektlaridan farqli ravishda ularga yagona kirish bileti (chipta) 
joriy etilgan. Unga parkni tomosha qilish ovqatlanish, yashash, xohlagan tomoshasini 
ko‘rish qiymatlari qo‘shilgan. 


208 
«Disneylend» yangi tip biletlar – «Fleks Pasport» («Egiluvchan pasport») 
taklif etib, yana oldinroqqa qarab ketdi. U parkka keluvchilarga katta imkoniyatlar 
yaratdi. Uning egalari «Disneylend» da uzluksiz besh kun dam olishlari mumkin
yana rasmiy ochilishidan 1,5 soat oldin parkka bemalol kirish mumkin. Bundan 
tashqari, egiluvchan pasport bilan qo‘shimcha to‘lovlarsiz Janubiy Kaliforniya 
basseynlari va plyajlariga borishlari mumkin. Yaqinda Florida shtatining uch yirik 
tematik parklari «Si Uorld», «Yuniversal Styudios» va «Ueti Uayld» mijoz uchun 
kurashda o‘z kuchlarini birlashtirishda va umumiy ko‘p kunlik pekijlar joriy etishdi. 
Ular bir yo‘la bemalol uchala parkda ham besh kun bo‘lishga biletlar sotishadi. 
Boshqaruvchilarning fikrlaricha, ko‘p parklikka yagona bilet joriy etilishi tashrif 
buyuruvchilarga qulayligi bilan manzur bo‘layapti, ularning sayr-tomosha 
ob’ektlariga keluvchilar soni ko‘payapti. 
Tematik parklar faqat xizmatlarga to‘lov tizimigagina, xizmatlar hajmini ham 
qayta ko‘rib chiqdilar. Narxning to‘g‘ri belgilanishi har qanday ishda muvaffaqiyat 
garovidir. U juda ham tushirib yuborilmasligi kerak. Aks holda AQSH dam olish 
sohasidagi an’anaviy parklarda bo‘lgan singari inqirozga olib keladi. Boshqa holat – 
narxni haddan tashqari oshirib yuborishdan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Bunday 
vazitdan oldin korxonaga daromad kela boshlaydi, keyinchalik esa doimiy mijozlarni 
yo‘qotadi va inqirozga yuz tutadi. 
Shu o‘rinda Parijning «Yevro Disneylend»i ko‘rsatkichlari yaxshi misol bo‘la 
oladi. 1993 yilda u ochilganda har yili zarar ko‘ra boshladi, 1994 yilda bu 1,8 mlrd. 
frankni tashkil qildi va «Yevro Disney» guruhini moliya - narx siyosatini 
o‘zgartirishga majbur etdi. 
Birinchi navbatda ko‘rilgan chora-tadbirlardan biri kirish biletlari va park 
otellarida yashash narxlarini tushirish bo‘ldi. Natijada 1995 yilda «Yevro 
Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar soni 21 % ga ko‘paydi va rekord kattalikka – 
salkam 11 mln. kishiga yetdi. Mehmonxona bazasining yuklanishi 68,5 % gacha 
o‘sdi.Fransiya bo‘yicha bu sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan o‘zib ketdi. Tashkil 
etilganidan buyon birinchi marta park (23,3 mln. Amerika dollari) daromad olishga 
erishdi.. Har bir tashrif buyuruvchi o‘rtacha harajatlari 10 % ga qisqartirildi. «Yevro 
Disney» guruhlari prezidentining e’trof etishicha, park o‘z kelajagiga diqqat – 
e’tiborni qaratish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. 
Tematik parklar daromadlari biletlar, (barcha tushumlarning asosiy 
statiyasining 70 % gacha), ovqatlanish, suvenir mahsulotlar va o‘yinchoqlar sotishdan 
hosil bo‘ladi. Parklarda katta miqdorda suvinerlar sotiladi va ular albatta park 
ramzlari bo‘ladi. 
«Disneylend» ramzi baland minorali go‘zal ertaksimon qasr hisoblanadi. 
Bavariyadagi dunyoga mashhur Noyshvanteyn qayeri uning prototipi bo‘lib xizmat 
qiladi. Uning go‘zalligiga asir bo‘lgan U. Disney bu yodgorlikni sotib olib, bo‘laklab 
Amerikaga olib ketmoqchi edi. Ammo mahalliy hokimiyat bunga rozi bo‘lmadi. 
Kinorejissyor esa orzusini amalga oshirish uchun o‘zining amerikacha 
Noyshvanshaynini o‘ylab topish va qurishga to‘g‘ri keldi. Ertaksimon qayer 
ko‘rinishidagi suvenirlardan tashqari, «Disneylend»ga tashrif buyurayotganlarga 
mashhur Disney qahramonlari bo‘lgan o‘yinchoq sichqoncha Mikki Mausa va 


209 
boshqalar ham juda manzur bo‘layotir. Dunyoning hamma burchaklaridan tashrif 
buyurayotgan turistlar kamdan –kam hollarda ularni sotib olmasdan ketishadi. 
Tematik parklarni bozorga dosh berishi va ulgurishi shunindek uni tashkil 
etishning har tomonlama xilma-xil loyihalari ishlab chiqilishi tufayli hamdir. Taklif 
qilinadigan xizmatlarning soddaligi, turistlarni qoniqtirishi, marketing, menejerlik 
izlanishlarning izchilligi, a’lo darajada xizmat ko‘rsatish, saranjom – sarishtalik, 
malakali xodimlarga e’tibor – bularning hammasi mijozlarni ko‘proq jalb etishga 
yordam bermoqda. U.Disneyning uning boshlovchilariga qarata aytgan quyidagi 
so‘zlari ham buni tasdiqlaydi: Nima qo‘lingizdan kelsa, hammasini odamlarga bering, 
ideal ozodlikni saqlang. Do‘stona munosabatda bo‘ling, bu joyni dunyodagi eng 
quvnoq maskanga aylantiring. 
Birinichi tematik parklarning mashhurligini ta’minlangan yangi yo‘nalish 
(konsepsiya), ish shakllari va usullari keng yoyildi. Birinchi parklar boshlang‘ich 
tarmoqlari ko‘proq yoki qisman darajada AQShni qamrab oldi. 
Hozirgi paytda faqat AQShning o‘zida 600 dan ko‘proq tematik parklarni 
sanash mumkin. AQShda «Mo‘’jizalar mamlakati» poytaxti Florida bo‘lib qoldi. Bu 
shtatda na faqat Amerikadagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi tematik parklar 
joylashgan: «Disney Uorld», «Yuniversal St’yudios» shular jumlasidandir. Ular bir 
necha marta jahon turistik biznesi sohasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha nufuzli 
mukofatlarga sazovar bo‘lishgan. 
Amerika tematik parklari dunyoda eng mashhurlari hisoblaanadi. Har yil 90 
mln. dan ziyod tashrif qayd etilgan. Kanzas – Sitidagi (Missuri shtati) «Uorlds ov 
Fan» tematik parki Amerikaning barcha 50 shtati va dunyoning 65 davlatidan 
mehmonlarni qabul qiladi, «Uorld Disney» parkida esa har qanday xorijiy tildagi 
so‘zlarni eshitish mumkin. Yevropada ham eng yaqin hisob-kitoblarga ko‘ra, bir 
necha o‘nlab yirik tematik parklar qurilgan. Ko‘p sonli akvo parklar bu hisobga 
kirmaydi. Ulardan ko‘proq mashhurlari yiliga 2 mln.dan 10 mln. gacha tashrif 
buyuruvchilarni qabul qiladi. Bu avvalo o‘sha eslatilgan «Yevro Disneylend», u 
o‘zining amerikalik birodarlari singari U Disney konserni tomonidan qurilgan va 
«Yevro Disneylend» kompaniyasi boshqaruviga berilgan. 
Navbatdagi tematik parkni joylashtirish uchun Yevropaning tanlanishi bejiz 
emas. Potensial mijozlar bozori juda keng -350 mln. kishi AQSH aholisidan salkam 
1,2 marta ko‘p. Qisqa sayohatlarga talab kattaligi, hududga keluvchi sayyohlar 
ko‘pligi, yevropaliklar o‘rtasida tematik parklarning mashhurligi – bularning 
hammasi ko‘hna qit’ada sayr – tomosha biznesiga katta ufqlar ochadi. 
Yevropa «Disneylend»ini joylashtirishga Fransiyadan tashqari, Ispaniya va 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling