O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Ilmiy –texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar)
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2.6. Ilmiy –texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar) Fan-texnika yutuqlari turizm industriyasi va mehmondo‘stlikda, yo‘lovchilar tashishda, axborotlar almashish sohalarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Havo trasnportida yangi zamonaviy tez yurar, yirik passajirlar tashishga mo‘ljallangan havo kemalarning ishlab chiqarilishi sababli sayyohlarga xizmat ko‘rsatish rivojlanib bormoqda. Temir yo‘l transporti sohasida texnologik omillar borgan sari rivojlanib, o‘z aksini poyezdlar qatnovi tezligini oshirilishi bilan ifodalanadi. Hozirgi kunda Yaponiya va Fransiya kabi mamlakatlarda tez yurar pasajjir poyezdlar tezligini soatiga 485 km.ga yetkazishga erishildi. Temir yo‘l transportining aviatsiya transportidan afzalligi shundan iboratki, temir yo‘l vokzallari shahar markazida joylashgan bo‘lib, sayyohlar uchun qulay imkoniyatlar tug‘diradi. Telekommunikatsiya texnologiyalari va elektronika sanoatining rivojlanishi kompyuter tizimida mehmonxona o‘rinlarini, transportda chiptalarni band qilishga imkon yaratdi. Yangi texnologilarning paydo bo‘lishi turistik mahsulotlarni tashkil etishda va ularni sotishda sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. Xalqaro turizmning kelajakda rivojlanishi birinchi o‘rinda turistik mahsulotlarning takomillashuvi, professional turagentlik tarmoqlarining rivojlanishini, tur operatorlar mahsulotlari sohasi, marketing xizmatlarining foydalanish darajasi va inson omillari bilan bog‘liqligi bo‘lib hisoblanadi. 28 Nazorat savollari 1. Turizmni rivojlantirishda tabiiy geografik omillarning xilma-xilligini aytib bering. 2. Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning egallagan geografik o‘rnini ta’riflang. 3. Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va o‘lkaning yer usti tuzilishi relfiga bog‘liqligi to‘g‘risida gapiring. 4. Turizmning tabiiy iqlim sharoitga bog‘liqligi to‘g‘ristda ayting. 5. Turizmni rivojlantirishda dunyo okeani, dengizlar, daryolar va ko‘llarning roli haqida ta’rif bering. 6. Xalqaro turizmni rivojlantirishda o‘rmon boyliklari, ekzotik hayvonot dunyosi va shifobaxsh mineral suvlarning tutgan roli to‘g‘risida ta’rif bering. 7. Xalqaro turizmni rivojlantirishda iqtisodiy geografik omillar rolini ayting. 8. Turizmning rivojlanishida iqtisodiy (moliyaviy), ijtimoiy, siyosiy, demografik omillarning roli haqida gapiring. 9. Xalqaro turizmni rivojlantirishda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida to‘xtalib o‘ting. 10. Turizmning rivojlanishida madaniy-tarixiy obidalar, arxitektura-qurilish ob’ektlarining tutgan o‘rni to‘g‘risida gapirib bering. 11. Xalqaro turizmni rivojlantirishda dunyo xalqlarining etnik shart-sharoitlariga ta’rif bering. 12. Xalqaro ommaviy turizmni rivojlantirishda transport vositalarining tutgan o‘rniga baho bering. 13. Turistik infratuzilmalar to‘g‘risida ta’rif bering. 14. Xalqaro turizmda savdo aloqalari roliga to‘xtalib o‘ting. 15. Xalqaro turizm industriyasida yangi axborot texnologiyalarining keng ko‘lamda qo‘llanilishi to‘g‘risida aytib bering. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling