O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

«Destinatsiya» lotincha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, turar joy (o‘rin, 
manzil, makon) ma’nosini anglatadi. Bu atama XX asrning 90-yillarida turizm 
sohasida keng qo‘llanila boshladi. Xorijiy adabiyotlarda «destinatsiya» 
tushunchasini aniqlashtirish uchun ikki xil yondoshuv mavjud. 
Birinchi yondoshuvda destinatsiya ma’lum (prof. Leyper tabricha) geografik 
chegaraga ega territoriya sifatida talqin etiladi. Boshqa nuqtai nazardan 
«destinatsiya» - bu turistlar uchun jalb etuvchi geografik territoriya bo‘lib 
hisoblanadi. Ya’ni jalb etuvchi kategoriya birinchi o‘ringa chiqadi. U turli turistik 
guruhlar uchun bir xil bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun, turistlar turli yoshda, puli, 
qiziqishi, chegaralangan bir hududda dam olishi (kemping, otel) sayohat 
maqsadlariga mutlaqo mos kelmasligi mumkin. Birovlarni plyajlar va dengizlar jalb 
qilsa, boshqalarni esa tarixiy joylar va muzeylar, uchinchi kishilarni sayr-tomosha, 
faol dam olish va boshqalar rom etadi. 
Shunday qilib, destinatsiya (boriladigan manzil) sayohatchilarni vaqtincha 
bo‘lishga jalb qiladi. Chunki u ular yashaydigan mamlakatda bo‘lmagan harakterli 
xususiyatlarga egadir. Bu joylar turizm industriyasi turistlarni joylashtirish, 
ovqatlanishini tashkil qilish, sayr – tomosha va dam olish, sayohlik ehtiyoj tovarlari 
va suvenirlarni chakana savdosini tashkil qilishga mo‘ljallangan. 
Shunga qaramasdan, har qanday joyni destinatsiyaga kiritib, bo‘lmaydi. Joy 
(hudud) destinatsiya deb atalishi uchun quyidagi asosiy talablarga javob berishi 
kerak. 
Birinchidan turistlarni qabul qilish uchun zarur ma’lum xizmatlar to‘plami 
mavjudligi, bu shunday xizmatlar to‘plami bo‘lishi kerakki, turistga mahsulot taklif 
qilinganda aytilganidan ziyoda xuddi turist kutayotganiday bo‘lsin. Bunday 
to‘plamga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: 



 
destinatsiya (manzil)ga olib borish va qaytib kelish hozirgi paytda 
tashishda qulay va sifatli transport xizmatiga talab oshmoqda, tashish ko‘paymoqda 
va ularning bajarilishi shart; 
 
etarli darajada xizmat ko‘rsatiladigan tunash (otellar, kempinglar, dala 
hovlilar va boshqalar mavjudligi) va ovqatlanish (restoranlar, kafe, barlar va boshq.). 
Ikkinchidan, turistlarni qiziqtiruvchi diqqatga sazovar joylar mavjudligi, xuddi 
ana shu borada destinatsiyalar o‘rtasida raqobat vujudga keladi. Qancha ko‘p yangi 
narsalarni tomosha qilish, miriqib sayr qilish, xordiq chiqarish imkoniyati bo‘lsa, 
shunchalik turistlarning qiziqishi va kelishi ortib boradi. 
Uchinchidan turistik bozorda mahsulot harakatlanishida zarur vosita 
hisoblangan axborot tizimining mavjudligidir. Bu eng avvalo rezervlashtirish va 
bronlashtirish axborot tizimiga kirish imkoniyatidir. 
Shunday qilib, destinatsiya – bu ma’lum xizmatlar taklif qiladigan, 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling