O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Internetda 
global 
disribyutor 
tizimining 
integratsiyasi. 
GDS 
texnologiyasining kamchiliklaridan biri shuki, undan foydalanish ancha murakkab. 
GDS birinchi versiyasi uchun noitellektual terminal yoki foydalanuvchiga 
nodo‘stona murakkab sintaksisli matn tizimi odatiy hol hisoblangandi. 
Texnologiyani egallash ancha vaqt sarflashni, operator tayyorlashni talab qilardi. 
GDS ko‘p sonli xodimlar, ayniqsa tizimidan foydalanish uchun turagentlarni 
o‘qitishga instruktorlarni yollashga to‘g‘ri keldi. Foydalanuvchi uchun nisbatan 
do‘stona “Windoms” tipidagi tizimni yaratish sari qo‘yilgan qadam GDS bilan 
ishlashda zarur texnik tayyorgarlik talab etilishini ancha kamaytirdi va faoliyat 
doirasida tezkor yumushlarni bajarish imkonini tug‘dirdi. Endilikda operatorga 
spesifik sintaksis bilimi umuman kerak emas. Texnik takomillashtirish Internet 
imkoniyatlariga tayanaladigan izchil yo‘llarni ochdi. Hozirgi vaqtda “Galilieo” 
biznes foydalanuvchilar bilan Internet orqali bronlashtirishni amalga oshirayapti. 
Shundan kelgan buyurtmalar ular tanlangan turagentga bajarish va aviabilet yozib 
berish uchun jo‘natiladi. 
Bunday tiplar tizimi GDS o‘z faoliyati samaradorligini oshirish va turagentni 
qanday qo‘llab-quvvatlayotganiga yordam berayotganiga yorqin misol bo‘laoladi. 
GDS qaysi yo‘nalish bo‘yicha rivojlanmasin, bahs talab qilmaydigan haqiqat 
shundaki, u turistik bozorda onlayn rejimida ishlashi zarur. Biznesni kengaytirish 
bo‘yicha qo‘yilgan har bir qadamda olg‘a qarab qanday harakatlanish kerak degan 
bahsli savol vujudga keladi. “Galilieo” va “Amadiyes”, “Golilieo”, “Internet Travel 
Network” (onlayn rejimida ishlayotgan yirik AQSH turistik kompaniyasi) sherigi 
hisoblanishiga qaramay ochiqchasiga ular xizmatlaridan foydalanayotgan 
turagentlar bilan raqobatga kirishilmasliklarini aytdilar. 
“Worlaspan” bu muammoni yechishga boshqacha yondashayapti va “MSN 
Expedia” va “Bixtravel.com” da ishtirok etib, onlayn rejimida ishlayotgan 
agentlarni texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga intilmoqda. “Sabre” onlayn 
rejimida bozorda sotishda bevosita ochiqchasiga raqobat qilmoqda. Bunda o‘zining 
shaxsiy “Travelocity” turagentligidan foydalanmoqda. “Sabre” shuningdek “BTS” 
nomi ostida korpporativ turagentlik tizimini yaratgan. Bu «Trovelocity» ga 
qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Bu korxonada ular “Carlson Waqon Lits” va 
“BTI Amepica” – AQSH ikki korporativ turagentligi sheriklariga aylandilar. 
Internet beradigan afzalliklar anglagan holda GDS rahbariyati mijozlar uchun 
yangi tip ulanishlarni o‘ylab topishdan to‘xtalganlari yo‘q.
Internet tarmoqlaridan turistik biznesda yanada kengroq foydalanayotgani 
munosabati bilan «Amadeus» da qator dasturlar yaratilgan. Ular yirik xalqaro 
tarmoqlardan erkin foydalanish va uning mijozlari bilan ishlash imkonini beradi. 
Endi «Amadeus» agentligi o‘z sahifalarida yoki tarmoqlari sahifalarida o‘z turistik 
mahsulotlari haqida axborotlar joylashtirishni va “Wored Wide Wed” orqali 


264 
bronlashtirishni amalga oshirishi mumkin. Sayohatchilarning bevosita o‘zlari 
bronlashtirish imkoniyatlari ham bor. Global tarmoq yaqindagina o‘z mijozlarini 
“Publie Internet” orqali ulay boshladi. Bu uning texnik imkoniyatlarini sezilarli 
kengaytirdi va tariflarni pasaytirishga imkon berdi. 
“Amadiyes” doirasida ikkita maxsus mashulot ishlab chiqilgan: “Pro Wed” va 
“Pro Clent Server”. Birinchisi yordamida mijoz o‘z kompyuteridan sertifikatsiya 
nomerini olishi va sistemalar saytiga kirishi va uning imkoniyatlaridan foydalanishi 
mumkin. “Pro Clint Serves” esa mijoz kompyuterini murakkabroq ulanishini 
amalga oshiradi – avval “Amadiyes” ning yaqinroq vakiliga serveri bilan, keyin 
shisha tolali aloqa bo‘yicha tizimning asosiy serveri bilan ulaydi. Bunda mijozga 
to‘liq funksional agentlik terminali “Pro Tempo” quyiladi. Foydalanilayotgan 
kompyuterlarga talab minimal: hech bo‘lmasa “Windows” – ma’lumotlarni himoya 
qilishni faollashtirish funksiyasi uchun “Vritual Private Network” (VPN) bo‘lsa 
kifoya. 
Tizimlar bilan tanish emas, uncha katta bo‘lmagan turagentlik boshlab “Pro 
Wed” bilan bemalol kifoyalanishi mumkin. Lekin ikki va ko‘proq terminaldan 
foydalanish zarurati tug‘ilsa, yaxshisi «Pro Clint Server» ni tanlagan ma’qul. Agar 
buyurtmachida Internetga chiqish yo‘q bo‘lsa, firma buni maxsus bahoda tashkil 
etishi mumkin. Buning ustiga yana parallel ravishda “Amadiyes” dan ham, 
Butunjahon turidan ham foydalanish mumkin. 
Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqda ko‘pchilik turagentlar Internet faqat 
ularning mahsulotlarini reklama qiladi deb hisoblaydilar. Ammo biroq bu u 
bajaradigan ishning hammasi emas. Xuddi shuning uchun “Worldspan” birinchi 
global kompaniyalardan biri bo‘ldi, u 1998 yilda RS standart darvozasi Internetga 
kirishni taklif etdi. 
“Worldspan Gateway Plus” (internetga darvoza) mahsuloti Windows – 
versiyasi “Gateway Plus” barcha standart imkoniyatlaridan foydalanishdan tashqari, 
turagentlarga “X25-Worldspan” sistemasida Internetga olis ulanishlarni amalga 
oshirish, shuningdek idoralar o‘rtasida fayllar almashish tizimi va elektron pochta 
bilan ishlash imkonini beradi. Barcha foydalanuvchilar uchun markazlashgan 
ma’muriyatchilik ta’minlanadi. “Worldspan” Internet uchun boshqa mahsulotni – 
“Internet Boolinq Enqine” ni ham taklif qiladi. Turagentlik internetda mijoz tashrif 
buyuradigan o‘z sahifasini ochadi. Unda mijozning o‘zi mustaqil ravishda taklif 
etilayotgan xizmatlardan foydalaniladi. 
“Worldspan”ning Internet uchun yana bir ishlanmasi “Dates Destinations” 
dasturidir. U turagentlar mijozlari uchun onlayn bronlashtirish imkonini beradi. 
Dastur turagentliklarni bozorda harakatlanish vositasi hisoblanadi. Mazkur mahsulot 
ularning potensial mijozlari davrasini kengaytiradi. Chunki u orqli mijoz istalgan 
vaqtda, dunyoning istalgan nuqtasiga kirib bora oladi va foydalanish ham oddiy. 
“Worldspan Net” dasturi uchun Internet aloqa kanali sifatida foydalaniladi. 
Turagentliklar uncha katta bo‘lmagan bronlashtirish hajmi bilan bu dasturdan 
foydalanishlari mumkin. “Worldspan Net” versiyasiga ulanish uchun Internetga 
kirish imkoni bo‘lsa kifoya. Elektron tijoratning kelajagi kattaligiga hozir hech kim 
shubha qilmaydi. “Worldspan” esa yetakchilardan biri hisoblanadi. “Galilieo 
International” kompaniyasi yanada ilgarilab ketdi va o‘zining telekommunikatsion 


265 
“Quantitade” sho‘’ba kompaniyasini yaratdi. Maqsadi – barcha mamlakatlardagi 
mijozlarga arzon va sifatli aloqa xizmati ko‘rsatish, shuningdek Internet standart 
protokollari bo‘yicha ham. 
Vieuw Trip o‘sha “Calilieo” orqali, o‘zining broni nomerini bilgan holda o‘z 
marshrutini kuzatib berish va unga real vaqt rejimi ikir-chikirlari kiritilganini
o‘zgartirishlarni (turagentlik orqali) bilish mumkin. “e-Aqrent” mahsuloti bitta 
ekranda “Calilieo” funksiyasini turistik xizmatlarni bronlashtirish Internet – tizimi 
funksiyasi bilan-birga joylashtirish imkonini beradi. Turistik saytlar orqali 
qo‘shimcha uchishlar va boshqa turistik xizmatlar haqida axborot olish mumkin. 
Shu bilan birga «Sorporate Travelpoint» - yirik turagentliklarga tavsiya etilgan, 
korporativ mijozlar bilan ishlovchi tizimi nafaqat umumiy ekranda axborotlarni 
joylashtirishga, balki konfidensial ma’lumotlarga murojaat qilishga ko‘mak beradi, 
u ana shunday agentliklar uchun maxsus yuklangan. 
“Calilieo” da shuningdek, “EDIFACTSELCT” dastur mashuloti ishlayapti. 
“Calilieo” ni agentliklar bilan o‘z vositalari saytlari orqali muloqat uchun 
mo‘ljallangan. “Calilieo” vakillarining ishontirib aytishlaricha, “XML Seleet” 
inqilobiy yangilik, mijozlarga ona tilida mustaqil tarzda xizmatlarga buyurtma 
berishi uchun maksimal qulayliklar yaratishga imkon beradi. Hozircha esa Internet 
bo‘yicha “Sayohat qila turib” xohlovchi ish orasida o‘ziga oteldan joy, avtomobil 
rezervlashtirishi yoki golf o‘ynash uchun bron qilib qo‘yishi mumkin. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling