I. Bob. XALQARO TURIZM YAGONA TIZIM SIFATIDA:
ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.1. Turizm to‘g‘risida tushuncha
1.2. Turizm turkum (kategoriya) lari
1.3. Xalqaro turim tasnifi (klassifikatsiyasi)
1.1. Turizm to‘g‘risida tushuncha
Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida «Turizm» tushunchasini aniqlashga
turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir necha
guruhlarga birlashtirish mumkin:
turizm odamlarni yo‘nalish bo‘yicha aniq ob’ektga tashrif byurishi yoki
maxsus qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi
harakatlarining alohida shaklidir;
turizm odamlarni harakatlanishi (joyini o‘zgartirishi), ularni doimiy yashash
joyida bo‘lmasligi va qiziqqan ob’ektida (safarda) vaqtincha bo‘lishi;
turizm shaxsni uning ijtimoiy-gumanitar funksiyasi orqali (tarbiyaviy,
ta’limiy, sog‘lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishi
alohida shaklidir;
turizm dam olishni, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning ommaviy shaklidir;
turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida (turizmni aniqlashga
«samolyot» yondoshuvi) bo‘lmagan paytida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
xo‘jalik sohasidir;
turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o‘z mahsulotlari va
xizmatlarini (marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida
an’anaviy xo‘jalik tarmoqlari (transport, umumiy ovkatlanish,
mehmonxona xo‘jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan bozorga
chiqadi;
turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan
an’anaviy tasavvurlarga sig‘maydi 1991y Ottava, Kanada da bulib o‘tgan
BTT - Butunjahon turistik tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo‘yicha
konferensiyada konsepsiya sifatida talablar yo‘nalishi tanlandi va turizm
shunday belgilanish oldi: «Turizm - odatdagi muhitdan tashqarida dam
Do'stlaringiz bilan baham: |