O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

turistik mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo 
yashaydigan sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir. 
Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat 
(mintaqa) doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, 
boshqa mamlakatlar (mintaqa) dan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. 
Mamlakat (mintaqa)lar daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. 
Bu yo‘nalishdagi turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakat (mintaqa) 
ga valyuta oqimini, ikkinchi tomondan – mazkur mamlakat (mintaqa)da yashovchi 
fuqarolarning pul mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakat 
(mintaqa)da qoladi va uning iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan 
tashqari, ichki turizm shunday muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur 
mamlakat (mintaqa) da daromad darajasini maromiga yetkazishga yordam beradi. Bu 
degani shuki, sanoati rivojlangan mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari 
nisbati sust iqtisodiy rivojlangan mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga 
taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga 
ega (qishloq xo‘jaligi mintaqalari).


11 
Rasm 2. 
Turizm turlari 
ichki 
Mamlakatda Milliy 
Kirish Chiqish
Xalqaro 
Manba: «Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006 
Shuni ta’kidlash zarurki, individual tashrif buyuruvchi turistik maqsad uchun 
ajratadigan daromadining bir qismini boriladigan manzilda sarflanadi, qolgan qismini 
– tashkil qilish va o‘sha manzilga yetib borish uchun sayohat vaqtida sarflanadi. 
Turizmni aniqlash uchun eng avvalo quyidagi asosiy qoidalarni shakllantirish 
lozim: 
turist – bu sayohatda o‘z tabiiy ehtiyojini qondirishga intiluvchi 
kishi. Turistning ehtiyoji va istagi borgan manzilida aniqlanadi. U tashrif 
buyurish va faoliyat ko‘rsatishda ishtirok etishga shaylanayotgani haqida 
qarorga keladi; 
turistik biznes – bu turistlar ehtiyojini qondirish, faoliyatdan mahsulotlar 
va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha daromad olishdan ko‘zlangan biznesdir; 
 mehmondo‘stlik sohasi uchun turizm asosan ijobiy omil sifatida chiqadi. 
Shuningdek u yangi ishchi o‘rinlari ochish va mintaqalar daromadlarini 
ko‘paytirish omili hamdir. Turizm atrof – muhitga salbiy ta’sir etishi ham 
mumkin; 
 turizm milliy ma’muriy tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotni 
rivojlantirish omili sifatida qaraladi. Ko‘p hollarda ehtimol tutilgan salbiy 
oqibatlar (bevosita va bilvosita zararlar) unda hisobga olinmaydi. 
Yuqorida aytilganlarga muvofiq, turistik faoliyat – turistlar, turistik korxonalar, 
mehmonnovozlik sohasi, tashrif buyuruvchilarni joylashtirish va xizmat ko‘rsatishga 
ma’muriyatni jalb qilish jarayonlari natijasida qator hodisalar va o‘zaro 
munosabatlarni namoyon etish bilan belgilanadi. 


12 
Turizm – tarkibi turli xil o‘xshashliklardan iborat bo‘lgan mahsulot, servis, 
xizmat ko‘rsatuv ob’ektlari, ishlab chiqarish birligiga ega bo‘lgan barchasi individual 
iste’molchiga yoki guruh iste’molchilarga vaqtinchalik, doimiy yashash joyini tark 
etgan va ma’lum turistik manzilda (destinatsiya) sayohat qiluvchilar tushuniladi. 
Rasm 3. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling