O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

2.4. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar 
Xalqaro turizmda transportning tutgan o‘rni beqiyos muhim bo‘lib 
hisoblanadi. Ayniqsa pasajjir transporti va transport kommunikatsiyalari sayyohlar 
uchun ularni o‘z uyidan aeroport yoki temir yo‘l, avtomobil, dengiz, daryo suv yo‘li 
vokzallariga, 
sayyohlarni 
bir 
shahardan 
ikkinchi 
shaharga, 
vokzaldan 
mehmonxonaga, mehmonxonadan turistik manzillargacha qo‘lay, xavf-xatarsiz holda 
olib borib qo‘yishda yo‘l ochadi. Xalqaro turizmni transport vositalarisiz umuman 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Pasajjir tashuvchi transport vositalari bilan turizm sohasi o‘rtasida o‘zaro 
bog‘liqlik mavjuddir. Transport vositalarining takomillashuvi, ya’ni zamonaviy qulay 
transport turlarining yaratilishi xalqaro turizmning dinamik holatda rivojlanishi bilan 
ifodalanadi. So‘nggi yillarda xalqaro turizmda sayyohlikka talabning ortib borishi
transport tarmoqlarining qatnashishi, turistik almashinishni ta’min etishda va uni 
to‘xtatib turishda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Ko‘pgina ommaviy turistik xizmatlarni tashkillashtirishda transport va 
kommunikatsiyalarning roli beqiyos muhimdir. Ayniqsa transport tarmoqlari 
jumladan, avtomobil yo‘llari, ularning turistik ahamiyati va o‘tkazuvchanlik quvvati 
muhim rol o‘ynaydi. Xorijdan kelgan har bir sayyoh uchun birinchi ta’surot
samolyot trapidan tushib, aeroport vokzaliga kirishi, yoki temir yo‘l poyezdida 
kelganlar uchun temir yo‘l vokzalidan boshlanadi. Undan so‘ng transport vositalarida 
vokzaldan mehmonxonagacha boriladi. Shu sababli turizm uchun xizmat ko‘rsatuvchi 
tarmoqlarning holati sayyohlar uchun qulay, bezarar va tusiqsiz bo‘lishi zarur.
Qo‘lay, to‘la jihozlangan zamonaviy transport vositalari, yangi passajir 
kemalari, poyezd vogonlari yaratilishi xalqaro turizm sohasida yangidan-yangi 
turistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Misol, Sibir o‘lkasi shimoli, 
Alyaska, Grenlyandiya va Shpitsbergen, Skandinaviya shimoliy hududlari, Olovli 
Yer oroli va «juda sovuq» o‘lkalarga uyushtiriladigan sayyohatlar soni borgan sari 
ortib bormoqda.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling