O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Turistik xizmatlar tizimida ovqatlanish sektori
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval 14 AQSH umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari va tavsifi
7.4. Turistik xizmatlar tizimida ovqatlanish sektori
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamadixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan tasniflanadi. Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ham, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. 192 Restoran – hammabop (uchun qulay) ovqatlanish korxonasi bo‘lib, juda ko‘p assortimentli taomlar bilan, gazaklari bilan, har xil pishiriqlari va spirtli-spirtsiz ichimliklarlari bilan ajralib turadi. Restoranlarda yana individual buyurtmalar asosida ham juda ko‘p salat va taomlar tayyorlashi bilan birga yevorpacha hamda milliy ovatlar ham tortiq qilinadi. Xizmatlar ko‘rsatiladigan mehmonlarning soni bo‘yicha restoranlar kichkina (10-15 kishigacha) va katta (500 kishi va undan ortiq) restoranlarga bo‘linadi. Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud. Dunyoda italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar juda mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. 193 Jadval 14 AQSH umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari va tavsifi Korxona turi va uning ixtisoslashuvi Kattaligi (o‘rinlar soni) Joylashishi Xizmat ko‘rsatish shakli Narxi Haridorlar Menyu (taomnoma) Boshqarish Restoran to‘liq xizmati bilan 75-200 Shahar yoki shahar atrofida transport tarmoqlarining kesishgan joyida Stol atrofida Yuqori va to‘liq xizmatni kiritadi Maxsus tantanali kechki ovqatga taklif etilishi Menyu «Alya kart» porsion ovqat va uning har biriga ta’luqli narx to‘liq taom va ichimliklar to‘plami Mustaqil yoki assotsiilashgan restoranlar zanjirining a’zosi Tematik xizmatlar bilan 100-400 Katta bo‘lmagan savdo va transport markazida Stol atrofida, ichimliklar qo‘shilgan holda O‘rtacha va yuqori narxda Tur gruppalar va yakka shaxslar Qovurilgan go‘sht, dengiz mahsulotlari hamda milliy taomlar Restoran zanjiri tarkibida to‘lahaqli yoki franshiz a’zosi Banket xizmat bilan 10-200 Mehmonxonada, motelda, kurortda Har xil O‘rtacha darajada Maxsus tadbirga taklif qilinganlar Oldindan tanlangan ovqatlarning xilma – xil turlari Mehmonxona korxonasi ovqatlanish direktori «Shved stoli» bilan 100-400 Transport magistrali yaqinidagi alohida turgan korxonalar O‘z-o‘ziga xizmat Yagona narx Uncha yuqori bo‘lmagan narxga intiluvchi iste’molchi Kafeteriyadagiga nisbatan ancha cheklangan taomlar Xususiy shaxslar yoki o‘rtoqlik Kafeteriy 100-400 Savdo markazi yaqinida Har xil O‘rta darajada Yuqori darajadagi narxga intiluvchi oilalar va yakka kishilar «Alya kart» menyusi; taomlar keng ruyxati, ammo biroq chegaralangan ichimliklar Zanjir tarkibida Kofeynya 100-300 Mehmonxonada, Stol O‘rta Mehmonxonada Vaqt yetishmagan Mehmonxona 194 otelda va kurortda atrofidagilarga neformal xizmat ko‘rsatish darajada yashash, motelda sharoitda tatil va tushlik ovqatlarning chegaralanishi korxonasining umumiy ovqatlanish direktori Kofeshop 35-300 Uncha ko‘p transport harakati bo‘lmagan rayonda Baland stol atrofida tik holda O‘rtacha joylashgan joyi va menyuga bog‘liq holda Ko‘p kishilar davrasi Nonushta, tushlik va kechki ovqatga taomlarning keng to‘plami Restoran zanjiri to‘la huquqli yoki franshizm a’zosi Keytering Chegaralangma gan Ommaviy tadbirlar o‘tadigan joyda Har xil xizmatlar binodan tashqarida Xizmat ko‘rsatish va menyuga bog‘liq Ommaviy tadbirlar ishtirokchilari Buyurtma berilgan taomlarning to‘liq to‘plami (zakuska va ichimliklar) Ayrim kishilar yoki kompaniyani boshqaruvchi lar Oshxonalar tashkilotlarda va korxonalarda 10-500 Yirik korxonalar va tashkilotlarning ajralmas qismi Har xil O‘rtacha kompleks narx; to‘lovning taxminiy shakli Korxonalar va tashkilotlar- ning ishchilari va kelib ketuvchilar Kompleks tushliklar, siklli menyu Shartnoma bo‘yicha kasbiy boshqaruvi Manba: A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004. 195 Odatda sayyohlar qaysi mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda shular o‘zlari shaharlarning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib o‘tishadilar. Milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazardan ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada sayyohlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa sayyohlarni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa hech qaysi tushligi pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. Oxirgi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bulla boshlayapdi, yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlar ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yuqoridagilardan tashqari restoranlar ixtisoslashuvi bo‘yicha ham ajratiladi. Masalan, faqatgina baliq yoki go‘shtli taomlar taklif qiladigan restoranlar. Restoranlar faqatgina bitta taomni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi ham mumkin. Aytaylik, pitssa tayyorlash. Amerikaliklar restoranlarni ikkita kategoriyalarga klassifikatsiya qiladilar: Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling