O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
mahsulotlar tarkibi - turistik markazlardagi odamlar faoliyatini belgilaydigan
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
mahsulotlar tarkibi - turistik markazlardagi odamlar faoliyatini belgilaydigan
his etish va his qilmaslik komponentlari, to‘plamlar yoki paketlarni namoyon etadi. Paket turistlar tomonidan qurbiga yarasha narx sifatida qabul qilinadi. Iste’molchilar tomonidan turistik mahsulotlarni qabul qilinishini, xususiyatlarini va ularning turistik faoliyati haqiqiy motivlarini o‘rganib, yetkazib beruvchilar ularga mos ravishda o‘z ishlarini qayta qo‘rib oladilar. Ular mahsulotlarini qanday bo‘lsa, shunday holicha emas, balki iste’mol xususiyatlari va sifatiga qarab reklama qiladilar va xizmatlar to‘plamini taklif etadilar. Iste’molchilarning turistik mahsulotlarni kompleks qabul qilishi turizm markazlarini namoyon etuvchi va ularni taraqqiy etishi uchun javob beruvchi turistik ma’lumotlar takliflariga muvofiq keladi. 1970 – yillar oxirida AQShda Nyu-York shtatida «Men Nyu-Yorkni sevaman» keng masshtabli reklama kompaniyasi bo‘lib o‘tdi. Bu vaqtga kelib Nyu-York shahrida (butun dasturlar shtatni qamrab oldi) tarmoqlangan turistik infratuzilma yaratila boshladi. Otellar, restoranlar, barlar, tungi klublar va boshqa har xil sayr-tomosha ob’ektlari shahar mehmonxonalariga turli xil xizmatlarni taklif qila boshladilar. Bu korxonalar rasman turizm industriyasiga kirardi, ammo ular o‘zlarini yagona maqsaddagi qism deb hisoblamasdilar. Ular esa tor tijoriy manfaatlarni ko‘zlardilar. Vaziyat potensial mijozlar bozorida tadqiqotlar olib borilganidan keyin o‘zgara boshladi. Turli xil turistik xizmatlar iste’molchilar so‘rovlaridan kelib chiqilib, bir paketga birlashtirildi. Bu ularning harid qilinishini sezilarli yengillashtirdi. Kompleks turistik mahsulotlar reklamasi shunday tartibda tuziladiki, u turistik markaz sifatida Nyu-York haqida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini berardi. Ya’ni ob’ektlarni ko‘rsatish, turistik infratuzilma, sayr-tomosha, transport qulayliklari – barchasi ifodalangandi. U shahar qiyofasi haqida yorqin va tezda esda qoladigan tasavvurlar hosil qilar va safarlarning narxi to‘g‘risida axborotlarga ega edi. Ayniqsa shahar taqdim etadigan joylashtirish va bo‘sh vaqtni madaniy o‘tkazish, turli xil sayr tomoshalar keng imkoniyatlarini reklama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Kompaniya faoliyati juda muvaffaqiyatli kechdi va Nyu-York shahrini turistik 107 markaz sifatida nafaqat AQShda balki, undan tashqarida mashhur bo‘lishiga olib keldi. Ko‘rib chiqilgan misol amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator umumiy harakterdagi kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi. Ulardan biri marketing tadqiqotlari o‘tkazishdir. Turistik mahsulot u sotib olinayotganda iste’molchi tasavvuridagina mavjud bo‘ladi, turist safardan nimani kutayotganini faqat maxsus tadqiqot yordamida bilish mumkin. Marketing xizmati xodimlari mavjud va haridorlar xohish – istagi va potensial ehtiyojini tahlil qiladilar va bir xildagi mijozlar guruhlarini aniqlaydilar. Ular asosiy bosh savollar – iste’molchilar talab qiladigan zarur turistik mahsulotlar nima? bozorning qaysi takliflar darajasi uning talablarini qondira oladi? kabilarga javob topishga intiladilar. Marketing tadqiqotlari natijalari turistik mashulotlarni takomillashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling