O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 2.32 Mb.
bet22/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning muayyan o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


1) darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanib, barcha mavzularni o’rganish;
2) tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish.
Talabalarning mustaqil ishlari har bir ma’ruza mavzusi asosida tashkil etiladi.Fanni o’rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi:

  1. adabiyotlar bilan ishlash;

  2. ijodiy yozma ish;

  3. harflar bo’yicha referatlar tayyorlash;

  4. yozuvga o’rgatish darsi rejasi va ishlanmasini yozish;

  5. mavzuga mos ko’rgazmalar tayyorlash;

  6. internet tarmog’i bilan ishlash.



Tavsiya etilayotgan mustaqil ish mavzulari:


T/r

Mustaqil ishlar mavzusi

Soat

Bajarish shakli

1



Husnixat uslubiyati fani tarixi va uslubiyat fanining shakllanish tarixi haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

2

Qadimgi yozuvlar tarixi(VII-X asrlar) va ularning taraqalishi



4

Referat yozish

3

Orta Osiyada xattotlik tarixi (X-XII asrlar) haqida ma’lumot



4

Referat yozish

4

Yozuv qurollari (qog’oz) tarixi va ulardan foydalanish usullari haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

5

Yozuv qurollari (qalam va rang) tarixi va ulardan foydalanish usullari haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

6

Yozuvga o’gatishning qadimiy (IX-XX asrlar) va zamonaviy shakllari



4

Referat yozish







4




7

O’zbekistonda yozuv (XV-XVIII asrlar)va xattotlik tarixi haqida ma’lumot

4

Referat yozish







4




8

Qadimgi xattotlikda yozuvga o’rgatishning nazariy va amaliy usullari talqini.

4

Referat yozish

9

Husnixat metodikasi tarixi (XX asr) va taraqqiyoti haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

10


Chiroyli yozuvga o’gatishning ilmiy asoslari (fanlararo bog’lanish) haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

11

Eng qadimgi (mixxat,bitik tosh) yozuv shakllari va nomlari haqida ma’lumot.



4

Referat yozish

12

Imlo qoidalari tarixi va zamonaviy imlo qoidalari



4

Referat yozish

13

Boshlang’ich ta’lim yozuv darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish haqida ma’lumot.

6

Referat yozish

14

Husnixat darslarida zamonaviy yozuv qurollari bilan ishlash uslubiyati.



4

Referat yozish

15

Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini chiroyli yozuvga o’rgatish tamoyillari haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

16

Davlat ta’lim standartlarida husnixat fani dasturi (dasturning mazmun mohiyati) haqida ma’lumot.

6

Referat yozish

17

Davlat ta’lim standartlarida husnixat metodikasi faniga qo’yilgan dastur talablari haqida ma’lumot.

4

Referat yozish

18

Davlat ta’lim standartlarida 1- sinf yozuv darslari dasturi ustida ishlash, fan rejasini tuzish.

2

Referat yozish

19

Davlat ta’lim standartlarida 2- sinf yozuv darslari dasturi ustida ishlash, fan rejasini tuzish.

4

Referat yozish

20

Davlat ta’lim standartlarida 3-4- sinflar yozuv darslari dasturi ustida ishlash, fan rejasini tuzish.

4

Referat yozish




Jami:

90

soat


Tuzuvchi: o`qit.N.Shavazova.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

«BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI» KAFEDRASI
5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish.
4-kurs talabalri uchun

BOSHLANG’ICN TA’LIM O’QUVCHILARINING CHIROYLI YOZUV


MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH”
O‘QUV - USLUBIY MAJMUA

Samarqand - 2017
ANNOTATSIYA

Yurtimizda oliy va o’rta maxsus ta’lim oldiga yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan har jihatdan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasini ko’ndalang qilib qo’yyilgan.


Bu vazifani hal etishda, shubhasiz, “Husnixat va uni o’qitish metodikasi ” fanining o’z o’rni mavjud. Mazkur o’quv-metodik majmua “Husnixat o’qitish metodikasi” kursi reja va dasturiga muvofiq ravishda tartiblashtirilgan bo’lib, unda “Husnixat va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha ishchi dastur, texnologik xarita, baholash mezonlari, kalendar reja, mashg’ulotlarning xronologik haritasi, ma’ruza mashg’ulotlari ishlanmasi, mustaqil ishlari mavzulari, ularni nazorat qilish va baholashga doir uslubiy tavsiyalar, o’z-o’zini nazorat qilish uchun test variantlari, oraliq va yakuniy nazorat variantlari hamda adabiyotlar ro’yxati o’rin olgan. Mazkur fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda mavzular tizimli ravishda, bir-biriga bog’liq holda bayon etilgan, har bir ma’ruzada uning mazmunini aks etgan tayanch iboralar alohida keltirilgan.

Tuzuvchi: o’qit. N.M.Shavazova.

So’z boshi


Husnixat va uni o’qitish uslubiyati fanini o’qitishda zamonaviy pedagog o’quvchilarni chiroyli yozuvga o’rgatishi, ruhiyatida qat’iyatni tarbiyalashi, ularning istaklarini, e’tiqodini, estetik qiziqishi va imkoniyatlarini shakllantira olishi lozim. Shuday ekan, zamonaviy boshlang’ich ta’limlarda yuksak ma’lumotli, faol, izlanuvchan, pedagog kerak.
Chiroyli yozuv ta’limida samarali natijalarga erishish uchun pedagog o’z ishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi shart. U bir qancha murakkab hamda muhim quyidagi savollarga aniq javoblarni berishi lozim: Chiroyli yozuv darslarining murakkabligi nimada? Bolalarga qachon va qanday o’rgatish zarur? Ularda qanday shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kerak? O’quvchilarning yozuv jarayonini va ijtimoiy faoliyatini qanday boshqarish mumkin? “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bu savollarga javoban, oliy ta’lim xodimlari oldiga o’qitishning yangi shakl, mazmun va usullarini qo’llash vazifalarini qo’yda. Bu esa talabalarni yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari zarurligini taqozo etadi.
Shuning uchun jamiyatimiz, davlatimiz, hayotimizning o’zi zamonaviy mutaxassisning oldiga, uning kasbiy tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yayotir.
Bundan tashqari OT Davlat dasturi talablari boshlang’ich ta’lim pedagogiga ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, maqbulligini belgilab olish, ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko’tarish lozimligini ta’kidlaydi.
Mazkur uslubiy majmua, talabalarga husnixat o’qitish uslubiyati fanini zamonaviy ta’lim talablari darajasida amalda qo’llash maqsadida, hamda davlat tomonidan oliygohimizga belgilangan buyurtmani hisobga olgan holda o’quv rejasiga kiritildi.

1-MAVZU

Kirish.Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari

(ma’ruza 4-soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi

O’quv soati 2-soat

Talabalar soni: 60

O’quv mashg’ulot shakli

Axborotli ma’ruza

Ma’ruza rejasi



1.Husnixat metodikasi haqida ma’lumot.
2.Husnixaga o’rgatishning maqsad
va vazifalari
3.Yozuv jarayonini tashkil etish uslubiyati
4.Husnixat uslubiyati fani va boshqa fanlar.

Mashg’ulotning maqsadi: Husnixat va uni o’qitish uslubiyati fani,fanning maqsad va vazifalari, fanlar bilan aloqasi haqida umumiy tushuncha berish.

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari

Chiroyli yozuv haqida umumiy ma’lumot

Husnixat chiroyli yozuvga o’rgatish uslubiyati haqidagi fan ekanligini aytib beradilar.

Husnixat metodikasining maqsadi haqida ma’lumot berish

Husnixat va uni o’qitish metodikasi faning asosiy vazifasi boshlang’ich sinf o’quvchilarini shiroyli yozuvga o’rgatuvchi fan ekanligini aytib beradilar.

Husnixat o’itish metodikasi fanining vazifalarini o’rgatish

Husnixatgo’rgatish vazifalari:o’quvchilarni ongli oqish,yozuv malakalari va daftar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish ekanligini tushuntirib izohlaydilar.

Yozuv jarayonini tashkil etish

O’quvchining partada to’g’ri o’tirishi,sifatli o’quv va yozuv qurollari bilan ta’minlash qoidalarini aytib beradilar.

Husnixat fanining boshqa fanlar bilan aloqasi haqida

Fanning pedagogik-didaktika,fiziologiya,psixologiya,tilshunoslik matematika, etika-estetika fanlari bilan bog’liqligini misollar asosida yozib boradilar

O’qitish vositalari

UUM,ma’ruza matni,doska,,bo’r,latta

O’qitish usullari

Axborotli ma’ruza,blits-so’rov,aqliy hujum.

O’qitish shakllari

Frontal,jamoa ishi

O’qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

O’g’zaki sovollar,blits so’rov.

“Husnixat va uni o’qitish metodikasi ” fani “Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari” mavzusi bo’yicha 1-muammoli ma’ruzaning texnologik xaritasi

Ish bosqich-
lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

I bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa).
Reja:

1.1. Mavzu: Kirish. Kursning maqsadi, vazifasi, manbai, ilmiy va amaliy adabiyotlar obzori;Husnixat fanining shakllanish xronologiyasi.
1.2. Mavzu haqida talabalarga ma’lumot berish, ularning shu mavzuga oid bilim malakasini oshirish, husnixat fani tarixini o’rganish orqali tarixiy o’tmishsiz kelajak yo’q degan milliy istiqlol g’oyasini talabalar ongiga singdirish.
Mashg’ulot muammoli ma’ruza ekanligi haqida ma’lumot berish.

Talabalar tinglaydilar va yozib oladilar

II bosqich.
Asosiy (60 daqiqa)

2.1. talabalar bilimini aqliy hujum orqali faollashtiradi.
Bilimlarni faollashtirish jarayonida o’quv muammosini yechish bo’yicha izlanuvchanlik faoliyatida faol ishtirok etishlari uchun talabalar bilimi quyidagi savollar orqali aniqlanadi:
1.”Husnixat metodikasi” fanining mazmuni nimadan iborat?
2.Uning maqsadi, vazifasi, tekshirish ob’ekti qaysilar?
3.Yozuvga o’rgatish tarixda qachon va qanday nomlar bilan atalib kelgan?
5.Husnixat uslibiyatining shakllanish va taraqqiyot jarayoni qanday kechgan?
2.2. Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarning mashg’ulotni boshqaradi. Taqdimotni yuklaydi.

Savollarga javob beradilar
Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar
Savollarda aks etgan har bir mayda muamoni yechish bo’yicha mini guruhlar vakillari mustaqil fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, xulosa chiqaradilar.

III bosqich.
Yakuniy (10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlar kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2. Mustaqil ish uchun quyidagicha topshiriq beradi: Tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarda mazkur muammoga doir bildirilgan fikrlar bilan yaqindan tanishish

Tinglaydilar

Topshiriqni yozib oladilar va bajaradilar



Tayanch iboralar: Grafik malaka,yozuv,husnixat, harf elementlari, harf nusxalari, so’zlar nusxasi, yozma shakl, bosma shakl, tovushlar tarkibi,kichik harf,bosh harf,husnixat qoidalari,nazariy va amaliy material.


1.1 Husnixat o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari





Husnixat o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy-uslubiy fan.U nazariyaga asoslanib o’quvchilarni chiroyli yozish, tarbiyalash, irodasini shakllatirishning amaliy vazifalarini bajaradi.

Kirish.Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari




1.Husnixat metodikasi haqida ma’lumot.
2.Husnixaga o’rgatishning maqsad
va vazifalari
3.Yozuv jarayonini tashkil etish uslubiyati
4.Husnixat uslubiyati fani va boshqa fanlar.
Husnixat o’qitish metodikasi fanining asosiy maqsadi boshlang’ich ta’lim talabalarini ta’lim jarayoniga uch yo’nalishda tayyorlash:

  1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.

  2. Husnixat talablari asosida yozishga o’rgatish.

3.Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarini husnixatga o’rgatishning metod va usullari bilan, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq
etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida, o’z dastxati ustida ishlash usullari haqida boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini husnixatga o’rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari va usullari,
tamoyillari, harflarni guruhlash metodlari va usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi,uni tashkil qilish shakllari, grafik
xatolarni aniqlash va bartaraf etish usullari, o’quvchilar yozuvini baholashga o’rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushuntirish ko’rgazma va texnik vositalardan foydalanib, o’quvchilarning bilish faoliyatini va. mustaqilligini ta'minlashga o’rgatish.
1.Husnixat o’qitish metodikasi fani haqida ma’lumot.
Husnixat fani boshlang'ich ta’lim o'quvchilarini chiroyli yozuvga o`rgatuvchi uslubiy fan hisoblanadi. Boshlang'ich sinfda o`qitishdan maqsad o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni go'zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan go'zallikni yaratishga intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.
Husnixat metodikasi fani XX asrning boshlarida pedagogika fani bilan yondosh shakllandi. Bu davrda yozish uchun maxsus chiziqli daftarlar ham ta’limda joriy etila boshlandi.
Husnixatga o'qitishdan asosiy maqsadi kichik yoshdagi o'quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o'rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O'quv fani sifatida husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi.
Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib o'quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, axloqiy va estetik didlarini tarbiyalashga, ongli o'qish va yozish malakalarini hamda yozuv daftari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
2.Husnixaga o’rgatishning maqsad va vazifalari
Bu vazifalarning barchasi o'zaro bog'liq holda amalga oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan o'quvchilar saviyasiga mos nazariy va ama1iy materlal uyg'unlashtirilib, o'zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifatini, topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining o'ziga xos tomonlarini belgilaydigan qator uslubiy shart-sharoitlarga bog'liq.
Bola kamolotining shakllanishi ko'p jihatdan chiroyli yozuvga bog'liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o'rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman qog'ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida o'quvchilarda chiroyli, tez va bexato yozish malakalarini o'stirish mumkin einas, buning uchun bir necha yillik mehnat talab etiladi. Chiroyli yozuvga o'rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo'ygan kunlaridan boshlab izchil mashqlar olib borish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to'g'ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so'zlarda harflarni to'g'ri bog'lashga, so’zlarni qatorlar bo'ylab to'g'ri joylashtirishga o'rgatiladi. Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to'g'ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to'g'ri chamalab yozishga o'rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma`lum guruhga oid harflarni yozishga o'rgatish o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o'xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o'rgatishda daftardan to'gri foydalanishga alohida e`tibor berish zarur. Ikkl chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o'tganda o'quvchilar oldiga qator vazifalar qo'yiladi. Chiroyli yozuvga o'rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o'ziga xos qoidalarni ham o'z ichiga oladi.
1.Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko'rgazmalilik, yosh va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat metodikasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
2.Yozuvga - husnixatga o'rgatishning vazifasi harfni, so'z, gap va matnni to'g'ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir.
3.Yozuvni o'rganish jarayonida o'quvchi tovushning belgisi bo'lgan harfni, so'z va gapni kitobdan va xattaxtadan to'g'ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko'chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo'1 qo’ygan kamchilik va xatolarini o'qituvchi rahbarligida yoki o'zi tuzata olishi kerak.
Har bir o'quvchi u yoki bu harfni tushunib yozishi, harflarning bir-biriqa bog'lanishini, kichik va bosh harfning bir-biriga nisbatini, balandligini, qiyaligini, avtoruchkani ushlash va to'g'ri o'tirish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. Chiroyli yozuvni o'rganish davrida olingan bilim va malakalar o'quvchilar uchun doimiy qoida bo'lib qolishi zarur. Chiroyli yozuv malakalarini o'stirishda eng birinchi qoida bu ozodalik talablari va yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatilib, so’ngra harf va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozish qoidalari singdirib boriladi. Bu qoidalar keyinchalik takomillashtiriladi. Har bir yozuv mashqi aniq maqsad asosida oson, tushunarli olib borilishi kerak. Buning uchun chiroyli yozuvga. o'rgatishning turli usullaridan foydalanish lozim. Bolalarning yozuv malakalarini hosil qilishda ularning yosh va o'ziga xos xususiyatlari: barmoq va qo'l muskullarini harakat tezligi, markaziy nerv sistemasi tomonidan nerv muskullarining boshqarilishi hisobga olinishi lozim.
Chiroyli yozuv darslarida harflarning shakli ustida mashq o'tkazilganda oddiydan murakkabga tomon boriladi, chunki alifbodaqi barcha harflar yozilish shakliga ko'ra quruhlalrga ajratiladi. Birinchi guruhda yozilish shakli oson, keyingi guruhlarda yozilish shakli murakkab bo'lgan harflar kiritiladi. Bunday usulda darsni tashkil etish husnixat o'qitish metodikasida genetik usul deb ataladi.

3.Yozuv jarayonini to’g’i tashkil etish




`(1-rasm)


O'qituvchi birinchi navbatda har bir o'quvchiga partada to'g'ri o'tirish qoidalarini erinmay tushuntirishi va mashq qildirishi darkor (1 rasm). Keyinchalik o'quvchi ruchkani qanday ushlashi, daftar tutish holati hamda harflarni yozayotganligini: sekin yoki tez yozishini kuzatib borishi lozim. Husnixat malakasini shakllantirishni faqat boshlang'ich sinflarda emas, balki yuqori sinflarda takomillashtirib borishi zarur.

4.Husnixat uslubiyati fani va boshqa fanlar


Husnixat o'qitish metodikasi fani bir qator boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liq. Estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik kabi fanlar bilan aloqada bo'ladi. Estetika fani bilan bog'liqlik jihati shundaki, eng avvalo o'quvchilarda go'zallikka bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Chiroyli yozish ham go'zallikning bir ko'rinishidir. Sharq mutafakkirlaridan biri bunday degan ekanlar: "Chiroyli yozgan kishi chiroyli fikrlay oladi". Darhaqiqat, o'quvchi maktabga kelgan kunidan
boshlab chiroyli yozuv malakalari haqida tanisha boshlaydi. Bundan tashqari o'quvchini chiroyli yozuvga o'rgatish jarayonida bolaning har tomonlama: nerv sistemasi, qo'l harakatlari va muskullari, ko'rish organlari, eshitish organlari, umurtqa pog'onasi rivojlangan bo'lishi kerak. O'quvchi shundagina husnixat malakalarini o'zlashtira oladi. Agar o'quvchining biz yuqorida tilga olgan organlaridan biri yaxshi taraqqiy etmagan bo'lsa, u o'quvchida chiroyli yozuv malakalari to'g'ri yo’lga qo'yilmaydi. Shunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o'z ta`sirini ko'rsatadi. O'quvchi partada o'tirib yozish jarayonida, eng avvalo yozuv qurollarini to'q'ri joylashtirishi zarur. Buning uchun birinchi navbatda o'quvchi partada to'g'ri o'tirishi kerak. Chunki o'quvchi partada to'g'ri o'tira olmasa, egri o'tirsa umurtqasi noto'g'ri o'sadi va bolaning jismoniy o'sishiga salbiy ta`sir qiladi va
hattoki bir umr bola nogiron bo'lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning utun o'qituvchi bolaning partada o'tirish, turish, dartarni ushlash va yozish qoidalarini ko'proq ta`kidlab turishi zarur.
Husnixat o'qitish metodikasi fani bevosita tilshunoslik fani bilan ham bog'liq. Har bir yoziladigan harf, avvalo, nazariy o'rganilgan va asoslangan. Ushbu harflar asosida husnixat mashg'ulotlari o'tkaziladi.
Xullas, fan estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik,pedagogika, psixologiya, matematika. bog’liq.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar.
Husnixat va uni o’qitish metodikasi ta'limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyatini belgilaydi, sababini izohlaydi, uni bartaraf etish ususllarini topadi,irodasini shakllantiradi.
Husnixat fani boshlang’ich ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi. Fan ham amaliy-uslubiy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday xulosalar ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada, aniq va puxta asoslanishi lozim.


Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari


1.Husnixat va uni o’qitish metodikasining metodologik asosiyni izohlang.
2.Fanning o’ziga xos tamoyillari qaysilar? Ularni izohlang.
3.Nazariy metod va amaliy metodning tadbiq etilishini izohlang.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling