O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Web –sayt xususiyatlari. Internet foydalanuvchidan yuksak darajada
ma’suliyat talab etuvchi vosita hisoblanadi. Agar Web –saytda aniq struktura yetishmasa, xavf paydo bo‘ldi, tashrif buyuruvchi esankirab qoladi va uni tark etadi. Shuning uchun Web –sayt biz aytib o‘tganimizdek, foydalanishda qulay va tushunarli bo‘lishi kerak. Buning uchun u ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Barcha muvaffaqiyatli saytlar u yoki bu darajada ana shunday xususiyatlarga ega: har bir sahifada uy sahifasiga tayanilish o‘tkaziladi. Bu ichki aloqa va ko‘p sahifaga ega katta saytlar uchun ayniqsa muhim. Har bir sahifasiga tayanish foydalanuvchiga boshlang‘ich nuqtaga qaytish imkonini beradi, agar u istasa saytning boshqa bo‘limidan axborot olishi mumkin; saytning asosiy bo‘limlari ruyxati har bir sahifada mavjud. Bu uy sahifasiga tayanilgandan keyin navbatdagi qadam, u foydalanuvchiga ko‘p 272 vaqtni tejashga yordam beradi. Foydalanuvchi bo‘limlar ruyxatidan foydalanib, har safar boshlang‘ich nuqtaga qaytib yurmasdan, darhol kerakli bo‘limga tushadi. Bunday xizmatni kiritilishi saytdan foydalanishni juda yengillashtiradi; qidiruv vositasining mavjudligi va vaqtni tejaydi, foydalanuvchiga kerakli so‘zlarni topish imkonini beradi va unda Web –saytda kerakli axborot borligiga ishonch hosil qildiradi. Bu foydalanuvchi spesifik axborot izlaganida yana ham maqsadga muvofiq; bir necha tillardan foydalanish. Web –saytga ular uchun ingliz tili ona tili bo‘lmagan tobora ko‘proq odmlar murojaat qilmoqda. Shuning uchun, sayt sahifalarida uch-to‘rt tilda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi juda muhim. Ko‘p sonli Web –saytlarni o‘rganish natijasida saytlar mazmunning quyidagi mezonlarini taklif etish mumkin: uy sahifalari ko‘proq axborotlar bilan to‘ldirilgan va tashqi ko‘rinishidan diqqatni tortadigan bo‘lishi kerak. U sayt mazmunida ko‘rsatilishi va turistik markazlarning ijobiy tomonlarini shakllantirishi zarur; sayt sahifalari tartibli saqlanishi lozim, axborotlar esa muntazam yangilanadi; sayt sahifalari strukturasi oddiy va tushunarli bo‘lishiga e’tibor berish kerak, axborotlar esa qiziqarli va olish uchun qulay bo‘lsin; foydalanuvchi saytda o‘zi uchun kerakli axborotni topishga ishonch hosil qilishi va uni oson topishi uchun shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur; agar sayt barcha zarur axborotlarga ega bo‘lmasa, u boshqa tegishli saytlarga tayanishi kerak; saytlar imkoniyat darajasida interfaol bo‘lmog‘i lozim. saytlar navigatsiya va axborotlar qidirish (masalan, indekslar samarali tizimi, har bir sayt sahifadan uy sahifasiga bevosita chiqish, qidiruv tizimi, elektron pochta, fotogoleriya) tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling