O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Ikkinchidan, turistlarga xizmat ko‘rsatishga joylashtirish korxonalari
transport, sayr-tomosha va boshqalar kiritilgan. Ular turistik industriyaning turli 
sektorlariga qaraydi va odatda har xil egalarga tegishlidir. Ularning har biri o‘zinikiga 
rahbarlik qiladi, o‘z manfaatini ko‘zlaydi va ko‘p hollarda boshqa egalar manfaatlari 
bilan to‘qnash keladi. Ular tomonidan yetkaziladigan xizmatlar – joylashtirish, 
tashish, ovqatlantirish va shunga o‘xshashlar avtomatik ravishda birlashishi mumkin 
emas. Buning uchun turoperatorlar va milliy (mahalliy) turistik ma’muriyatlarning 
maxsus sa’y – harakatlari talab etiladi. Turizm industriyasida o‘z tijoriy maqsadlarini 
ko‘zlagan turli xil firmalar soni ko‘pligi turistik ma’muriyatlarning 
muvofiqlashtiruvchi rolini qiyinlashtiradi. Turistik markaz odatda kompleks turistik 
mahsulotlar keng ruyxatini taklif qiladi. Bular har xil iste’molchilar guruhlariga 
mo‘ljallangan. Ammo bozorda muvaffaqiyat qozonish va o‘z o‘rnini 
mustahkamlashga turistik xizmat ko‘rsatuvchilar bir maqsad yo‘lida harakat 
qilsalargina erishish mumkin.
Uchinchidan, turistik mahsulotlar butunligi komponentlari o‘zaro mustahkam 
bog‘langan. Turistik xizmatlar yetkazib beruvchilar o‘rtasida marketing sohasida 
hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar maydoni mavjud. Bu o‘zaro hamkorlik 
potensiali g‘arb adabiyotida «Komplementar» deb ataladi. Uning amalga oshirilishi 
sharofati bilan Nyu-York destinatsiyasi turistik bozorga jalb qilinadi. Kuchlarni 
samarali birlashishiga boshqa misolni kompleks turstik mahsulotlarni sotishni 
rag‘batlantirishning ingliz tajribasidan olish mumkin. Buyuk Britaniyada turistik 
kompaniyalar milliy va mahalliy turistik ma’lumotlar qo‘llab-quvvatlashi bilan 
birgalikda o‘tkaziladigan qo‘shma aksiyalarda ishtirok etadilar. Milliy va mahalliy 
turistik kompaniyalar ularni reklama kompaniyalari, maxsus nashrlar chiqarish
shuningdek jamoatchilik bilan aloqalarini kengaytirishga homiylik qiladilar. Turistik 
kompaniyalar qo‘yilgan mablag‘dan sinergetik samara hisobida qo‘shma tadbirlar 
o‘tkazadilar. Lekin bunda har bir yetkazib beruvchi undan mijoz uchun konkret 
kurashda individual foydalanadi. 
To‘rtinchidan turistik destansiyalarda ko‘pchilik o‘zgarishlar kutilmaganda 
bozorda talab tarkibiy o‘zgarishi oqibatida ro‘y beradi. Misol uchun, keyingi 10 yilda 
Shimoliy Yevropa dengiz sporti turlari bo‘yicha oldingi o‘z mavqiyeni yo‘qotdi. Bu 
shuni ko‘rsatadiki, mavjud raqobatni hisobga olgan holda destinatsiya taraqqiyotini 


108 
strategik rejalashtirishda turistik talabning tendensiyasi asosida tizimli yondoshish 
talab qilinadi. 
Beshinchidan, turistik mahsulot uchun iste’mol ehtiyojidan kelib chiqib 
qarashda muhimi jalb qilish qiyofasini yaratish (Nyu-Yorkda muvaffaq 
bo‘linganidek) hisobi destinatsiya qiyofasi odamda shaxsiy taasurot yoki 
haqiqatdagina paydo bo‘lishi shart emas. Millionlab amerikaliklar va yevropaliklar 
hech qachon Las-Vegasda (AQSH, Nevada shtati) bo‘lishmagan. Lekin ular orasida 
bu turistik markaz haqida tasavvurga ega bo‘lmagan yoki eshitmagan odamlar kam 
topiladi. Odatda destinatsiya qiyofasi sayohatga kuchli ishtiyoq uyg‘otadi. Shuning 
uchun turistizm marketingda o‘sha qiyofasini jonlashtirishga, qo‘llab-quvvatlashga 
alohida e’tibor qaratiladi. Iste’molchini yana qiziqtirish va unda destinatsiya haqida 
yanada kuchli taasurot paydo qilishga uriniladi. 
Shunday qilib, turistik mahsulot konsepsiyasi sayohat haqida bir butun 
taassurotga qurilgan holda sayyoh qabul qilishida aks etadi. Bu esa turistik xizmatlar 
yetkazib beruvchilar manfaatiga va turistik ma’muriyat vazifalariga javob beradi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling