Ushbu fan bo’yicha adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
Dorofeev V.D. Shmeleva A.N. “Innovatsionniy menedjment”
uchebnoe posobie dlya vuzov. 2009.
O’quv qo’llanma “Innovatsion menejment” fanining qisqacha bayoni
qilinishidan iborat. Qo’llanma tashkilotlarning innovatsion salohiyatini
riyojlantirish; ham menejmentning alohidagi jihatlarini o’rganish va ham
innovatsion tashkilotlarni boshqarish muammolariga muvofiq ravishdagi yaxlit
dunyoqarashni shakllantirish uchun metodologik asosni yaratish bilan bog’liq
masalalarning tahliliga ega. Har bir bobning oxirida berilgan nazorat savollari
materialni tushunib yetish va uni amaliy mashg’ulotlarda muhokama qilish uchun
mo’ljallangan. Qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari, aspirantlar, o’qituvchilar,
tashkilotlarning innovatsion korxonalarni boshqarish asoslarini o’rganishga ehtiyoj
sezuvchi mutaxassislari uchun foydalidir.
Akoff R., Magidson D., Eddison G. «Idealizirovannoe proektirovanie: Kak
predotvratit
zavtrashniy
krizis
segodnya.
Sozdanie
budushchego
organizatsii», 2007.
Ideallashtirilgan loyihalashtirish keskin o’zgarishlarni amalga oshirish yo’li
bilan inqirozni bartaraf qilish uchun eng yaxshi metodologiya bo’ladi. Bu
metodologiya yana xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimini qayta loyihalashtirish,
biznesni rejalashtirish jarayonini takomillashtirish yoki muammoli bo’linmani
qaytadan qurishda ham qo’llanilishi mumkin.
Ushbu kitobda ideallashtirilgan loyihalashtirish va an’anaviy reinjiniring
o’rtasidagi jarayonlardagi asosli farqlar ochib berilgan, ideallashtirilgan
loyihalashtirish o’zgarishlarga to’siqlarni qanday bartaraf qilishi ko’rsatilgan va
tizimlarni loyihalashtira turib, hammadan avval ularni vujudga kelishlariga yo’l
qo’ymaydigan muammolarni qanday qilib “keng ochib berish” tushuntiriladi. Bu
nashrda ideallashtirilgan loyihalashtirish amalda tijorat, foyda olmaydigan va
ma’muriy tashkilotlarda ko’rsatilgan. Siz undan jarayonlarni takomillashtirish,
yangi mahsulotlarni yaratish, unumdorlikni oshirish va hatto hayotni qutqarib
qolish uchun qanday foydalanish kerakligini bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |