Dunyo okeani va dengiz qirg‘oqlari xalqaro turizm sohasining
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirishga sayyohlik, sayr-tomoshalarni uyushtirishda, alohida o‘rinni
egallaydi. Ayniqsa, Fransiya va Italiyaning dengiz qirg‘oqlari, Ruminiya va
Bolgariya sharqiy sohillari, AªShda Koliforniya va Florida dengiz bo‘ylari, Bagam
va Bermud orollari plyajlari bilan so‘zsiz xalqaro turizm va kurotlar maskaniga
aylangan.
Okean va dengiz suvlarining cho‘milishi uchun qo‘lay bo‘lgan qirg‘oqlari
tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining
quruqlikka tutash bo‘lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to‘lqinlari,
ko‘tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi
tagining relefi, suvdagi yirtqich qonxo‘r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-
yo‘qligi h.k., qirg‘oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning
sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Daryo va ko‘llar ham turizm resursi yoki boyligi bo‘lib xizmat qiladi. Ular
yer usti landshaftlarini yasatadi, mikroiqlim sharotini hosil qiladi, turistlar uchun
baliq ovlash, suv sporti bilan shug‘ullanish, turistik markazlar, kurort maskanlarini
toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda Avstriya,
Shvesariya, Buyukbritaniya, Vengriya, Polsha kabi mamlakatlardagi daryo va ko‘l
suv havzalari turizmning eng rivoj topgan turlari bo‘lib hisoblanadi. Ammo, keyingi
yillarda G‘arbiy Yevropadagi Reyn daryosi suvi haddan tashqari ekologik jihatdan
ifloslanib ketish natijasida, u turizm va dam olishda oldingi o‘z o‘rni va mavqeini
yo‘qotmoqda.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda o‘rmon boyliklarining roli ham anchagina.
U turistlarning dam olishida, hissiyotini (emotsiyasini) muvozanatlantirishda, lirik
shart-sharoitlarni vujudga keltirishda, «tashqi dunyo»dan ajralgan holda, qisqa
vaqtlarda yashashida muhim rol o‘ynaydi. o‘rmonlar toza havoni ishlab chiqaruvchi
asosiy man’ba, salomatlikni qayta tiklovchi maskan, kurort hududlarida shovqinni
qaytaruvchi asosiy vositalardan hisoblanadi.
Xorijiy sayyohlarni o‘ziga ko‘proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik
Do'stlaringiz bilan baham: |