O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

2.2. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
Iqtisodiy omillar.
Turizm rivojlanishiga makroiqtisodiy omillar bilan bir 
qatorda mikroiqtisodiy omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Makroiqtisodiy
barqarorsizlik, ishsizlik darajasini o‘sishi, pulning qadrsizlanishi kabilar jamiyatni 
qo‘zg‘atadi va bezovta qiladi. Ayrim hollarda esa kishilar ishi o‘z uyida qolib, hech 
qayoqqa sayyohatga bormasdan o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Qachonki, biror 
mamlakatning iqtisodiyoti yuksalishda bo‘lsa, qaysi kim ishlab chiqarish 
imkoniyatlari, ya’ni valyutalar miqdorining ortib borishi bilan belgilanadi. Qaysi bir 
mamlakatda turizmdan keladigan foyda YAIMda salmog‘i anchagina bo‘lgan 
taqdirda investitsiyalar ya’ni mehmonxonalar qurishga va infratuzilmasini 
rivojlantirishga sarf etiladi. Shu bilan birga milliy daromadini o‘sishi, ayniqsa aholi 


24 
shaxsiy ehtiyoji qobiliyatini qondirishga qaratilgan harajatlarning o‘sishi darajasi
ularning sayyohlikka bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Kishilarning dam olishida turistik 
mahsulotlar va turistik tovarlar bahosi eng muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ayniqsa, turizmni moliyalashtirishda valyuta kursi muhim rol o‘ynaydi. Valyuta 
almashtirishning soddaligi, uning osonligi kabilar. 2002 yil 1 yanvardan boshlab 
Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari o‘rtasida yevroning muomalaga kiritilishi. Ushbu 
hududdagi sayyohlar uchun yagona valyutaga o‘tilishi juda katta imkoniyatlar 
to‘g‘diradi. 
Xalqaro 
turizmning 
rivojlanishiga 
odatda 
iqtisodiyoti 
rivojlangan 
mamlakatlarda kishilarning turmush darajasi bir muncha yuqori bo‘lganligi sababli, 
turizm harakati ommaviy tusga egadir. Ya’ni buning asosiy sababi ishchilarning oylik 
ish haqi miqdori, ularning tatil paytida oladigan tatil pulining ko‘pligi, 
nafaqaxo‘rlarning nafaqa pulining yuqori bo‘lishi bilan harakterlanadi. 
Tabiiyki, xalqaro turizmning rivojlanishi darajasiga mamlakatdagi iqtisodiy 
vaziyatlar (iqtisodiy inqirozlar, valyuta inflyatsiyasi, ishsizlik darajasining o‘sishi va 
pasayish holati kabilar) ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadilar. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling