O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Safarni tashkil etish bo‘yicha tasniflash
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekrayesiya maqsadidagi turizm.
- Maxsus turizm.
- Ta’limiy turizm
- Sport turizmi.
1.3.2. Safarni tashkil etish bo‘yicha tasniflash Tashkillashtirilgan turizm – turistik firma tomonidan yakka-individual yoki guruh holdagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperator yoki uning agentidan turli xizmatlar to‘plami bilan turpaketlarni sotib olish huquqini oladi. Turizmda tashkil etishning qarama-qarshi usullari bo‘yicha uyushtirilmagan yoki xususiy turizmni ko‘rsatish mumkin. Xususiy sayohat turagentlikka murojaat qilmasdan, bevosita yetkazib beruvchidan xizmatlarni sotib olish yo‘li bilan mustaqil ravishda tashkil qilinadi. Ba’zan xususiy sayohatni «O‘zboshimchalik» deb xato aytiladi. Ammo biroq «o‘zboshimcha turizm» juda tor tushuncha bo‘lib, sayohatdan harakatlanishning faol usullari (piyoda, velosiped) dan foydalaniladi. Bu turist tomonidan mustaqil yoki klub instruktorlari yordamida tashkil etiladi. 1.3.3. Sayohat maqsadi bo‘yicha tasniflash BTT bosh maqsadga bog‘liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo‘ladi: rekreatsiya; ijtimoiy maqsadlar; ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar; 15 tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish; diniy (ziyorat); boshqa maqsadlar. Maqsadga bog‘liq holda turizm turlarini qisqacha kurib chiqamiz. Rekrayesiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va boshqa sog‘lomlashtirish maqsadlaridan iborat. U bo‘sh vaqtni to‘ldirish uchun sayr-tomosha va turli xil sport mashg‘ulotlarini taklif etadi. Ba’zi asoslarga ko‘ra unga turizmning ekskursiya, ixtisoslashgan, ta’limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekologik turlari ham qo‘shiladi. Ekskursiya turizmi bilim ortirish turizmining ko‘proq ommalashgan turlaridan biri hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovar joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari va san’at boshq.). Ekskursiya marshrutlari odatda bir necha shaharlardan o‘tadi va eng mashhur yodgorliklar bilan tanishish imkonini beradi. Bunga Germaniya bo‘ylab nom qozongan: Kyoln-Bonn – Dyuseldorf – Frankfurt-na – Mayn – Nyurenberg – Myunxen. Italiya bo‘ylab: Rim – Venesiya – Florensiya yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin. Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma’lum maqsadga ega. Xalqaro sport musabaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xoh ot sporti yo‘nalishi, tarixiy va shaxs bilan bog‘liq joyda bo‘lishi uchun kelgan bo‘lsin turistlarning maqsadi shular bilan bog‘liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g‘ayrioddiy joylashish maskanida to‘xtashni istovchi birlashgan turistlar guruhlari ajratiladi. Bu joy salomatlik fermasi yoki dehqon uyi bo‘lishi mumkin. Bu segment bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday turistlar yuqori darajada ma’lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali (boshqaruvchi, noyob mutahissislar va boshqa yuqori darajadagi kasb egalari) kishilardir. Ta’limiy turizm. O‘qish, malaka oshirish maqsadidagi sayohat xalqaro turizmda nisbatan yangidir. Ko‘proq til o‘rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda. Ayniqsa Buyukbritaniya va boshqa ingliz tilida so‘zlovchi mamlakatlarga qiziqish katta ortib bormoqda. Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug‘ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatga bo‘linadi. Faolda qaysidir sport turi bilan shug‘ullanish asosiy o‘rin tutadi. Passivda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish-tomosha asosiy maqsaddir. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling