O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti.
- 1.3.4. Harakatlanish usullari bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)
Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif. Turistik statistikaning
ko‘rsatishicha, sayohatning bu turi o‘zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo‘lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir. Misol uchun, arab mamlakatlari, Hindiston, Pokistondan Angliyada yashayotgan do‘stlari, qarindoshlarini ko‘rgani doimiy ravishda mehmonlar tashrif buyuradi. Rossiya va Ukrainaga Kanada, AQShdan ajdodlari slovyan bo‘lgan oila a’zolari kelishadi. Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo‘msash – sog‘inish turizmi deb ham ataladi. Bu odamlarni do‘stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog‘liq bo‘lib, xalqaro turistik almashinishda muhim o‘rin egallaydi. Odatda bozorning bu segmentida ishlashga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi. Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir necha turlari ajratiladi: ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish); bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish); ilmiy safar din bilan shug‘ullanuvchi (tarixchi va boshqa mutaxassislarni safari). 1.3.4. Harakatlanish usullari bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash) Harakatlanish usuli va tanlangan transport turiga bog‘liq holda turizmni aviatsion, temiryo‘l, avtoturizm, avtobusli, suv, piyoda, velosipedli turlarga ajratish mumkin. Sayohatchi qaysi bir transport turini tanlamasin bugungi kunda ixcham va qulaylik, sayohat xavfsizligi zarur shartlardan hisoblanadi. Sayohat xavfsizligi ko‘rsatkichlari avariyalar (transport turlari bo‘yicha yillik avariyalar soni) va shaxsiy xavfsizlik hisoblanadi. Bunda 100 000 kishi hisobga yo‘l-transport hodisalarida xalok 19 bo‘lganlar soni asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich avtotransportdan yuqori darajada foydalanilayotgan mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko‘p. Turizm va transport shunchalik o‘zaro bog‘langanki, ularni biri-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘zaro bog‘liqlikka misol: Recrtational Vehicles (RV) – avtotirkama yoki avtofurgon tipidagi g‘ildirak ustidagi uy (xuddi rossiyaning «Skiflariga o‘xshash) da bitta vositada joylashishi, harakatlanish qo‘shilib ketgan. Bunday g‘ildirakli uylarni sotishning o‘sishi ular uchun maxsus jihaozlangan to‘xtab turish maydonchalari, komponentlar qurilishini kengaytirishni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida ularni elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya, boshqa infratuzilmalarga ulashni taqazo etadi. Ko‘pchilik turistlar atrof bemolol ko‘rinib turadigan oynali, o‘tirg‘ichlari yotqiziladigan, hojatxonasi, musiqa, televizor, mikrofon, konditsoner uskunalari bilan jihaozlangan maxsus avtobuslarda sayohat qilishni xush ko‘rashadi. Bunday avtobuslar poyezdlar bormaydigan, samolyot uchmaydigan joylarga borish imkonini beradi. Avtobus parki ahvoli yer usti xizmati sifatini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Turistlar transportining alohida tipi-kemada sayohat qilishni yoqtirishadi. Bu yo‘lovchilarni faqat u portdan bu portga olib boradigan transprt vositasigina emas, balki joylashtirish, tunaydigan, ovqatlanadigan, eng yaxshi tur mahsulotlardan, xizmatlardan bahramand etadigan shinam kemalardir. Zamonaviy sayohat kemalari turistlar uchun quyidagi qulayliklarga ega: trenajer zali, basseyn, kinoteatr, videosalon, diskoteka, magazin, restoran va barlar, konsert zallari bilan jihozlangan. Ayrim kemalarda konferensiya zali, sinxron tarjima uchun uskunalar bor, bular ishga doir uchrashuvlar, ilmiy konferensiyalar o‘tkazishga imkon beradi. Sayohat kemalarining eng diqqatga molik tomoni – ovqatlanishdir. Kemadagi stabilizatorlar chayqalishni odam organizmiga ta’sirini pasaytiradi. Juda ko‘p kemalarda keng garaj binosi bor, bu esa turistlarga o‘zi bilan avtomobilini ham olish, kema to‘xtab turganda turli mamlakat portlarida undan foydalanish imkonini beradi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling