O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mustaqillik davrida yangi o’zbek imlosi


Download 2.32 Mb.
bet91/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
2. Mustaqillik davrida yangi o’zbek imlosi.
O'zbekiston Oliy Kengashining 1993 - yilda o'tgan XII chaqiriq XIII sesssiyasida noib P.Qodirovning lotin yozuviga asoslangar o'zbek alifbosini tuzish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to'g'risida axboroti tinglandi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 2-3- sentabrdagi XII chaqiriq XIII sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tish to'g'risida qonun qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi OLiy Majlisida (1995- yil 6- may) mazkur masalalar yuzasidan axborot eshitildi, Qonun chiqdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etis to'g'risida"gi Oliy Kengash qaroriga o'zgartishlar kiritish to'g'risida qaror qabul qildi.
Hujjatlarda o'zbek alifbosi 26 harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat
ekanligi, ayrim harflarning shakliga isloh kiritilganligi ko'rsatilgan; umumiy ta'lim maktablarida yangi alifbo asosida ishlash 1995 - yil sentabrdan emas, 1996- yil sentabrdan 1- sinflarda boshlandi.Unda yangi alifboga to'liq o'tilishi 2005 -yilda tugallanishi qayd qilingan.
3.Yarim oval elementli kichik va bosh harflar.
Talabalarni yarim oval elеmеntli harflar guruhidagi harflar bilan tanishtirish.
Kichik va bosh yarim oval elеmеntli harflarni husnixat daftariga grafik qoidalarga amal qilgan holda yozdirish. Shundan so`ng ushbu harflarni xattaxtada yozishni mashq qildirish.
Talabalar ushbu harflar ishtirok etgan so`zlarni husnixat bilan yozdiladi.Yozuv vaqtida yarim oval elеmеntli harflarning grafik jihatdan to`g`ri ulanishiga e'tibor qaratish.


Yarim oval elementli kichik harflar guruhi: x, sh, ch
Yarim oval elementli bosh harflar guruhi: X, Ch,E .




UYGA VAZIFA
“Yozuv daftari” yoki “Husnixat”(“Raskraska”,“Propis”) darsliliklarida berilgan yarim oval elementli kichik va bosh harflar ishtirokida so’zlar,gaplar yozib kelish. Ushbu harflar uchun ko`rgazmalar tayyorlash, harf belgilarini ifodalovchi chiziqli rasmlar chizib kelish.




Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling