O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Ichki turizmfuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda
o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan 
qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik 
maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi 
mamlakatga valyutani olib kelmaydi. Shunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari 
o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga 
turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri turistlarni qabul 
qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi hisoblanadi. 
Boshqa shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo‘llari va 
boshqalar)ning tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
Chiqish turizmibiror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi 
bo‘lmagan mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad 
olish nuqtai nazaridan faol sifatida harakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini 
yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib 
ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning 
istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi.
Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning 
rivojlanish yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», 
«Xalqaro turizm», «Mazkur mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari 
sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish 
turizmi milliy turizmga kiritiladi.
Xalqaro turizm - muntazam va aniq bir 
maqsadga qaratilgan korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq 
holda, biron bir mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling