Stsenariy (ital. scenario)- syujet chizmasi, ya’ni nimanidir amalga
oshirishning oldindan tayyorlangan rejasi.
Soliqli rejalashtirish - bu xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan soliq
to’lovlarini amaldagi qonunchilik qoidalarini buzmasdan uzoq muddatga
kamaytirishga ko’maklashuvchi xo’jalik jarayonini tashkil qilish va boshqarish va
xo’jalik yuritishning tashqi huquqiy shakllarini tanlash usuli.
Taksomaniya (grek. taxic tartib bo’yicha joylashish+ monos -qonun)- odatda
ierarxik qurilishga ega haqiqatni murakkab tashkil qilingan sohalarini tasniflash
va tizimlashtirish, u birgalikda bo’ysunuvchi guruhlar va kategoriyalarning o’zaro
munosabatini tadqiqot qiladi.
Teleologik (grek. telos (teleos)- maqsad) yondoshish- ilmiy-texnik va
moliyaviy riyojlanish jarayonlari tashqi rag’batlar (ehtiyojlar, zaruratlar,
mo’ljallar, maqsadlar)ga javob qaytarilish sifatida izohlanadigan nuqtai nazar.
Texnologik inkubator (lot. Inkubare jo’jalarni ochib chiqarish) -korxona
(bo’lim, laboratoriya)ning ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish bilan
shug’ullanuvchi tarkibiy bo’linmasi.
Tranzitli (lot. transitis- o’tish) iqtisodiyot - o’tish davri iqtisodiyoti.
Tranizmlar (grek. tropos)- qaytarish, yo’nalish.
Tanlov – o’yinning partiyada haqiqatdan ham tanlangan variantini
bildiruvchi elementi.
To’g’ri chiziqli bo’lmagan dinamika – sinergetikaning xuddi o’zi.
Tahliliy model’ – fundamental qonunlar va tamoyillar asosida operatiy
natijalarni oldindan aytib berishga imkon beruvchi model
Foydali modelning yangiligi- foydali modelning patent qobiliyati shartlaridan
biri. Foydali model agar jiddiy alomatlarning yig’indisi texnika darajasidan
noma’lum bo’lsa, yangi bo’ladi.
Fonomenologik (grek. phoimenon - bo’lgan) model- bashoratlash uchun
foydalanish mumkin bo’lgan kuzatilayotgan hodisalar majmuasini qamrab
oluvchi model. Bunda bu hodisaning asosida yotgan sabablarni izohlash yoki
ularni umumiy qonunlar bilan bog’lash maqsadi qo’yilmaydi.
Fetish (ingl. Fetish- sanash, kumir) – xususiy modelni haddan tashqari
namoyon bo’lishi, u bozorni tez qamrab oladi, cho’qqiga yetadi va ham tez yo’q
bo’ladi.
Firma bloki- tovar belgisi va logotipni, hamda har xil izoh beruvchi
yozuvlar (mamlakat, pochtali manzili, telefon, teleks) va firmaning tijorat va
texnik malakasini aks ettiruvchi firma shiorini kampozitsiyaga birlashtirilishi .
192
Do'stlaringiz bilan baham: |