O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
6.2. Ishga aloqador turizm Ishga aloqador turizm tashqi iqtisodiy aloqalar taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish, boshqa mamlakatlar va xalqaro 150 ilg‘or tajribalaridan foydalanishga intilish, turli davlatlar ilmiy doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishda u muhim ahmiyat kasb etadi. Turizmning bu turi-turli kengashlar, kongresslar, simpoziumlarda ishtirok etish maqsadidagi safarlarni o‘z ichiga oladi. Bunday har bir xalqaro uchrashuvlarda 200 dan 1000 nafargacha kishilar ishtirok etadi. Ko‘p hollarda ilmiy tadbirlar ishtirokchilarini ularning oila a’zolari ham kuzatib boradilar. Forum tashkilotchilari turfirma bilan birgalikda ularga to‘liq turistik dastur taklif qiladi. Ko‘pincha ishtirokchilarning o‘zlari mazkur shaharning diqqatga sazovar joylari bilan tanishadilar. Ilmiy tadbirlar tugagandan keyin esa mamlakat bo‘ylab turistik safarni amalga oshiradilar. Bir qator turistik firmalar yangi bozorlarni o‘rganish va savdo shartnomalari tuzish maqsadida biznesmenlarni guruh safarlarini tashkil etishga ixtisoslashadilar. Bunda turistik firma ko‘pincha biznesmenlarga faol yordam beradi. U yoki bu bozordgi ahvolni o‘rganadi, ehtimol tutilgan savdo sheriklari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi. Zarur iqtisodiy hujjatlarni taqdim etib, ishga aloqador uchrashuvlarni tashkil qiladi va h.k. Ishga aloqador safarlar chog‘ida eng yuqori individual klassda xizmat ko‘rsatish talab qilinishi mumkin: qimmat turadigan apartementga joylashtirish, kuni bo‘yi berkitilib qo‘yiladigan avtomobillar va h.k. Ishga aloqador tashriflar chog‘ida ko‘p talab qilinadigan xizmat – birinchi klass shinamlik va bir kishilik xonaga joylashtirish hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan ishga aloqador sayohat juda foydali. Chunki bu mavsumiy omillarga bog‘liq emas. Turistik mavsum avjida, ta’tillar chog‘ida u hatto hajm jihatdan biroz, qisqaradi. Muhimi, biznesmenlar safari reklamaga qo‘shimcha harajatlarni talab qilmaydi. Ko‘p darajada ular uchun tartib va band qilingan o‘rin-joy muddati to‘g‘risidagi axborotlar zarur. Ishga aloqador turizm shakllaridan biri – xalqaro ko‘rgazmalar va Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling