Ichki turizm – fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda,
o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan
qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik
maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi
mamlakatga valyutani olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari
o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga
turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri turistlarni qabul
qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi hisoblanadi.
Boshqa shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo‘llari va
boshqalar)ning tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
Chiqish turizmi – biror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi
bo‘lmagan mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad
olish nuqtai nazaridan faol sifatida harakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini
yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib
ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning
istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi.
Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning
rivojlanish yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm»,
«Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari
sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish
turizmi milliy turizmga kiritiladi.
Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir
maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq
holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va
Do'stlaringiz bilan baham: |