O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Nazorat savollari
1. Turistik industriya asosiy sektorlarini ayting. 
2. Aniqlang, gap qaysi transport turi haqida borayapti. 
Bu – quruqlikdagi, nisbatan tejamli jamoat transport turi.
Uning xizmatidan ko‘proq aholi kam ta’minlangan qatlami
foydalaniladi. XIX asrda uning taraqqiyoti kurortlarga safarni
rag‘batlantirdi. 
3. Aviatashish bozorini qayta tartiblash nima? 
4. Aviamarshrutlar narxi o‘zida nimani namoyon etadi? Uning afzalligi 
nimada? 
5. Jahondagi yetakchi aviakompaniyalarni ayting.
6. Sizga turistlarni qaysi joylashtirish vositasi ma’lum? Ularning har biri 
afzalligi nimada? 
7. G‘arbda klassik dam olish parklari nufuzi tushib ketishiga nima sabab 
bo‘ldi? 
8. Jahondagi tematik parklar muvaffaqiyatini tushuntiring. 
9. Turizm industriyasida sotish kanallarini harakterlang. 
10. Klassik turoperatorlar va turagentlar o‘rtasida muhim farqlar nimada? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


222 
VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY 
KOMPANIYALAR 
 
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,
faoliyati va shakllari. 
8.2. Mehmonxona xo‘jaligida TMKlar. 
8.3. Turistik TMKning milliy iqtisodiyotga ta’siri. 
8.4. Xalqaro turizmda globallashuv jarayonlari. 
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,
faoliyati va shakllari 
 
BMT hujjatlariga muvofiq, TMKlarga yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish 
sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, 
ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi. 
TMK doimiy ravishda tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab 
chiqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib 
boradi. TMK to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsilarini joylashtirish yo‘li bilan tashqi 
ekspansiyani amalga oshiradi. Ular shuningdek ssuda pullari beradi va boshqaruv 
bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar. 
Birinchi yo‘l TMKga ko‘proq turg‘unlik beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qo‘yilmalar TMKga xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanishi ustidan 
nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis 
etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib 
oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan 
to‘liq nazorat qilishda hissa kam bo‘lsada filialga tegishli bo‘ladi.
Juda ko‘p davlatlardan korxonalarni aksiyalashtirish uchun qo‘shimcha 
shartlar joriy etilgan. 51% aksiyalarga egalik qiluvchi faqat shu mamlakat fuqarosi 
yoki huquqiy shaxs bo‘lishi va unda ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bunday 
tarzdagi cheklovlar ba’zan turizm sohasiga ham tarqatiladi. Lekin ommaviy axborot 
vositalari yoki harbiy sanoat kompleksiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bundan 
tashqari, TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali 
faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yhatdan o‘tkazilsalarda, o‘z balansiga ega 
mustaqil kompaniya hisoblanadi, to‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga 
tegishli bo‘ladi. 
Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi 
ishtirokini kengaytirishi mumkin. Bu yo‘l birinchisiga qaraganda kam samarali, 
sub’ektlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar esa haqiqiy TMK haqida 
gapirishga imkon bermaydi. Shunga qaramay kompaniya ssuda berishda qarzni 
to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi 
bilan unga ssuda foizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan 
shartnoma imzolaydi. 
Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng 
tarqalgan tajriba, bir necha ishlab chiqarish birliklaridan iborat. Bunday holda ona 
kompaniya korxona bo‘g‘inlarini kontrakt asosida boshqaradi. Korxona 


223 
mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbalardan moliyalashtirilishi 
mumkin. Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha 
investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan 
tejash imkonini beradi. Ayniqsa marketing sohasida kuchlarni birlashtirish hisobiga 
mamlakat va xorijiy adabiyotlarida TMK fanomenini izlohlovchi bir necha 
nazariyalar ma’lum. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum 
daromad olishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Ulardan biriga ko‘ra, kapital 
migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib daromad me’yori va foiz stavkalari farqi 
hisoblanadi. Agar hamma milliy iqtisodiyot birday mablag‘ oqib kelishiga ochiq 
bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin 
edi. Kompaniyalarga esa investitsiyani qayerga kiritishning farqi qolmasdi, 
mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda 
esa har xil tarzdagi cheklovlar mavjud. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga 
to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar bor. Ammo qayerda 
mablag‘larni erkin quyulishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki 
tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida 
foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKni 
mamlakatda tengsizligi davom etaveradi. Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ 
olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning 
daromadligi, iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi, 
qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. TMK fenomeniga ingliz iqtisodchisi 
J.Danningning internatsional ishlab chiqarish ekletik nazariyasi boshqacha izoh 
beradi. U uch elementdan iborat bo‘lgani uchun ekletik deb ataladi: firmalarning 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling