O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


markazdan boshqarish, bozor va monetar rivojlanish yo‘llari


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

markazdan boshqarish, bozor va monetar rivojlanish yo‘llari. Respublikamizda 
turizm asosan markazlashgan boshqaruv usulida rivojlantirilmokda. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda turizm iqtisodiyotining bozor modeli qo‘llaniladi va bunda ko‘pgina 
ko‘rsatkichlar davlat tomonidan (soliqlar va me’yoriy hujjatlar va normativlar 
orqali) boshqarilib turiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasining monetar 
boshqaruv modeli moliyaviy boshqarishga asoslanadi. Bunday boshqaruv turistik 
mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Xalqaro turizmning bunday tartibga solinishi 
hozirda Yaponiya, Fransiya, Italiya kabi turizm rivojlangan mamlakatlarda yo‘lga 
qo‘yilgan. 
Jadval 25 
O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimini ta’minlab beruvchi
asosiy mamlakatlar 
 
№ 
Mamlakat 
2001 y. 
2002 y. 
2003 y 
2004 y. 

Yaponiya 
6139 
1797 
709 
1794 

Angliya 
3789 
2820 
492 
674 

Germaniya 
9815 
7057 
1328 
2287 

AQSH 
9577 
4976 
1613 
3197 

Italiya 
1422 
493 
570 
825 

Fransiya 
3418 
2075 
871 
1336 

Eron 
5408 
4341 
3446 
3988 

J.Koreya 
4197 
2249 
350 
281 

Turkiya 
6401 
9401 
4140 
5303 
10 Hindiston 
3271 
1094 
458 
353 
11 Isroil 
4303 
1835 
379 
581 
Manba: 
O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida Toshkent 2007 
12.3. O‘zbekistonda xalqaro turizmning hududiy rivojlanish
markazlari 
 
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga 
ko‘tarish borasida, eng avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy 
bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi markazlar ustida to‘xtab o‘tish 
o‘rinli. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi 


312 
tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat 
qiluvchi har bir inson bu shaharlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish orzusida yashaydilar. 
Ko‘p mamlakatlarda O‘zbekiston o‘zining ana shu shaharlari ila mashhurdir. Bu 
shaharlarda qad kutargan salobatni qo‘rilish san’ati xorijdan kelgan turistlarni 
hayratga soladi. O‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol «Sharqning 
javohirlari» deb atash mumkin.
Samarqand - jahonning eng ko‘hna shaharlaridan biri. U Bobil, Rim, Afina 
shaharlariga tengdosh. Samarqand xaqidagi eng dastlabki ma’lumotlar eramizdan
oldingi IV asrga taaluqlidir. O‘sha paytlarda Maroqand nomi bilan mashhur bo‘lgan 
bu shahar uzunligi 10 kilometrdan ortiqroq bo‘lgan qudratli muhofaza devorlari 
bilan o‘ralgan edi. 
Murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan Samarqand o‘z tarixida bir necha marta 
gullab yashnadi va harobalikka ham uchradi. U jahonning har bir shahri kabi jamiyat 
tarixiy taraqqiyotining ob’ektiv konunlari asosida shahar sifatida qad kutardi va 
rivojlandi. 
Samarqand – o‘zbek xalq madaniyatining bebaho xazinasi hisoblanadi. Ko‘p 
shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, sayyohlar uni xaqli ravishda “Jahonning 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling