O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Ixtisoslashgan muassasalar ham turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun 
mo‘ljallangan. Ular nomerlarga ega emas. Bu yerda boshpana bo‘lib binolar, 
kollektiv uxlashxonalari yoki maydonlar xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan 
muassasalar tunash uchun joy beradi. Ammo turistlarni joylashtirish ular uchun bosh 
vazifa emas. Bu guruhga sog‘lomlashtirish muassasalari (sanatoriyalar, reablitatsiya 
markazlari, «Sog‘lomlashtirish firmalari» va boshq), dam olish va mehnat qilish, 
jamoat transporti vositalari, uxlash xonalari bilan jihozlangan (poyezd, kema) 
vositalar, shuningdek kongress-markazlar tipidagi binolar kiradi. Qaysisikim ular 
bazasida simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa ixtisoslashgan tadbirlar o‘tkaziladi 
va ularning ishtirokchilarini joylashtirish amalga oshiriladi. 


189 
Boshqa kollektiv joylashtirish vositalari. O‘zlariga eng avvalo dam olish 
uchun mo‘ljallangan turar joylar majmuasi (bungalo) uylar va boshqalarni qamrab 
oladi. Ular yagona boshqaruvda bo‘lib, cheklangan mehmonxona xizmatlarini 
ko‘rsatadi. 
Misol uchun, turizm bo‘yicha Irlandiya Kengashi dam olish uchun kompleks 
uylariga quyidagi talablarni qo‘yadi.
Kompleks kamida to‘qqizta binodan iborat bo‘lishi va ulardan birida idora 
joylashishi kerak. Bino o‘zida alohida kirish joylari bo‘lgan kapital qurilishni 
mujassam etgan, yaxshi ekspluatatsion holatda bo‘lishi lozim. Har bir binoda mebelli 
uy, ovqatlanish, dam olish xonalari, shuningdek omborxona, cho‘milish (vanna) 
xonasi va hojatxonalar bo‘ladi. Uydan tashqarida esa foydalaniladigan keng-mo‘l 
joylar ko‘zda tutiladi. Joylashtirish vositasi har bir yangi yashovchi uchun 
yig‘ishtirilib, tayyorlanadi. Unda ko‘rpa-tushaklarni yig‘ishtirish va binoni supirish –
sidirishda mijozga xizmat ko‘rsatilmaydi. 
Kollektiv joylashtirishning boshqa vositalari tarkibiga kempinglar uchun 
maydonlardagi ob’ektlar kichik kemalar uchun buxtalar kiradi. 
Kepinglar – avtoturistlar uchun quriqlanadigan va yaxshi jihozlangan 
maydonlari bor lagerlardir. Ular energiya, ta’minoti, kanalizatsiya tizimi bilan 
jihozlangan. majmuasidir. Kempingda avtomobillar turadigan alohida maxsus joylar 
ajratilgan bo‘lib, shuningdek avtomobillarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazadigan, 
yuvish va ta’mirlash ustaxonasiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kempingda 
avtoturistlarga bir qator axborot, savdo, vaqtni mazmunli o‘tkazish xizmatlari taqdim 
etiladi. Ularning sifati va assortimentiga qarab kempinglarga ma’lum kategoriya – 
birdan to‘rtgacha yulduz beriladi. Yuqori kategoriyali lagerlar avtoturistlar uchun 
tennis kortlari, basseynlar, saunalar, suv attraksionlariga ega bo‘ladilar. Vaqtni 
mazmunli o‘tkazish markazlari tashkil qiladilar. Sport va ko‘ngil ochish ob’ektlaridan 
tashqari, ularda savdo va ovqatlanish korxonalari, kir yuvish, aloqa bo‘limlari, prokat 
punktlari bo‘ladi. Bular ko‘pincha ko‘p profili kechayu-kunduz ishlovchi 
mehmonxonalar, turbazalar va motellar tarkibiga kiradi. 
Turistlarni kempinglarga joylashtirishda tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ya’ni 
shaxsiy va ijaraga olingan chodirlar o‘rniga g‘ildirakli uylar, avtofurgonlar va 
avtotirkamalar kelmoqda. Hozirgi kunda faqat birgina Yevropada ularning soni 600 
mingtani tashkil qiladi va ular to‘xtovsiz ko‘payib borayotir. Joylashtirishning 
harakatlanuvchi vositalari parkini katta qismi Germaniya, Fransiya, Italiya va 
Buyukbritaniya mamlakatlari evaziga to‘g‘ri keladi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling