O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
(g‘alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo‘riqxonalar, davlat buyurtmalari,
milliy bog‘lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday hayvonat va o‘simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq bo‘lib, Afrika, Osiyo, Yevropa, Avstraliya, Amerika (AQSH, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va hududlari hisoblanadi. Ko‘pgina xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qiladigan omillardan biri, bu shifobaxsh mineral suvlar bo‘lib hisoblanadi. Uning asosiy maskanlariga Rossiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya, Ukraina kabi bir qator mamlakatlar misol bo‘ladi. 23 Xorijiy turistlarning tog‘ sharoitidagi sport turlari alpinizm (Alp, Kordilera, Himolay tog‘lari h.k.), chang‘i sporti (Skandinaviya, Alp, Tatra tog‘lari) suv ustida chang‘ida suzish, suv ostida suzishlar turlari borgan sari rivojlanib bormoqda. Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Shvesiya, Buyukbritaniya, Gresiya hamda AQSH mamlakatlarida xorijiy sayyohlar sport ovlari, baliq ovlashlarda keng ko‘lamda ishtirok etmoqdalar. Iqtisodiy geografik omillar. Iqtisodiy geografik omillarga turizmning moddiy texnika bazasi, ya’ni mehmonxonalar fondi, umumiy ovqqatlanish korxonalari (restoran tarmoqlari), sport inshootlari, tomosha va sayr qilish, dam olish, bir qator servis xizmati ko‘rsatish ob’ektlari ichki va tashqi kommunikatsiya tarmoqlari avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transporti, aloqa vositalari, Internet tarmog‘i kiradi. Xalqaro turizmning jadal rivojlanishiga yangi temir yo‘llar, avtomobil trassalari, dengiz, daryo, havo transportlari, zamonaviy turistik avtobuslar, yengil avtomobillar, shu jumladan yotib uxlaydigan komfortabelli avtomobil tirkagichlar, mototsikllar, motorollerlar, yangi dengiz, daryo passajir kemalari, teploxodlar, tez uchar reaktiv havo laynerlari h.k. bularning hammasi xalqaro turizmni rivojlantirishga katta imkoniyatlar tug‘diradi. Ma’lum bir mintaqada, hududda xalqaro turizmning rivojiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-geografik omillarga qo‘yidagilar kiradi: turstlarni qabul qiluvchi mamlakatlar, mintaqalar, hududlarning iqtisodiy- geografik joylanishi; turistlarni qabul qiluvchi va turistlar yuboruvchi mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi; ichki turizm sohasining rivojlanish holati; xorijiy turistlarni qabul qiluvchi mamlakatlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi, malakali kadrlarning soni, ularning tayyorgarlik darajasi h.k. ma’lum bir hududda rekratsion resurslarning qiymati, transport xizmatlari turi, oziq-ovqat mahsulotlarning narxi, mehmonxonalarda joylashish narxlari, turistik ob’ektlar qurilish maydonlarining bahosi; trasport, aloqa vositalarining hududda tutgan o‘rin va holati bilan harakterlanadi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling