ko‘rsatuvchi restoranlar tashkil qiladi. Ular bizning shiddatli davrimizda keng rasm
bo‘layapti. Insonning eng yoqimli fiziologik ehtiyojini tez qondirish usuli
boshlovchisi AQSH hisoblanadi.
Menyu (taomnoma)– restoranlarda alohida rasmiylashtirilgan papkada taklif
qilinadi. Menyuning bir nechta asosiy turlari shakllangan.
«Alya kart» - bu shunday menyu turiki, unda keltirilgan har bir taom, uning
narxi yoziladi. Bunday ko‘rinishdagi menyu fransuzcha servisga ega bo‘lgan nisbatan
qimmatroq restoranlarda qo‘llaniladi. O‘z navbatida bu restoranlar ham narxlari
qimmat bo‘lgan mehmonxonalar bilan hamkorlik qiladi.
«Tabldot» - buya gona, umumiy kompleks narxda ko‘rsatiladigan menyu
turidir. Bunda kiritilgan bir necha xil kopleks holdagi taomlarni tanlash imkoniyati
ham bo‘ladi, lekin unda kiritilgan taomlarni o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Oxirgi yillarda har xil ko‘rinishdagi taomlar va narxlar darajasi berilgan
aralash turdagi menyular qo‘llanilayapdi.
Ommaviylashgan xizmatlardan biri bu, «shved stoli» dir. Buning asosiy
mohiyati shuki, unda umumiy stolda juda ko‘p turdagi gazaklar va taomlar quyilib,
har bir mehmon o‘ziga-o‘zi xizmat qiladi. Bu ko‘rinishdagi xizmatlar nonushta
hamda kechki ovqatlarda uyushtiriladi.
Kafeteriy – bu shunday korxonaki, unda beriladigan ichimliklar
assortimentiga bir necha xildagi kofe hamda u bilan birga qo‘yiladigan rom, likyor,
konyak abi spirtli ichimliklar albatta ishtirok etadi. Bunda asosan «Alya kart»
ko‘rinishidagi servislar xizmati amalga oshiriladi. Kafeteriyda yana cheklanmagan
assortimentda issiq-sovuq ichimlklar, har xil pishiriqlar ham tayyorlanadi va sotiladi.
Menyuda issiq ichimliklar (kofe, choy, issiq shokolad), sovuq ichimliklar (kofe
glyase, sutli kokteyllar), kulinariya mahsulotlari va issiq taomlar ham kiritiladi.
Menyuda bular bilan birga albatta ko‘p variantli mineral suvlar, soklar va mevalar
ham kiritiladi. Kafeteriyda xizmatlar ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.
Kafelar quyidagicha farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |