O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet32/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
5.Avesto yozuvi. (Zand yozuvi ham deyiladi). III-IV asrlarda pahlaviy yozuvi asosida ixtiro qilingan va Avesto kitobini yozish uchun qo'llangan. Unda 48 ta harf va 3 ligatura (birlashgan harflar) mavjud edi. Ushbu yozuv Avestoni bexato va to'g'ri o'qish uchun ixtiro etilgan. Avesto yozuvi sosoniylar zamonida "din-dabira", ya'ni diniy matnlarni zabt etish uchun yaratilgan yozuv nomi bilan yuritilgan.
6.Pahlaviy yozuv. III asrda oromiy yozuv asosida yaratilgan. Pahlaviy tilining qadimiy kotibalari shu yozuvda bitilgan. Ushbu yozuv 22 alomatdan iborat edi. Keyinchalik tez yozish (kursiv) usuli qo'llanilgach alomatlar miqdori 14-15 ta bo'ldi. Pahlaviy yozuvida faqat uzun unlilar o'z alomatiga ega edi. Ushbu yozuv o'ngdan chapga qarab yozilar edi.
7.Lotin yozuvi. Eramizdan avvalgi 403 yildan boshlab Afinada klassik grek alfaviti qo'llana boshlandi. Ushbu alfavitda hammasi bo'lib 24 ta harf bo'lib, undan 7 tasi unli, qolganlari undosh tovushlarni ifoda etgan. G'arbiy grek yozuvi asosida lotin yozuvi paydo bo'Igan bo'lsa, sharqiy grek yozuvi asosida kirillitsa, gruziya va anman alfavitlari yaratilgan.
Ko'p o'tmay lotin yozuvi G'arbiy Yevropada keng tarqala boshladi. XIV asrga kelib qog'oz yaratildi va kitob nashri yo'Iga qo'yildi. Bu omil ham lotin yozuvining keng tarqalishiga sabab bo'Idi.
Hozirgi zamon yozuvlaridan 70 tasining imlosi (bundan 30 tasi Yevropa, 20 tasi Osiyo, 20 tasi Afrikada yashovchi xalqlarga taalluqli) lotin yozuviga asoslangan.




Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari
1.Qadimgi xalqlar yozuvlarini kelib chiqishi asosida izohlang.
2.Yozuvlarning nomlarini,ijtimoiy mohiyatini izohlang.
3.O’rta Osiyo hududidagi ilk yozuv namunalarni izohlang.
4.Lotin imlosiga asoslangan o’zbek alifbosining imlo ta’limdagi o’rni.




Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling