O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Shveysariyada to‘plangan. Ular ikki tipda: bolneologik va iqlimiy tipda joylashgan. 
Germaniyada yuqorida eslatilgan Baden-Baden va Visbadendan tashqari, yaxshi 
ma’lum balneologik kurortlar Badenveylar, Vildbad va Bayersbronn hisoblanadi. 
Ular Shvarsvald, Bad-Xomburg va Bad – Nauxaym tog‘ yonbag‘irilarida joylashgan 
va Frankfurt – na Mayne, Axen va mamlakat g‘arbidagi boshqa shaharlardan uzoq 
emas. Iqlimiy kurortlar orasida o‘rmon va tog‘ (Kvedlin-burg, Oberxof, Fyussen), 
shuningdek dengiz bo‘yi (Vangeroge, Dame, Travemyunde, Xayligenxafen, 
Flensburg) kurortlari ustunlik qiladi. Nemislarning o‘zlari shimoliy dengizga nisbatan 
issiqroq joylarda dam olishni ma’qul ko‘rishsada, bu sog‘lomlashtirish maskanlari 
turistlardan kamchilik sezmaydi. Germaniya kurortlari har yili 1 mln. dan ortiq 
kishini qabul qiladi. Nemis bolneologik va iqlim markazlari taklif etayotgan 
reablitatsiya va profilaktika dasturiga Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, AQSH va 
Kanada aholisi o‘rtasida talab katta. 
Avstriya haqli ravishda o‘zining ko‘psonli kurortlari bilan faxrlanadi. Ulardan 
eng mashhuri Gastayn daryosi vodiysidagi janubiy Zalsbur provinsiyasida joylashgan 
Badastayn balneologik kurortidir. U issiq radon buloqlari bazasida barpo etilgan. 
Avstriya balneologik va iqlim kurortlaridan tashqari, ko‘l bo‘yi davolash -
soqlomlashtirish turizmi safarlarini ham rag‘batlantirmoqda. Har yili Atterze, 
Mondze, Ossiaxer–3e va Toplitsze ko‘llari 1 mln. turistni jalb etadi. Kelayotgan 
butun turistlarning 20 % ni davolanish maqsadida kelayotganlar tashkil etadi. 
Shveysariya kurortlari soni bo‘yicha Avstriya va Germaniyadan biroz orqada 
bo‘lsada, ammo davolash – sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishi bo‘yicha 
mashhurlikda ulardan qolishmaydi. To‘g‘ri, bu mamlakatda kurort xizmatlari faqat 
badavlat kishilargagina nasib etadi, ularning narxi juda qimmat. 
Shveysariyaliklar va xorijiy mehmonlarda balneologik salomatlik maskanlari 
(Baden, Bad-Ragats) va ayniqsa tog‘ iqlimi kurortlari (Aroza, Davos, Sankt-Morits, 
Sermatt va boshq.) shuhrat qozongan. Shveysariya birinchilar qatorida o‘t-o‘lanlar 
bilan davolashni tajriba qilib ko‘rgan. O‘t-o‘lanlar qaynatmalari va damlamalari 
organizm himoya qobiliyatini mustahkamlaydi. Ortiqcha vazndan xolos bo‘lishga, 
keksayishni sekinlashtirishga yordam beradi. Markazlarda dermatoz, modda 
almashinuvi buzilishi, diabet, bo‘g‘in kasalliklari, asab buzilishlari muvaffaqiyatli 
davolanadi. 
Janubiy Yevropa davolash-sog‘lomlashtirish turizmi bozori asosan Italiya 
bilan tanilgan. Uning balneologik kurortlari mamlakat shimoli-sharqida Emilya-
Romanya viloyatida va nafaqat termal suvlari, balki shifobaxsh balchig‘i bilan nom 
qozongan Iskya orolida to‘plangan, Portugaliya, Ispaniya, Gresiya turistlarni 
o‘zlarining dengiz bo‘yi iqlim kurortlari bilan jalb etadi. Bu kurortlar dam olish va 
ko‘ngil ochish zonalari sifatida shuhrat qozongan. Bu mamlakatlarda ixtisolashgan 
davolash kurortlari uncha ko‘p emas. Umumiy sonda bir necha foizni tashkil etadi, 
xolos. 
Shimoliy Yevropada davolash-sog‘lomlashtirish turizmi past darajada 
rivojlangan. Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvesiya va Niderlandiya kabilar 
dengiz bo‘yi kurortlari bilan ajralib turadi. Ammo ular ko‘proq ichki ahamiyatga 
egadir. 


168 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling