O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Jadval 6 Amerika mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi (2005 yil) Asosiy turistik yo‘nalishlar Keluvchi turistlar soni (mln.kishi) Hissasi (%) Keluvchi turistlardan olingan daromad (mln. dollar) Hissasi (%) Amerika mintaqasi 133545 100,0 144551 100,0 Argentina 3805 2,9 2753 1,9 Aruba 733 0,5 1096 0,8 Bagam 1608 1,2 2069 1,4 Braziliya 5358 4,0 3861 2,7 Kanada 18612 13,9 13584 9,4 Chili 2027 1,5 1256 0,9 Kolumbiya 933 0,7 1218 0,8 Kosta Rika 1679 1,2 1570 1,1 Kuba 2261 1,7 1920 1,3 Dominikan Respublikasi 3691 2,8 3508 2,4 Ekvador 861 0,6 486 0,3 Salvador 1154 0,9 543 0,4 Gvatemala 1316 1,0 860 0,5 Gonduras 740 0,6 472 0,3 Yamayka 1479 1,1 1545 1,1 Meksika 21618 16,4 11803 8,2 Nikaragua 712 0,5 207 0,1 Panama 702 0,5 780 0,5 Peru 1486 1,1 1308 0,9 Puerto-Riko 3686 2,8 3239 2,2 AQSH 49402 37,0 81680 56,5 Urugvay 1808 1,4 594 0,4 Venesuela 706 0,5 641 0,4 Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006. Janubiy Amerika quruqligida dunyodagi eng baland Anxel (Venesuela) sharsharasi, ser suv Amazonka (Braziliya) daryosi, qo‘l tekkizilmagan keng maydondagi namlik o‘rmonzorlar, eng yuqori (And tog‘lari) cho‘qqisi joylashgan. Bizgacha yetib kelgan qadimgi ink qabilalari sivilizatsiyasining diqqatga sazovor diniy shaharlari Mantu-Pikchu va Kusko, Naska plotasi, kolonizatsiya qilish 48 davri shaharlari. Bu materikning eng yirik va ulkan turistik imkoniyatlaridir. Hozirgi kunda ulardan juda kam foydalanilmoqda. Moboda materikning mavjud turistik resurslari to‘liq ishga solinsa, Janubiy Amerikaning xalqaro turistlar tashrifida uning salmog‘i so‘zsiz ravishda ortadi. Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi mintaqa ichki turizmiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, intensiv turistik oqim Shimoliy Amerikada: AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari o‘rtasida kuzatilinadi. Qaysikim, eng ko‘p turistik oqim BTT ma’lumtlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda o‘rtacha yillik keluvchi va ketuvchi turistlar soni 46-47 mln. kishini tashkil qiladi. AQShga tashrif buyuruvchi turistlarni ko‘proq mamlakatning yovvoyi tabiat resurslari, takrorlanmas go‘zal landshaft manzaralari, harakatdagi geyzer buloqlar vodiysi, «Tirik geologik» milliy bog‘lari (Yellouston), gigant stalagmitli g‘orlari (Karlsbad), katta ponaramali (Grand-Kanon) tog‘ daralari, Mayin qumli (Kaliforniya) plyajlari maftun etadi. Horijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarni AQShning nafaqat tabiiy boy resurlari balki, uning osmon o‘par ma’muriy, savdo-sotiq binolari (Manxetten), banklar markazi (Uoll-strit), mashhur ko‘priklari (Bruklin), oliygohlar (Kolumbiya universiteti), prezident qarorgohi (Oq uy), opera teatri (Metropoliten), Kinostudiyalari (Gollivud), ko‘ngil ochar, dam olish parklari (Disneylend) kabilar o‘ziga chorlaydi. Har yili AQSH da 1 mlrd. dan ortiq turistik kelishlar va ketishlar (ichki va tashqi) ruyxatga olinadi. Mamlakatda ichki turizm salmog‘i katta bo‘lib, uning asosiy marshrutlari dam olish sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar, tabiat ob’ektlari, tarixiy va madaniy markazlarga, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarga tashrif buyurishdan iboratdir. Amerikalik sayyohlar horijiy safar qilishda ko‘proq qo‘shni Meksika va Kanada mamlakatlariga sayr qilishni xush ko‘rishadi. Dunyoning uzoq mamlakatlaridan Yevropaning Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlari sayohatga borishni tanlashadi. Keyingi paytlarda amerikalik sayyohlarning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Yaponiya, Syangan, sobiq Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur kabilar) ga borish istagi ortib bormoqda. Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Shri Lanka)ning turistik mintaqalari amerikalik sayyohlar tomonidan juda kam o‘zlashtirilgan. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, Osiyo- Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling