197
mumkin. Bu kafeda issiq ovqatlar tayyorlanadi. Avstriya,
Germaniya kabi
mamlakatlarda issiq ovqat (masalan, amlet) faqatgina ota-onalar iltimosiga binoan
yosh bolalarga tayyorlanishi mumkin.
Kafe-muzqaymoq – menyusida juda ko‘p assortimentli muzqaymoqlar issiq
ichimliklar, mevali soklar, mineral suvlar, spirtli ichimliklar quyiladigan kafelardir.
Tamaddixona – bu asosan, mahsulotni shaxsiy ishlab chiqarish orqali
tayyorlaydigan va sotadigan ovqatlanish korxonasi hisoblanadi.
Tamaddixonalar odatda birinchi klassli mehmonxonalarda, ba’zan kurortlarda,
korxonalarda, o‘quv yurtlarda tashkil etiladi. Bular o‘zining joylashuvi bo‘yicha
anchagina yirik ovqatlanish korxonalari hisoblanishadi. Masalan, sayyohlarning
tamaddixonalarga ovqatlanishi, ularning sanoat korxonalariga
tashrif buyurganlarida
tashkillashtiriladi.
U yerda «kompleksli menyu» ham taklif etilishi mumkin. Shuningdek, ko‘p
hollarda siklik menyu ham ishlatiladi, shu bilan birga to‘liq ratsionga kiruvchi:
nonushta, tushlik,
kechki ovqat, «gazaklar», «shved stoli» prinsipi asosida taklif
etiladi, asosiy taomni esa tarqatish paytida tanlash mumkin. Masalan, Myunxendagi
«Simens» konsernining tamaddixonalaridan birida 10 tagacha issiq taom, gazakka –
«shved stoli», ichimliklardan qadoqlangan soklar, pivo,
yangi siqqan soklar taklif
etiladi.
Pitsseriya – bu, pitssa tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan va uni iste’mol
qilish uchun sotadigan korxona hisoblanadi.
Italyancha pitssa sotadigan pesseriyalar dunyo bo‘yicha juda keng tarqalib
ketgan. Ular sayyohlarga uncha qimmat bo‘lmagan ovqatlanish joylarida ochila
boshlandi va butun dunyoni qamrab oldi. Pitsseriya
restoran prinsipida
tashkillashtirilishi mumkin, ya’ni ofitsiantning xizmat ko‘rsatishi va taomni
individual tayyorlash bilan yoki o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish shakli bilan. O‘z-o‘ziga
xizmat ko‘rsatish barcha assortiment tarqatish uchun taqdim etilgan hollarda bo‘ladi.
Assortiment o‘z ichiga bir necha xil pitssani, ma’danli suvni, soklarni va vinoni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: