O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan


Download 2.97 Mb.
bet15/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi.
1. Parmalash stanoklari haqida ma’lumot berish.
2. Frezerlash stanoklari haqida tushuncha berish.
3. Tokarlik-vint ochuvchi stanoklari haqida ma’lumot berish.


2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi.

2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi.
O’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.

2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.


2.3. Eslab qoladi.
qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar keltiradi.



3-bosqich
Yakuniy
(15 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.2. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag’batlantiradi.

3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.

Vizual materiallar


1-savol. Parmalash stanoklari haqida ma’lumot berish.


1-ilova
Parmalash stanogining bir nechta turlari mavjud. Yaxlit materialdan teshik ochish jarayoni parmalash deyiladi. Parmalash va parmalab kengaytirishda asosiy asbob parma hisoblanadi. Parmalar har xil o’lchamda va ko’rinishda bo’ladi. Asosan perosimon va spiral parmalar ishlatiladi. Shuningdek parmalashda qo’llaniladigan jihozlarga parmalash stanoklari va dastaki parmalash mashinalari kiradi. O’quv ustaxonalarida bundan kichikroq va ixcham bo’lgan stanoklar ishlatiladi (1-rasm).

1-rasm. Stolga o’rnatiladigan NS – 12 tipidagi parmalash stanogi: 1) parma, 2) shpindel, 3) kronshteyn, 4) parmalash dastasi, 5) stanokni yurgizish va to’xtatish knopkalari, 6) stol (asos).

Bunday stanoklar asos, kolonna, shpindel, elektr dvigatelidan iborat bo’ladi. Elektr dvigatelidan harakat tasmali uzatma orqali shpindelga uzatiladi. Shpindel esa maxsus richaglar orqali yuqoriga yoki pastga harakatga keltiriladi. Ya'ni shpindel bir vaqtning o’zida ham aylanma, ham ilgarilanma-qaytma harakatlana oladi. Shpindelning bir uchiga maxsus moslama – patron orqali parma o’rnatiladi. Shpindelning qanday vaziyatda joylashganligiga qarab, parmalash stanoklari vertikal hamda gorizontal turlarga bo’linadi. Shpindellarining soniga ko’ra, parmalash stonoklari bir shpindelli va ko’p shpindelli bo’ladi. Mexanikaviy ustaxonalarda NS-12 va 2A150 (yoki 2A135) tipidagi stanoklar ko’proq ishlatiladi, chunki ular juda qulay. NS-12 belgi quyidagilarni bildiradi: N – stolga o’rnatiladigan (nastolnuy), 12 – stanokka o’rnatilishi mumkin bo’lgan parmaning eng katta diametri, mm hisobida. 2 – parmalash guruhidagi stanok, A – modernizatsiyalangan, 1 – vertikal parmalash stanogi, 50 – stanokka o’rnatilishi mumkin bo’lgan parmaning eng katta diametri, mm hisobida.



Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling