2022 йил «15» март 185-4-0-Q/22
Download 200.76 Kb. Pdf ko'rish
|
185-4-0-Q 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILAMAN
- Viloyat hokimi v.b. M.Azimov
e-qaror.gov.uz 16.08.2022 1 2022 йил «15» март 185-4-0-Q/22 Қашқадарё вилояти ҳокимлиги O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyat to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan QAROR QILAMAN: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan: 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur 1-ilovaga muvofiq; 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yilarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin va ijroga yo‘naltirilsin. 3. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari (R.Yuldashev), (K.Karomova), e-qaror.gov.uz 16.08.2022 2 viloyat Moliya bosh boshqarmasi (F.Yusupov) viloyatdagi oliy ta’lim muassalari bilan birgalikda 2022-yilning 1-sentabriga qadar davalat oliy ta’lim muassasalarning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin qizlarning ro‘yxatini shakllantirsin va 2022-yilning 1-oktabriga qadar kontrakt to‘lovlarini qoplab berish; Har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyalariga ko‘ra ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontrakt pullarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borish choralarini ko‘rsin. 4. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (N.Erkayev), Xalq deputatlari viloyat Kengashi (O.Ravshanov) 2022-yil 1-iyulga qadar tumanlarda mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylari ro‘yxatini shakllantirsin va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin. 5. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (N.Erkayev), viloyat hokimining o‘rinbosarlari (R.Yuldashev), (K.Karomova), Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (F.Yusupov) viloyatdagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yilarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlar rejasiga muvofiq o‘z muddatida tadbirlarni amalga oshirib borsin. 6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari N.Erkayev, viloyat hokimining o‘rinbosari K.Karomovalar zimmasiga yuklatilsin. Viloyat hokimi v.b. M.Azimov Download 200.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling