O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Resurslarning cheklanganligi. Iqtisodiy resurslar bitta umumiy ildiz belgisiga 
ega: ular juda kam. Tabiiy turistik qulaylik kapital uskunalar va ishchi kuchi (ish 
vaqti) ishlab chiqarish jarayonlari omillari sifatida jismoniy chegarasiga ega. Ular 
oldindan tabiat tomonidan, an’analar yoki inson faoliyati bilan vujudga keltirilgan. 


124 
Yer, foydalanish usullari takomillashtirilayotganiga qaramasdan, miqdor jihatidan 
doimiy qoladi; uning imkoniyatlari qat’iy cheklangan. Ammo resurslarda nimalar 
juda muhim? Maksimal miqdorda foydali mahsulot olish uchun u nafaqat yerga to‘liq 
jalb etilishi, kapital va mehnat iqtisodiy oboroti ta’minlanishi, balki ularni optimal 
qo‘shilishini ham tanlanmog‘i zarur. 
Iqtisodiy resurslarni optimal qo‘shish va taqsimlash muammosi bita masalani 
yechish bilangina hal bo‘lmaydi. Xo‘jalik har bir tarmog‘i va alohida olingan 
korxona ularni o‘zlashtirishning eng maqbul variantlarini qidirishda doimiy ish olib 
borayapti. Ular sharoit o‘zgarishidan kelib chiqib, o‘z faoliyat yo‘nalishglarini tanlab 
olishayapti. 
5.6. Turistik takliflar mohiyati 
Firmalar maqsadi. Iste’molchini tanlashni tahlil etganimizdek, butun firmalar 
tadbirkorlik xulqini yutuqqa erishish yo‘lida ular duch keladigan to‘siqlar va 
cheklanishlarni o‘rganishni boshlaymiz. Barcha firmalar – suvenirlar laryoki, restoran 
yoki yirik mehmonxonalar korporatsiyasi bo‘lsin, bitta yoki bir nechta egalar xususiy 
mulklari hisoblanadi. Ularning moddiy manfaatdorligi firmalar daromadlariga 
bog‘liqdir. Turgan gap, har bir korxona egasi maksimal foyda olish va o‘z boyligini 
ko‘paytirishga 
harakat 
qiladi. 
Daromad 
bozor 
iqtisodiyotida 
qudratli 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Tadbirkor unga intilar ekan, yangi ish boshlaydi 
yoki mavjud ishini kengaytiradi, bir xizmat va tovar ishlab chiqishdan boshqasiga 
o‘tadi. Daromad bosh iqtisodiy raqbat sifatida korxonalar boshqaruvchilarini va 
iqtisodiy rag‘bat sifatida korxonalar boshqaruvchilarni va egalarini ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish, resurslarni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, 
iste’molchi uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatga kirishishga majbur 
etadi. 
Korxonalar ko‘proq daromad olishga intilayotgani amalda oydin bo‘lsada, 
unga hamma mutaxassislar ham qushilmaydi. E’tiroz mohiyati shunga olib keladiki, 
bu yo‘l quyilish inson tabiatini juda toraytirib quyadi. Ishbilarmon qarorlari qabul 
qilish jarayonida juda ko‘p motivlarni nazardan chetda qoldiradi. Adabiyotlarda 
bunga albternativ sifatida ko‘pincha firmalarning notijoriy maqsadlari tilga olinadi: 
nufuzini oshirish, xayriya tadbirlar va boshq. 
Iqtisodchilar yo‘l qo‘yilganni himoya qilish uchun ikki xulosani dalil 
keltirishadi:
Birinchidan, kutilayotgandan kelib chiqish – bu o‘ziga xos ixchamlashtirish, 
har qanday nazariy qurilish uchun zarur, bu holda tadbirkorlik xulqi iqtisodiy 
modelini yaratish uchun kerak. U firmalar qanday qilib takliflar hajmini tanlaydi 
degan bosh savolga javob beradi. 
Ikkinchi dalil «Jon saqlab qolish prinsipi»ga tayanadi. Unga ko‘ra, raqobat 
kurashida o‘z faoliyatini maksimum daromad olishga qaratgan firmalar yutib 
chiqishadi. Daromad investitsiyalash kapitalni ko‘paytirish va nihoyat 
kompaniyaning turg‘un rivojlanishi uchun mablag‘ manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar 
firma boshqa qandaydir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, bankrot bo‘lishga mahkum. 
Daromad o‘rniga o‘z ishlab chiqarish hajmini maksimallashtirishga urinish sotish 


125 
imkoniyatidan ko‘proq tovar (xizmat) ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi va moliyaviy 
zarar keltiradi. 
Ko‘pgina yirik transport kompaniyalari va xalqaro mehmonxonalar zanjiri 
o‘zlarining uncha yuqori bo‘lmagan normada barqaror daromadga ega bo‘lish 
mo‘ljalllarini bir necha marta bayon qildilar. Misol uchun, ularni qo‘yilgan kapitalga 
10 % lik norma to‘liq qanoatlantirar ekan. Biroq bu firmalar ham xonavayron 
bo‘lmaslik uchun bozor qonunlariga buysinishlari kerak. 
1980 yillarda Buyukbratiniyada denatsionalizatsiya to‘lqinida hatto klassik 
«qoniqarli» ham o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Agar ilgari 
«Britaniya temir yo‘llari» kompaniyasi daromadning 1 % lik erishuv tamoilini e’lon 
qilgan bo‘lsa, endi u yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash evaziga 
Yevropada ko‘proq daromad olayotgan transport kompaniyasiga aylandi. Endilikda 
uning faoliyati daromadni maksimumga yetkazishga buysindirilgan. 
Daromaddan maksimallashtirish haqida boshlang‘ich holat shunda o‘z 
tasdig‘ini topadiki, agar korxona egasi yoki boshqaruvchisi ongli ravishda hech 
narsani maksimallashtirmaydi va umuman real xo‘jalik qarorlari qabul qilishda 
notijoriy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Turizmda uning o‘zi uchun xos bo‘lgan 
harakterdagi kichik biznes shakllarida shunday shaxslar uchraydiki, ular individual 
yoki oilaviy xususiy tadbirkorlik bilan ko‘ngilxushlik uchungina shug‘ulanadilar. 
Ular o‘z ishlarini unchalik kuch-g‘ayratisiz olib boradilar, uni kengaytirilishini ham, 
diversifikatsiya qilishini ham o‘ylamaydilar, buning ustiga bozordagi ulushini 
ko‘paytirishga qaratilgan agressiv marketing siyosati yuritiladilar. 
Misol uchun, er va xotin mehmon qabul qilishni yaxshi ko‘rgani uchun uncha 
katta bo‘lmagan otel yoki restoranga egalik qilishadi. Fransiyada qishloq joylarda 
xotin-qizlar turizmni rivojlantirishning faol tarafdorlari hisoblanadi. Turistlarni 
firmalarda qabul qilish va xizmat ko‘rsatish ularning hayotini butunlay o‘zgartirib 
yubordi. Turizm daromad manbai sifatida ularga mustaqillik berdi, eng muhimi u ular 
uchun «dunyoga darcha» ochdi. Ilgari xotin-qizlarning yagona sayr-tomoshasi dam 
olish kunlari bozorga borish edi. Endi ular Fransiyaning boshqa burchaklari, xorijdan 
dam olishga keladigan odamlar bilan muloqat qilishi imkoniga ega bo‘ladilar. Ular 
uchun turistik biznes o‘ziga xos xobbiga aylandi. Ammo biroq bu tadbirkorlik xulqi 
iqtisodiy nazariyasi qonunchiligini rad etmaydi. 
Aytaylik, bir necha badiiy iste’dodga ega odamlar o‘zlarini ruyobga 
chiqarishni izlab, individual xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qildilar 
va turistlar uchun suvenirlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Turgan gap, ularning 
har biri o‘z ishini turlicha tashkil qilishga o‘rinadi. Omadlisi eng yaxshi usulni 
tanlaydi va gullab yashnab ketadi. Boshqalari katta harajatlarga duch kelishadi. 
Xonavayron bo‘lish tahdidi ostida ular omadliroq daromad keltiruvchi suvenirlar 
ishlab chiqarishning optimal usullariga o‘tadilar. 
Iqtisodchilar ko‘p ta’kidlashadi, raqobat ishlb chiqaruvchilarni daromadni 
maksimallashtirish uchun harakat qilishga majbur etadi. Vaholanki ongli ravishda 
ularning hech biri hech narsani maksimallashtirishmaydi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling